0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana18.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#383709
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
falsafa javoblar

Tushuncha 

  narsalar  va  hodisalarning  umumiy, 
muhim  xossa  va  aloqalari  aks  etuvchi  fikr.  Tushuncha 

 
tafakkur,  tushunish  faoliyatining  mahsuli.  Ular  nafaqat 
narsalar  va  hodisalarning  umumiy  jihatlarini  aks  ettiradi, 
balki  ularni  bir-
biridan  ajratadi,  ular  o’rtasida 
mavjud 
farqlarga  qarab  ularni  guruhlaydi,  tasniflaydi.  Bundan 
tashqari,  biz  biror  narsa  haqida  tushunchaga  ega 
ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur obyektning 
mohiyatini  tushunishimizni  nazarda  tutamiz.  Masalan, 
«inson»  tushunchasi  nafaqat  muhim  umumiy,  ya’ni 
barcha  odamlarga  xos  bo’lgan  jihatni,  balki  har  qanday 
odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks 
ettiradi,  mazkur  odamning  mohiyatini  tushunish  esa, 
umuman  insonning  mohiyati,  ya’ni  inson  haqidagi 
tushunchaning mazmunini bilishni 
nazarda tutadi:  «Inson 



 
aql, so’zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan 
bioijtimoiy mavjudot». 
 
Sezgi,  idrok  va  tasavvurlardan  farqli  o’laroq, 
tushunchalar ko’rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok 
daraxtlarni,  tushuncha 

  umuman  daraxtni  aks  ettiradi. 
Tushunchaning 
mazmunini 
ko’pincha 
aniq 
obraz 
ko’rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, 
yaxshi odamni  tasavvur  qilishi  mumkin,  biroq  u  yaxshilik, 
yomonlik, go’zallik, qonun, yorug’lik tezligi, sabab, qiymat 
kabi tushunchalar v
a jarayonlarni sezgi obrazi ko’rinishida 
tasavvur  qila  olmaydi.  Har  qanday  fanning  barcha 
tushunchalari  haqida  shu  fikrni  aytish  mumkin.  Ularning 
obyektiv  ta’rifi  ko’rgazmalilik  chegaralaridan  tashqarida 
bilvosita aniqlanadi.  
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va 
ularni  o’zida  mujassamlashtiradi:  tushuncha  mohiyatning 
fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli 
tushunchalar  son-sanoqsiz  narsalar 

  xossalar  va 
munosabatlarni  qamrab  oladi.  Tushunchalar  turli 
davrlarda  mazmunan  har 
xil  bo’lgan.  Ular  ayni  bir  inson 
rivojlanishining turli darajalarida har xildir.  
Haqiqiy  ilmiy  tafakkur  madaniyati  biron-bir 
tushunchani  aniq  ta’rifsiz  qoldirmaslikni  o’zi  uchun qoida 
deb  biladi.  Buyuk  mutafakkir  Suqrot  tushunchalarni 
mantiqiy  jihatdan  an
iq  ta’riflash  haqiqiy  bilimning  bosh 
shartidir, degan edi.  
Tushunchalar  inson  ongida  ma’lum  bog’lanishda, 
mulohazalar ko’rinishida yuzaga keladi va mavjud bo’ladi. 
Tafakkur 

  biror  narsa  haqida  hukm  chiqarish,  narsaning 
turli  tomonlari  o’rtasidagi  yoki  narsalar  o’rtasidagi 
muayyan aloqalar va munosabatlarni aniqlash demakdir.  
 
154 



Bilish metodologiyasi deb nimaga aytiladi ? 
 
155 



Inson mohiyatini ta’riflashga asosiy yondoshuvlar. 
Inson  barcha  ijtimoiy  munosabatlar  majmuidir, 
degan  fikr  insonga  mexanistik  nuqtai  nazardan 
yondashgan Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan «Inson
-
mashina»  deb  nomlangan  asar  muallifi  fransuz  J.Lametri 
(1709-
1751) ilgari surgan g’oyalar bilan to’qnashadi
.  
Boshqa  bir  mashhur  fransuz  faylasufi 

  R.Dekart 


(1596-1650)  asarlarida  inson  mohiyati  masalasiga 
nisbatan butunlay o’zgacha yondashuvga duch kelamiz. U 
«inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. 
 
«Inson, u uzoq vaqt o’ylaganidek, dunyoning statik 
mark
azi  emas,  balki  evolyusiyaning  o’ziga  va  cho’qqisi 
bo’lib,  bu  ancha  go’zalroqdir»
3
,  deb  qayd  etadi  atoqli 
fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881-1955).  
Unga zid o’laroq, A.Shopengauer (1788
-1860) inson 
nuqsonli  mavjudot  ekanligini  ta’kidlaydi,
 
uni  «tabiat 
xalturasi» deb ataydi. 
 
Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) 
bu  fikrni  butunlay  rad  etadi.  Uning  fikricha,  inson 
kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o’zini o’zi yaratadi.
 U 
«Inson –
 
odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi. 
 
Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi 
mobaynida insonga juda ko’p ta’riflar va tavsiflar berildi, u 
ko’p  sonli  sinonimlar  orttirdiki,  falsafiy  tahlilning  boshqa 
biron-bir  obyektida  bunday  holga  duch  kelish  mushkul. 
Zero, falsafa tarixida inson: 

 
«aqlli mavjudot»;
 

 
«siyosiy hayvon»;
 

 
«tabiat gultoji»;
 

 
«hayotning boshi berk ko’chasi»;
 

 
«hayotning soxta qadami»;
 

 
«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
 

 
«o’zlikni 
anglash 
qobiliyatiga 
ega 
mavjudot»;
 
«ma’naviy va erkin mavjudot» va h
okazolar sifatida talqin 
qilingan
 
 
156 



Uchinchisi istisno qonunideb nimaga aytiladi ? 
Bu  qonun  fikrlar  o’rtasidagi  zid  munosabatlarni 
ifodalaydi.  Agarda  zid  munosabatlar  fikrning  to’liq 
mazmunini  qamrab  olmasa,  ikki  zid  belgidan  boshqa 
belgilarning  ham  mavjudligi  ma’lum  bo’lsa,  unda 
uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi. 
Masalan: 
Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi. 
Talaba imtihonda «ikki» baho oldi. 
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal 
qiladi.  Chunki  bu  mulohazalarning  har  ikkisi  ham  xato 
bo’lishi  va  talaba  imtihonda  «o’rta»  yoki  «yaxshi»  baho 
olishi mumkin. 
                                                           
3
 Тейяр де Шарден П. Феномен человека. -М.: 1987.-С.40 


Agar,  «Talaba  imtihonda  «a’lo»  baho  oldi»  va 
«Talaba  imtihonda  «a’lo»  baho  olmadi»  mulohazalarini 
tahlil  qilsak,  unda  bu  mulohazalardan  biri  chin,  boshqasi 
xato,  uchinchisiga  o’rin  yo’q  ekanligi  ma’lum  bo’ladi. 
Chunki «yaxshi», «o’rta» va «ikki» baholar – «a’lo» baho 
emas. 
Uchinchisi  istisno  qonuni  quyidagi  holatlarda 
qo’llaniladi: 
1. Alohida  olingan  yakka  buyumga  nisbatan  bir  xil 
vaqt va munosabat doirasida o’zaro zid fikr bildirilganda. 
Masalan: 
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. 
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti emas. 
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, xato ham bo’la 
olmaydi.  Ulardan  biri  chin,  ikkinchisi  xato,  uchinchi 
mulohazaga  o’rin  yo’q.  Uchinchisi  istisno  qonuni  o’zaro 
zid umumiy mulohazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki 
umumiy  mulohazalarda  buyumlar  sinfiga  va  shu  sinfga 
mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi. 
Masalan: 
Hamma faylasuflar notiqdir. 
Hyech bir faylasuf notiq emas. 
Bu 
mulohazalardan 
birining 
xatoligidan 
ikkinchisining  chinligi  haqida  xulosa  chiqarib  bo’lmaydi. 
Bunday  holatda  «Ba’zi  faylasuflar  notiqdir»  degan 
uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi. 
Uchinchisi – istisno qonuni: 
1.Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan. 
2.Umumiy  tasdiq  va  juz’iy  inkor  mulohazalarga 
nisbatan. 
3.Umumiy  inkor  va  juz’iy  tasdiq  mulohazalarga 
nisbatan qo’llaniladi. 
Uchinchisi  –  istisno  qonunining  amal  qilishi  uchun 
olingan  zid  munosabatlarni  ifodalovchi  mulohazalardan 
biri  tasdiq, ikkinchisi  inkor  bo’lishi  yoki  tushunchalardan 
biri ijobiy va boshqasi salbiy bo’lishi shart emas. Olingan 
ikki tushuncha yoki mulohazaning bir-birini hajm jihatdan 
to’liq  inkor  etishi  kifoya.  Masalan,  erkak  va  ayol 
tushunchalarining  har  ikkisi  ijobiy  bo’lib,  inson 
tushunchasining  to’liq  mazmunini  qamrab  oluvchi  zid 
belgilarni ifodalaydi. 
 
157 



Materiya harakatlari va uning har-xil turlari. 
, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, 
fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etgan.  
Harakatning  mazkur  shakllari  bir-biri  bilan  uzviy 
bog’liq  bo’lib,  bunda  har  bir  keyingi  harakat  o’zidan 
oldingi  harakatdan  kelib  chiqadi,  unga  asoslanadi,  biroq, 
shunga  qaramay,  quyi  shakl  bilan  bog’lanmaydi. 
Harakatning  murakkab  shakllarini  soddaroq  shakllarga 
bunday 
bog’lashga 
urinishlar 
falsafa 
tarixida 
«mexanisizm»,  «reduksionizm»  (lot.  reductio  –
  ortga 


surish)  degan  nom  olgan,  harakat  ijtimoiy  shakllarini 
biologik 
shakllar 
darajasigacha 
soddalashtirish 
biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.  
Dunyoning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  haqidagi 
hozirgi  tasavvurlar  nuqtai  nazaridan  ko’rsatilgan  shakllar 
harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun 
rang-barangligini  aks  ettirmaydi.  Xususan,  elementar 
zarralarning  o’zgarish  jarayonlari,  XIX  asrda  noma’lum 
bo’lgan  mikro
-  va  makrodunyo  darajasidagi  boshqa 
o’zgarishlar  materiya  harakati  mexanik,  fizik  va  kimyoviy 
shakllarining 
o’zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan 
qo’ymoqda.  Bu  yerda  mexanik  shakl  endi  barcha  fizik 
jarayonlar  negizi  sifatida  qaralmaydi.  Endilikda  biologik 
harakatning 
elementar 
zarralari, 
ilgari 
taxmin 
qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf 
etilgan  DNK  va  RNK  hisoblanadi.  Ayrim  olimlar  yer  po’sti 
hamda  Yer  ostida  yuz  berayotgan  jarayonlar  haqidagi 
hozirgi  tasavvurlarga  asoslanib  harakatning  geologik 
shaklini farqlamoqdalar. 
XIX  asr  oxirlarida  materiyaning  harakat  shakllari 
tasnifi  ishlab  chiqilayotganida,  ilmiy  davralarda  fanlarni 
tasniflashga nisbatan kontcha yondashuv shakllangan edi. 
Pozitivizm  asoschisi  O.Kont  har  bir  fan  predmetini 
materiya  harakatining  alohida  shakli  tashkil  etishi,  turli 
fanlarning  obyektlari  esa  bir-biridan  keskin  farq  qilishiga 
ishonchi  komil  edi  (mexanika,  fizika,  kimyo,  biologiya, 
sosiologiya  va  hokazo).  Mazkur  muvofiqlik  fanlarni 
muvofiqlashtirish  tamoyili  deb  nomlandi.  Bunda  turli 
fanlar  o’rganadigan  obyektlar  bir
-biri  bilan  qanday 
bog’langanligi  va  bir
-bir
iga  o’tishiga  e’tibor  berildi. 
Quyidan  oliyga,  oddiydan  murakkabga  sari  yuksalib 
boradigan  harakatlanuvchi  materiyaning  progressiv 
rivojlanish jarayonini aks ettirish g’oyasi tug’ildi. Mexanika 
fizika  bilan  bog’lanishi  va  unga  o’tishi,  fizika  kimyoga, 
kimy
o  biologiya  va  ijtimoiy  fanlarga  o’tishini  nazarda 
tutuvchi  yondashuv  (mexanika 

  fizika 

  kimyo 

 
biologiya 

  ijtimoiy  fanlar)  subordinasiya  tamoyili  deb 
nomlanadi.  Darhaqiqat,  qayerga  nazar  tashlamaylik,  biz 
harakatning 
boshqa 
shakllariga 
mutlaqo 
bog’liq
 
bo’lmagan  biron
-bir  harakat  shaklini  topa  olmaymiz, 
hamma  joyda  bir  harakat  shaklining  boshqa  harakat 
shakliga  aylanish  jarayonlarigina  mavjud.  Materiya 
harakat  shakllarining 
o’zaro  ta’sir
i  va  bir-biriga  aylanishi 
uzluksiz-
uzlukli jarayonida mavjud bo’lad
i.  


 
158 



Haqiqat  tushunchasi.  Haqiqatga  erishish–bilishning  asosiy 
maqsadi.  Haqiqatning  turli  shakllari:  mutlaq,  nisbiy  va  sarob 
haqiqatlar 
Haqiqat
 

 bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U 
borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, 
bilayotgan  subyektdan  tashqarida  va  undan  qat’iy  nazar 
mavjuddir.  Haqiqat 

  bilimlarning  obyektiv  borliqqa 
muvofiq  bo’lgan  mazmuni.  U  bilish  jarayoni,
  bilish 
in’ikosining 
natijasidir. 
Haqiqat 
ilmiy 
nazariyada 
mujassamlashgan 
anglab 
yetilgan 
tasdiqlovchi 
mulohazalar  ko’rinishida o’z  ifodasini  topadi.  Har  qanday 
ilmiy  nazariya  rivojlantirilishi,  ba’zan  boshqa,  yanada 
haqiqiyroq  nazariya  bilan  almashtirilishi  lozim.  Shu 
ma’noda  haqiqat  –
  bilish  rivojlanishining  yakuni  va  ayni 
vaqtda omilidir.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish