Jarayonni boshqarishning mohiyati. 0‘tgan davrda asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga qaratilgan. Lekin samaradorlikka faqat faoliyatning barcha turlarini boshqarish hamda bir necha jarayonlardan tashkil topgan tashkilotning faoliyati hisobiga erishish mumkin.
Barcha xizmatchilar va ishchilar faoliyatining boshqarilishi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bilan bir xilda amalga oshiriladigan jarayonlar sifatida ko'riladi. Xizmatchilarning loyihalash-konstruktorlik ishlari, mahsulotni sotish, xodimlar masalasi, ma’lumotlar va hujjatlarni qayta ishlash kabi ko'plab faoliyatlari murakkabligi va qo'shimcha qiymatiga ko‘ra ishlab chiqarish jarayoniaridan qolishmaydi.
Jarayon ~ bu boshlang ‘ich materiallar (jarayonning kirishi) ustida bajariladigan, ularning qiymatini oshiradigan va muayyan natijaga olib keladigan (jarayonning chiqishlari) operatsiyalar majmui (faoliyat turlari). Boshlang‘ich ma’lumotning qiymati malakali mehnat va bilimlarni qo llash hisobiga ortadi.