Muammolarni hal qilish va qarorlarni qabul qilish bosqichi. Bo'linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruh kelajakdagi maqsadlarni belgilaydi. Bu maqsadlarga boMinma ishining sifat ko‘rsatkichlari majmui sifatida qaraladi. So‘ng muammolarni hal qilish usullari yordamida guruh boMinmaning bu maqsadlarga erishish rejasini ishlab chiqadi; takomillash- tirishning yangi maqsadlarini belgilaydi va shundan so‘ng yangi sikl boshlanadi. Har safar muammoni hal qilishda guruh sifatning oshishi va xarajatlaming kamayishini baholashi kerak. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha boshqaruv kengashiga baholash natijalari to‘g‘risida hisobot beriladi.