Yassi va egri sirtlarga ariqchalarni kesish quyidagicha bajariladi (76-
rasm,
a, b). Dastavval zagotovka sirtiga iz tushirilib, kreysmeysel bilan 1,5—2
mm chuqurlikda ariqcha ochiladi. Kesish natijasida hosil bo`lgan notekisliklar
tuzatilgach, uning aniqligi andoza bilan tekshiriladi.
Rangli qotishmalarni kesishda zubiloni sovunli suvda ho`llash yoki moyli
latta bilan artish kerak. Bu usul zubilo tig`ining o`tkirlatsshshiga yordam beradi.
Mehnat xavfsizligi. Metallarni qo`lda kesishda quyidagi qoidalarga rioya
qilish kerak:
—
chilangarlik bolg`asining sopi mahkam o`rnatilgan va darz ketmagan
bo`lishini tekshirish;
—
kreysmeysel va zubilo bilan ishlashda himoya ko`zoynakdan
foydalanish;
21
mo`rt va qattiq metallarni kesishda to`siqlar (to`r) dan, albatta, foydalanish.