Sinov partiyalari. Har bir operatsiya sertifikatlashtirilganidan so ng texnologik jarayonning uzluksizligi, natijaviyligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining chegarasi aniqlanadi, sinov partiyalari qayta ishlanadi va texnologik jarayonning samaradorligi baholanadi. Odatda, bir necha hafta mobaynida tajriba o‘tkazilib, unumdorlik va jihozning imkoniyatlari aniqlanadi. Bir nechta partiyalar hamma texnologik operatsiyalardan o‘tadi.
Jarayonning mustaqil nazorati.Jarayonni takomillashtirish bo yicha guruhning raisi tomonidan boshqariladigan tekshiruv guruhi tuzilib, uning
tarkibiga, masalan, jarayonga bevosita aloqasi bo‘lmagan konstruktorlik idorasi, texnologik boiim, mahsulot sifatini ta’minlash boiimi va sotuv boiimining raislari kiritiladi. Bu guruh jarayonning holatini baholaydi va quyidagilami aniqlaydi: Buyumning texnologik xususiyatlari va jarayonning barqarorligini tekshirish mumkinmi?
Jarayonning maqsadi to‘g‘ri anglanganmi va barcha zarur hujjatlar mavjudmi?
Loyihada oldingi loyihalarga xos boigan muammolar hisobga olingan va bartaraf qilinganmi?
Yangi mahsulotga oid hujjatlar ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan uning ishonchliligi va sifatini oshirishni nazarda tutadimi?
Ishlab chiqarish rejasini bajarish tartibi ishonarlimi va barcha ta’minlovchi boiinmalardan mablagiarni ajratish ko'zda tutilganmi?
Dasturlarni bajarish yoki texnologiyalarni qoilashga xalaqit beruvchi jiddiy texnik muammolar mavjudmi?
Sertifikatlashtirish va attestatsiyalash talablarga muvofiq o'tkazilganmi va hamma mavjud muammolar aniqlanganmi?
Oichashlar tizimi va teskari aloqa samarali ishlab turibdimi?
Tayyor mahsulot iste’molchilarning talablariga javob beradimi?
Baholash o'tkazilgandan so'ng, tekshiruv guruhining a’zolari jarayonni
takomillashtirish guruhi bilan hamkorlikda yig'ilishni tashkil qilib, erishilgan natijalar haqida hisobot beradilar. Bu natijalar tekshiruv guruhining hisobotida rasmiylashtiriladi. Shundan so'ng jarayonni takomillashtirish guruhi hisobotda keltirilgan muammolarni tuzatish choralarini ishlab chiqadi.
«0‘z vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy-texnik ta’minot. Jarayonni statistik nazorat qilish va ta’minotchilar mahsulotining sifatini oshirish ishonchli ishlab turganda materiallar va komplektlanuvchi buyumlarning zaxiralarini muntazam qisqartirib borish va «o'z vaqtida» tamoyili bo'yicha zaxiralarni yaratishga o'tish mumkin. Bu tamoyil quyidagilami qisqartirish imkonini beradi: Kirish nazorati.
Tovar — moddiy zaxiralarni saqlash xarajatlari.
Omborxona binolarining oichami.
Zaxiralar harakatlanish davrining muddati.
«0‘z vaqtida» tamoyilini qoilash quyidagi vazifalarning bajarilishiga yordam berishi kerak: Tayyorlash — yakunlash operatsiyalariga sarflanadigan vaqtning minimallashtirilishi.
Kirish joyining o'zida nuqsonli mahsulotni aniqlovchi o'lchash tizimi ishlab chiqarish jarayoniga kiritilgan bo'lishi kerak.
Ishlab chiqarish jihozi shunday joylashtirilishi kerakki, ishlab chiqarish operatsiyalari o'rtasida zaxiralarning harakatlanish yo'li minimal darajaga kelsin.
Texnologik operatsiyalami bajarish vaqti butun jarayon davomida ishlab chiqarish potokining uzluksizligini ta’minlashi kerak.
Ta’minotchilar grafik bo‘yicha belgilangan vaqtda yuqori sifatli komplektlanuvchi buyumlarni yetkazib berishlari kerak.
Korxonani yetkazib berilgan mahsulotning sifati qoniqtirmasa, ta’minotchilar bilan sifat va yetkazib berish muddatlariga qattiq talablar qo‘yuvchi shartnoma oldindan tuzilgan bo‘lishi kerak.
Shunday tizim ishlashni boshlashi uchun jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh eng ishonchli komplektlanuvchi buyumlarni yetarli miqdorda tanlab olishi, ularga qo'llanadigan tizimni tanlashi va mahsulotning sifatini oshirish hamda jarayonni takomillashtirish maqsadida uni kengaytirishi kerak. Bir necha o‘n partiyani yetkazib berish jarayonida ta’minotchining butunlay ishonchsiz deb topilgan hech bir detalini «o‘z vaqtida» tizimi doirasida ishlatish mumkin emas.
Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha guruhlarning faoliyati