Boshqaruv tizimlari sohasida xodimlarni o‘qitish va tayyorlashni ta’minlash. Boshqarish tizimlari ish yuritishining sifatini ta’minlash guruhi rahbariyat bilan hamkorlikda xodimlarni o'qitish va tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi. Bunday dasturlar rahbarlar va xodimlarning nafaqat foydala- nilayotgan tizimlaming muhimligini, balki ular tomonidan qo'yilgan talablarga amal qilishning zarurligini ham tushunishlariga mo'ljallangan. Asosiy e’tibor tizimlarning eskirishi va ish yuritish bilan bogiiq noqulayliklarning paydo bo'lishiga qaratiladi. Bunday hollarda tizimni almashtirishga ehtiyoj paydo bo'ladi.
Nazorat savollari:
Jarayon nima?
Berilgan misolga asoslanib, jarayonni takomillashtirish bo‘yicha guruh a ’zosi sifatida hisobot tuzing.
Sifatni ta’minlash xizmati va sinov jihozini ishlab chiqish bo'limi vositasida sinov jihozlari qanday tartibda sertifikatlashtiriladi?