Shaxsiy pullik mukofotlar ham tan olishning shakli hisoblanadi. Mukofotlash deganda, firmaning oldida turgan vazifalami bajarishga ko'maklashgan alohida shaxslar yoki xodimlarning katta bo‘lmagan guruhining yutuqlarini e’tirof etish tushuniladi. Pullik mukofotlar faoliyatning hayratlanarli va noyob natijalari uchun darhol to'lanadigan bir martalik mukofotlar hisoblanadi. Pullik mukofotlar alohida shaxslarga uzoq muddatli, uzluksiz va yuqori natijali faoliyat hamda boshqaruv lavozimidagi alohida xizmatlari uchun ham to‘lanishi mumkin. Pullik mukofotlarning yig'indisi qo'shilgan hissaning amaliy ahamiyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |