Skenlonning ratsionalizatorlik tizimi xodimlarning mehnat unumdorligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha ratsionalizatorlik takliflarini yozma taqdim qilishga asoslanadi.
Har bir boMinmada ishlab chiqarish qo‘mitasi tuzilib, rahbar va boMinmaning bitta xodimi uning tarkibiga kiritiladi. Xodimlar ratsionalizatorlik takliflarini tayyorlashadi va rahbarga taqdim qilishadi. Takliflarning mehnat unumdorligi va foydani oshirishga ta’siri baholanadi. BoMinmalarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan takliflar tezda joriy qilinadi. Firmaning boshqaruv qo‘mitasi takliflarni baholash va oylik qo‘shimcha to lovning miqdorini aniqlash majburiyatiga ega.