8.3.Qo`larra bilan qirqishda gavda vaziyati
Gira balandligini ishchining bo`yiga moslab o`rnatib
arra dastasini gira jag`lariga qo`yiladi (dastlabki
vaziyat). Tirsakdan bukilgan o`ng qo`l yelka bilan
qo`lning tirsak qismida to`gri burchak hosil qiladigan
vaziyatda tutiladi (121-rasm,
a).
Gira oldida erkin va turg`un, gira jag`lariga yoki
kesiladigan buyumning o`qiga nisbatan yarim burilib turish va gavdani
chapga tomon 45° burchak hosil qilib burish kerak. Chap oyoqni oldinga
tomon (taxminan kesiladigan buyumning chizig`i bo`yicha) qo`yib va unga
gavda og`irligini tashlab turiladi. O`ng oyoq chap oyoqqa nisbatan 60°—70°
burchakka burilishi lozim, bunda tovonlar orasidagi oraliq 200—300 mm
bo`lishi kerak (121-rasm,
g).
Do'stlaringiz bilan baham: |