Korxona ishchisi hamkor sifatida. Korxonada ikki hamkor mavjud — ega va ishchi. Rahbarlar o‘zlarining hamkorlarini firma ishiga bir xilda jalb qilishga mas’ul. Kamida har chorakda kompaniya prezidenti ishchilarga ish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va qo‘lga kiritilgan natijalar haqida hisobot berishi kerak. Bunday yig'ilishda sifat va takomillashtirish masalalariga e’tibomi qaratish, ishchilar va xodimlar guruhining alohida xizmatlarini rag‘batlantirish darkor.
Ishchilarda sifat uchun mas’ullik hissini tarkib toptirish.Faoliyatni yaxshilash jarayoniga barcha xodimlarni jalb qilish maqsadida korxonaning haftalik gazetasi, ma’lumotli plakatlami qo'llash va ularda faoliyatni yaxshilash va sifatni oshirishga urg‘u berish tavsiya etiladi. Ishchilarga faoliyatni yaxshilash jarayonining rivojlanishini oshkora namoyish qilinishi rahbariyatning bu jarayonga jiddiy munosabatda ekanini tasdiqlaydi.