12.6- rasm. Yoiovchi texnik bekatining bosh yo‘liarga nisbatan joylashishi: a— bosh yollar oralig‘ida; b— bosh yo‘llarning yon tomonida; 1 — yoiovchi texnik bekati; 2 — yoiovchi bekati; 3 — yuk poyezdlarining harakat yollari.
12.7- rasm. Yuk harakati parklari bilan bir maydonchada joylashgan yoiovchi bekatining chizmasi:
/—yoiovchilar uchun tonnel; 2—yoiovchilar ko'prigi;
J—yuk omborxonasi.
To‘xtab o‘tish punktlari va zonaviy bekatlar
Shaharatrof harakatlari juda katta bo‘lgan uchastkalarda yoiovchilarga qulaylik yaratish maqsadida to‘xtab olish punktlari va zonaviy bekatlar quriladi. Ular aholi punktlarida, shahar va ishchilar shaharchalarining joylashuviga qarab tashkil etiladi.
Yoiovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtab olish punktlarida yoiovchi platformalari yoi yoqalab quriladi (masalan, Chuqursoy saralash bekatining yon tomonidagi bosh yoilarda to‘xtab o‘tish punkti).
To‘xtab o‘tish punktlarida, odatda, shahar atrofi va ayrim yoiovchi poyezdlari grafik bo‘yicha bir daqiqa to‘xtab yoiov- chilarni tushirib va chiqarib oladi. To'xtab o‘tish punktlari ajratish punktlari qatoriga qo‘shilmaydi va shu sababli maxsus o'tkazuvchi svetoforlar bilan jihozlanmaydi.
Zonaviy bekatlar shahar atrofi uchastkalarda, yolovchilar oqimi keskin kamayadigan joylarda, odatda, oraliq bekatlar hududida joylashib, shahar atrofi poyezdlarining bir qismini orqa- ga qaytarish uchun xizmat qiladi. Zonaviy bekatlarning tashkil qilinishi yolovchilarning yo'lga sarflaydigan vaqtlarini qisqarti- rish, ularni yo‘lda charchatmaslik va ko'proq qulaylik yaratishdir.
Zonaviy bekatlarda bosh yo‘llardan tashqari harakati tugay- digan poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish yo‘llari, poyezd tarkiblari ni vaqtinchalik turish uchun olib qo‘yish yoilari, zarur hollarda motorvagon deposi va poyezd eki pirovkasi uskunalari, yoiovchi ko‘priklari hamda tonnellar quriladi.
BOB. TEMIR YO‘L УА TRANSPORT TUGUNLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
13.1. Temir yo‘I va transport tugunlari
Temir yo‘l tugunlari bir necha temir yo‘l liniyalarining bir- lashuv joyida yuzaga keluvchi bekatlar, bosh yo‘llar va bogiovchi yollar kompleksi bo‘lib, ularda tranzit yuk va yoiovchi poyezdlarini bir liniyadan boshqasiga olkazish, poyezdlami qayta tuzish, qayta ishlanuvchi vagonlarni uzatish va yolovchilami boshqa poyezdlarga olib olish ishlari bajariladi. Ayrim hollarda temir yol tuguni deb bir magistral liniyada joylashgan (boshqa magistral lini- yalar ulanmagan) va birgalikda yirik shahar yoki sanoat marka- zlariga texnologik uzluksizlikda xizmat ko‘rsatuvchi (masalan, Toshkent temir yol tuguni) bekatlar kompleksiga ham aytiladi.
Rivojlangan tugunlarda bekatlar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab saralash, yoiovchi va yuk ishlari bo‘yicha ixtisosla- nishi mumkin. Bunday bekatlar ayrim tugunlarda yaxlit maydonda joylashib, o‘zaro aniq ajralib turmay qo‘shilib ketadi va yagona bekatga o‘xshab qoladi. Katta bolmagan tugunlarda bunday birlashgan bekat yuk vagonlari oqimini qisman qayta ish- lashga xizmat qiladi, mahalliy vagonlar bilan ishlaydi va rivojlanishi bo‘yicha uchastka bekati vazifasini bajaradi.
Temir yoi tuguni tarkibiga quyidagilar kiradi:
tugundagi barcha bekatlar va ularning inshootlari;
tugun chegarasidagi bosh yollar, bogiovchi yollar va postlar, harakat yuklangan joylardagi aylanib oluvchi yoilar;
korxonalarning shoxobcha yollari;
temir yollarning o‘zaro hamda avtomobil va shahar ma- gistrallari bilan ko‘prikli kesishuvlari;
tugunda joylashgan temir yoi transportining mustaqil ishlab chiqarish birliklari (harakat tarkibini ta’mirlash zavodlari, elektr bekatlari, tortish nimbekatlari, omborxonalar va sh. k).
Temir yoi tugunining chegarasi unga kirib kelishdagi boshlangich ajratish punktlarining (bekatlar, razyezdlar va postlar) chegaralaridan boshlanadi.
Temir yoi tugun lari transport tugunlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Transport tuguni — bu bir necha turdagi transport yoilari va inshootlarining birlashishjoylarida yuzaga keladigan transport qurilmalarining kompleksi boiib, ular tranzit va mahalliy yuk va yoiovchi tashishlarga birgalikda xizmat ko‘rsatadi. Transport tugunlari o‘z tarkibida temir yo‘llardan tashqari dengiz yoki daryo portlari, avtomobil yoilari tuguni, sanoat transport tarmoqlari, aeroportlar, quvur transporti va ommaviy tashuv- larni bajaruvchi shahar transporti tarmoqlarini biriktiradi.
Transport tuguniarida ommaviy ravishda yolovchilar bir transport turidan boshqasiga olkaziladi, yuklar uzatiladi. Yirik transport tugunlari, odatda, bir necha boglanish punktlariga ega boiadi va bunday boglanish punktlariga yoiovchi bekatlari, umum foydalanu- vli yuk, port, neft quyuvchi va boshqa bekatlar kiradi. Yuk hovlilari va ixtisoslashtirilgan bazalarda yuklarni temir yollardan avtomobil transportiga yoki orqaga olkaziladi. 0‘zbekistondagi transport tu- gunlarida daryo va dengiz yoilari portlari deyarli ishtirok etmaydi.
Temir yo‘l tugunlarining tasniflanishi
0‘zbekistonda o‘nga yaqin rivojlangan temir yoi tugunlari mavjud boiib, ularning ayrimlari (Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qarshi kabilar) uch magistral liniyalar kesishuv joylarida, boshqalari magistral liniyalaming o‘zida joylashgan va yirik shahar, sanoat rayonlariga xizmat ko‘rsatadi.
Temir yoi tugunlari birikadigan yoilar soniga, bajaradigan ishlari turiga, yuk va yoiovchi oqimlarining yo‘nalishiga va xillariga (tranzit va mahalliy), tugunning temir yoi tarmoqlaridagi ah ami- yatiga, shaharning o‘rni va unda aholi yashovchi va sanoat rayon- larining joylashuviga, boshqa transport inshootlarining mavjud - ligiga, joyning topografik sharoitlariga va boshqalarga qarab har xil turda shakllanishi mumkin.
Tugunlarning chizmalari xilma-xil bolishiga qaramay ulami ayrim belgilari bo‘yicha turlash mumkin. Asosiy elementlarining joylashuvi, ya’ni geometrik shakli bo‘yicha tugunlarning quyida- gi asosiy turlari mavjud:
bir bekatli;
chorrahasimon;
uchburchaksimon;
asosiy bekatlari parallel joylashgan;
asosiy bekatlari ketma-ket joylashgan;
radial tugunlar (bunday tugunlar kelish yollarining qo‘shilgan joyida bir umumiy bekatga va kelish uchastkalarida qo‘shimcha bekatlarga ega boiadi);
berk turdagi;
halqasimon (berk radial va diametral yollari bolmagan);
radial-halqasimon:
berk liniyali (diametral yolsiz);
berk va diametral liniyali;
radial-yarimhalqa;
kombinirlashgan (aralash turdagi).
Birinchi uch turdagi: bir bekatli, chorrahasimon va uchburchaksimon tugunlar boshlangich tugunlar hisoblanib, aksariyat tugunlarning shakllanishi, asosan, ushbu turlardan boshlangan.
Tugunning u yoki bu chizma ko‘rinish bo‘yicha farqlanishi u haq- da toliq tasawur bermaydi. Tugunlar haqida batafsil ma’lumot be- rish uchun ulaming temir yoi tarmoqlaridagi ahamiyatini, bajara- digan ishlarining turini va xizmat ko‘rsatadigan shahar yoki sanoat markazlarining iqtisodiyoti haqidagi ahamiyatini ham bilish kerak.
Tugunlar temir yoi tarmoqlaridagi o'rniga va bajaradigan ishlariga qarab, asosan, olti turga bolinadi:
katta bolmagan va o‘rtacha shaharlarda (aholisi 100 ming- gacha) joylashgan va asosan tranzit yuk va yoiovchi harakatiga xizmat ko'rsatadigan hamda mahalliy yuk vagonlari va qisman tranzit vagonlarni qayta ishlaydigan (asosan uchastka va terma yuk poyezdlari bilan ishlaydigan) tranzit tugunlar;
asosan tranzit vagonlar oqimini qayta ishlovchi, temir yoi tarmoqlarining asosiy poyezdlar tuzish rejasini bajaruvchi va qisman mahalliy vagonlar oqimi bilan ishlovchi tranzit tugunlar:
yirik va katta shaharlarda joylashgan, katta miqdorda mahalliy vagonlar oqimiga ega boigan tugunlar (bunday tugunlar ommaviy ravishda tranzit yuk va yoiovchi harakatlariga xizmat ko‘rsatadi, katta hajmda mahalliy yuk vagonlari bilan ishlaydi, mahalliy va shahar atrofi yolovchilar harakatlariga xizmat ko£rsatadi);
dengiz yoki yirik daryo portlari hududlarida joylashgan portli tugunlar (0‘zbekiston sharoitlarida bu ko‘p taraqqiy etmagan);
sanoat tugunlari (ularning asosiy vazifasi yirik sanoat ray- onlariga xizmat ko‘rsatish);
katta miqdorda mahalliy yuk ishlariga ega bo‘lgan tugunlar. Ular aholisi 500 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar va poytaxt markazlarda joylashib, katta miqdorda tranzit yuk oqimlariga xizmat ko'rsatadi, aralash tashishlarni bajaradi va tarkibida yirik sanoat temir yol tugunlariga ega bo‘lishi mumkin.
Temir yo£l tugunlari kelish yo‘nalishlari soni, tugundagi bekatlari soni va ixtisoslashishi, aylanma yoilarining mavjudligi kabilar bilan ham farqlanishi mumkin.
Temir yo‘l tugunlarining asosiy turiari
Do'stlaringiz bilan baham: |