82
Ma`ruza
№
17
Mavzu: Kesimlari 10 mm gacha bo`lgan alyumin va mis simlarning
uchlariga ishlov berish
Reja:
17.1.Yerga ulovchi qurilmalar montaji
17.2.Komplekt taqsimlovchi qurilmalar montaji
17.3.Simlar kabellar va shinalarning kontakt bog`lamalarni montaj qilish
Tayanch iboralar:
Yerga ulagich, simlarning uchlariga ishlov berish,
kabel simlarning qobig`ini ochish, muftalar, muftalar tayyorlash.
17.1.
Yerga ulovchi qurilmalar montaji.
Yerga ulaydigan qurilma (erga ulash) apparatlar va elektr qurilmalarning
normal holda kuchlanish bo`lmagan qismlarida kuchlanish xosil bo`lib qolgan
paytlarda xodimlarni tok urishidan himoyalash, shuningdek ularni normal
sharoitda ishlashini ta`minlash uchun xizmat qiladi. yerga ulaydigan qurilma
deb, yerga ulovchi simlar tuplamiga aytiladi.
Yerga ulagich – bevosita yerga tegib, turadigan metall sim yoki simlar
guruxidir.
Yerga ulaydigan simlar – yerga ulanadigan elektr qurilmalarning
qismlarini yerga ulash uchun xizmat qiladigan metall simlardir.
Himoyalovchi
yerga
ulash
(nullash)
tashib
yuriladigan
va
xarakatlanadigan yakka elektr iste`molchilar uchun (ishchi nul simdan tashqari)
mis simli echiluvchan kabellar bir qobiqni ichida faza simlari qatori bo`lib
kundalang kesim yuzasi 1,5 mm
2
va tashib yuriladigan elektr iste`molchilar
uchun esa simning kundalang kesim yuzasi 2,5 mm
2
dan kam bo`lmaydi. Relsda
yuruvchi mexanizmlar (masalan bashen krani) o`zini yerga ulashdan tashqari
relsirni ham bulak holda yerga ulash talab etiladi. Relsi bir biri bilan komolok
dq6 mm sterjen orqali payvandlanib ulanadi. Polosa bo`lsa po`lat kalinligi 4 mm
dan kam bo`lmasligi kerak. Neytrali yerga ulangan bo`lsada qayta qarshiligi 100
Om dan kichik bo`lgan yerga ulagich yordamida relsi yerga ulanadi.
Yerga ulovchi qurilma uchun: burchakli va yumalok po`lat kondension
bo`lmagan trubalar, shuningdek tabiy yerga ulagichlar (inshootlarning po`lat
konstruksiyalari, alyuminiy qobiqli kabellar va boshqalar). yerga ulagichni
turlari ularni son va joylanishi loyixa tuzilganda aniqlanadiximoyalovchi yerga
ulovchilar sifatida binolarning po`lat konstruksiyasi, kranlarning tagidagi temir
relslar, galeraya, liftlar shaxtasi, devorining qalinligi 1,5mm dan kam bo`lmagan
po`lat turbalardan foydalaniladi.
Portlash xavfi bo`lgan qurilmalarda yerga ulovchi o`tkazgichlar bo`lak
holda o`rnatiladi va qurilish hamda boshqa inshootlarning konstruksiyalarini
yerga ulagich sifatida foydalanish ruxsat etilmaydi.
Elektr qurilmalarning qurilish qoidalariga asosan yerga ulagichlar:
Er osti suv o`tkazish turbalari;
Buloklarning turbalari va yer bilan ishonchli bog`langan inshootlarning
metall konstruksiyalari va armaturalari.
Sun`iy yergaulovchilar sifatida esa uzunligi 3-5m qalinligi 12-16m
bo`lgan po`lat armaturalar, trubalar diametri 50 mm bo`lgan, burchakli po`lat
83
(uzunligi 3-5m bo`lgan) elektrodlar qo`llaniladi. Pulat qoziqlar yerga qoqilib
kiritiladi. Po`lat turbalar yerga burab qoqiladi va burchak elektrodlar ulchami
50
×
50
×
5 mm bo`lgan va maxsus moslamalar yordamida yerga qoqiladi. Tik
elektrodlash shunday qoqiladiki ularning ikkinchi oxiri transheyaning
chukurining tagidan0,1-0,2 m chiqib, turishi shart, chunki bu oxirlari bir biri
bilan gorizontal polosalar yordamida payvandlash yuli bilan maxkamlanadi.
Ammo bu po`lat polosalarning qalinligi yassilari uchun 4 mm dan, yumaloqlari
uchun esa diametri 6 mm dan kam bo`lmasligi talab etiladi. Xamma yerga
ulagichlarni bog`lamalari payvandlash yuli bilan bajariladi. Payvandlangana
joylari zanglab chirilmasligi uchun betum lak (Kuzbasslak) surtiladi. yer
ostidagi bunday yerga ulovchilarni bo`yyash mumkin emas. Agar yerni
karroziya aktiv bo`lsa po`latga nisbatan, unda ruxlangan elektrodlar qo`llaniladi.
Montaj amaltyotida havoda elektr uzatish liniyalari fundamentini katlavanlarga
joylashtirishdan oldin yerga ulagichlar ham urnatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: