Loyihalarni ishlab chiqish va himoyalash. Ta’minotchilarni buyumlar konstruksiyasini qayta ko‘rishda qatnashish, yangi mahsulotlarni yaratish loyihalari ustida ishlashga qiziqtiruvchi buyurtmachilar katta mablag larni tejaydilar. Bu ko‘plab texnik shartnomalarning natijasi hisoblanib, bu jarayonda ko‘p g'oyalar ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Bunday shartnomalarda ta’minotchi katta xarajatlarni talab qiladigan mahsulotni yetkazib berishning yangi texnologiyasini yaratishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda bu texnologiyani ishlab chiqish uchun alohida shartnoma tuzish maqsadga muvofiq. _
Ta’minotchilaming yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda qatnashishga intilishi, bunga mablag' kiritmasdan uzoq muddatli shartnomalarga umid qilish hollarini ta’kidlash lozim. Biroq shu kabi siyosat adolatsiz hisoblanadi va barbod bo‘ladi.