Faoliyatni yaxshilash fondi. Yillik moliyaviy rejaga ko'ra budjetda ko'zda tutilmagan, sifat va mehnat unumdorligini oshirish loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan maxsus fond ajratilishi kerak. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha kengash ushbu fondni boshqarishi va kiritilgan investitsiya vositasida mos foyda olishni kafolatlashi kerak. Sotuvning birinchi yilida kiritilgan investitsiyalar uchun rejalashtirilgan foyda xarajatlardan kamida ikki — uch barobar ortishi kerak. Agar yil davomida bo'linma yangi loyihani ishlab chiqsa, bu loyihani boshqaruv kengashining muhokamasiga taqdim qiladi va loyiha tasdiqlanganda faoliyatni yaxshilash fondidan mablag' ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |