7-§. OYBEK
109
90. «Navoiy» romani bilan bog'liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping.
1) Ushbu yirik badiiy asarda daho ijodkorning shaxsiyati, ruhiyat dunyosi,
ichki olami, ijod va ijodkorlarga munosabati butun serqirraligi bilan
ko'rsatib berilgan;
2) Asarda buyuk shoirning tadbirkor, siyosiy arbob, uzoqni ko'ra oluvchi
donishmand,
har
qanday
holatda
ham
e’tiqodiga
xiyonat
qilmaydigan iymoni mustahkam shaxs ekani yorqin tasvirlangan;
3) Asarda shoirning harbiy ishlar sohasida ko'p sarkardalar, hatto, umri
jang-u jadallar ichida o'tgan Husayn Boyqaroga nisbatan ham
bilgirlik qilishi mahorat bilan jonli misollar asosida hayotiy ifoda
qilingan;
4) Asarda Alisher Navoiy hazratlarining dovyurak, tadbirkor, o'mi kelsa,
xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs ekani uning Sulton
Mahmud qarorgohiga yolg'iz borishga jazm qilganida yaqqol ko'zga
tashlanadi;
5) Asarda shoirning o'z qadrini biladigan, ayni vaqtda o'ta kamtar odam
ekanligi
lavozimdor
odam
sifatida
ilk
muhr
bosish
holati
tasvirlangan lavhada yorqin namoyon bo'ladi.
A) 3,4, 5
B) 1, 2, 3, 5
C) 1,2, 3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |