Uchinchi texnologik tartib — takror ishlab chiqarish konturi hisob- lanib, unda avtomatik mashinalar — avtomatlar transformatsiyalash mashi- nalarining o‘mini egallagan majmua yetakchi mavqega ega bo‘lgan. Beshinchi tartib — moddalar, energiyani o‘zgartiruvchi avtomatlar va axborotni qayta ishlash mashinalari kompleksining konturi, oltinchisi — moddalar, energiya va axborotni qayta ishlash uchun avtomatlar majmuasi.
. "У° rtinchi tartib texnikalarining o‘ziga xos namoyandalari ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan avtomatik liniyalar hisoblanadi va ular yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tish uchun qayta o'rnatish ishlarini
parish da insonning ishtirokini talab qiladi. Moslashuvchan avtomatlashgan ishlab chiqarish beshinchi tartibning vakili hisoblanadi. U inson ishtirokisiz kompyuterlar tizimi boshqaruvida mahsulotlarning keng nomenklaturasini ishlab chiqarishga imkon beradi.
Texnologiyalar evolutsiyasi ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, boshqaruv usullarining taraqqiyoti bilan mustahkam bog'langan. Bunday resurslarning qimmati o'zgaradi. 30-yillarning Buyuk turg‘unligidan so'ng inson kapitali ustun mavqeni qo‘lga kiritgan. Bu kapital malakali mutaxas- sislar mehnati va yangi texnologiyalami o‘zida aks ettiradi. Awalroq sanoat davrida mehnat, kapital va tabiiy resurslardan foydalanib yuqori qaytimga enshish mum kin edi.
70-yillar oxiri va 80-yillarning boshida jahon iqtisodiy inqirozidan so‘ng inson kapitali va yangi texnologiyalarning ahamiyati yanada ortdi. Biroq, muhirni, hozir boshqaruv personalining funksiyalari va boshqaruv usullarini yangilash alohida ahamiyat kasb ctdi. Boshqaruv tizimlari va usullarini uzluksiz takomillashtirish va yangilash tashkilotlar, korxonalarning muvaf- faqiyatli faoliyati omiliga aylandi.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida «sifat» tushun- chasining rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko'zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqin- disiz ishlab chiqarishni ta’minlashda yaroqsiz hisoblandi. 0‘zining xususiya-
tiga ko‘ra elektronika sifat haqidagi tasawumi sezilarli darajada o'zgartirib yubordi.
Awallari sifatni oshirish bo'yicha ishlar texnologik jarayon — nazorat operatsiyalarining so'nggi bosqichlaridan boshlangan edi. Hozirda ular har bir texnologik bosqichda olib boriladi va ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, eng avvalo, ko'plab sifatli tayyor mahsulotlarning potok (konveyer) dan chiqishiga erishishga qaratilgan.
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo'lmasligi tufayli nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. Shuningdek, ayniqsa, 5—30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli mahsulotning qiymati keskin ortadi.
Afsuski, elektronika sanoatining yanada ilmtalab yo'nalishlarida muayyan davr mobaynida yaroqli mahsulotlarning chiqishi ko'p bo'lmagan. Shu sababli, sifat sohasidagi ishlar nafaqat muhim, balki yetakchi hamdir. Aynan shunday ishlab chiqarishlarda sifatga iqtisodiy yondashuv yaqqol namoyon bo'ldi.
Ma muriy yondashuvning ba’zi bir asosiy tamoyillari o'zining mohiyatini saqlab qola oldi, xolos. Ulardan asosiysi iste’molchining nuqsonsiz mahsulotni olishidir. Iste’molchiga taklif qilinayotgan mahsulotning sifati 90 yoki 99% emas, balki 100% lik ko'rsatkichga ega bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: