118
8-§. ODIL YOQUBOV
43. «Ulug'bek xazinasi» ramanidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
«Vo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga
o'ltirgan har bir kimsa darhol o'zgaradi? Odamiylikni, umri bebaqo bir
faqir-u haqir ekanini darhol unutadi? Bu toj-u taxt, bu saltanat hech bir
kimsaga vafo qilmasligini yodidan chiqaradi? Nainki shahzoda, bu taxt
hattokim... Amir Temurga ham vafo qilmaganini tushunmaydi?»
A) Mirzo Ulug'bek
B) Xoja Miskin
C) Qalandar Qarnoqiy
D) usta Temur Samarqandiy
44.
«Ulug'bek
xazinasi»
ramanidan
olingan
quyidagi
tasvir
qaysi
qahramonga tegishli?
«...kinoyali kulmoqchi bo'ldi, lekin kulolmadi, yuragini larzaga solgan ichki
tug‘yon uning irodasidan ustun kelib, yuzi burishib ketdi».
A) usta Temur Samarqandiyga B) Abdullatifga
C) Mirzo Ulug'bekka
D) Xoja Miskinga
45. «Ulug'bek xazinasi» romanidagi
usta Temur Samarqandiyning kasbi
nima edi?
A) zargarlik
B) ustodlik
C) yog'ochsozlik
D) temirchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |