Takliflarni bildirish dasturi xodimga o'z ishini takomillatirish bo'yicha tasavvurlarini ifodalash va taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu mehnat unumdorligining o'sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatining oshishini ta’minlaydi. Takliflarni ilgari surish dasturi yordamida xodim o‘zining imkoniyatlarini namoyon qiladi va qo‘shimcha daromad oladi; mehnat jamoasining oldida hurmati ortadi va o‘zining korxona ishlariga aloqador ekanini his qiladi.
Rivojlangan davlatlarda takliflarni bildirish dasturi yiliga kompaniyalar- ning milliardlab dollarlarini tejaydi va olingan daromad iqtisodga erishishda ko‘maklashgan ishchilar bilan baham ko‘riladi.