7
Ma`ruza
№
1
Mavzu:
Kirish. Mehnat muhofazasi
Reja:
1.1. Ishlab chiqarish korxonalarida o`quvchilarning amaliyot o`tashida
umumiy xavfsizlik qoidalari yo`riqnomasi
1.2.Noxush holatlarga olib keluvchi holatlar
1.3.Sexlarda va ishlab chiqarish hududida ish vaqtida amal qilinadigan
umumiy xavfsizlik qoidalari
1.4.Korxona hududida quyidagilar ta`qiqlanadi
Tayanch iboralar:
Mehnat muhofazasi,xavfsizlik,birinchi tibbiy yordam,
xavfsizlik qoidalari, umumiy xavfsizlik qoidalari, sovuq urish,mexanik
jarohatlanish,tananing kimyoviy kuyishi.
1.1. Ishlab chiqarish korxonalarida o`quvchilarning amaliyot o`tashida
umumiy xavfsizlik qoidalari yo`riqnomasi
Ushbu yo`riqnoma umumiy xavfsizlik qoidalaridan iborat bo`lib,
Ishlab
chiqarish korxonasida ishlovchi barcha ishchi va xizmatchilarga birday tegishli.
Ishchilar, muhandis texnik xodimlar va xizmatchlar ichki tartib qoidalarga rioya
qilishlari, texnika xavfsizligi qoidalari, uskunalardan foydalanish qoidalari va
texnologik normalarga rioya qilishlari shart. Ushbu yo`riqnomaga
asosan
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan ishchilar, muhandis texnik
xodimlar va xizmatchilar ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
1.2. Noxush holatlarga olib keluvchi holatlar
-
Nafas olish yo`li bilan zaharlanish – sex
va laboratoriyalarda mavjud
bo`lgan uglerod oksidi, ammiak, azot oksidi, xlor, kislota bug`lari va
boshqa yengil bug`lanuvchi moddalar orqali;
-
Zaharli kimyviy moddalar orqali – metanol,
dixloretan va boshqa tuz
yoki suyuqlik ko`rinishidagi moddalarning organizmga chang orqali
yoki suv o`rniga ichish orqali;
-
Т
ananing kimyoviy kuyishi – kislotalar, ishqorlar
va boshqa agressiv
suyuqliklar orqali;
-
Sovuq urish – suyuq kislorod, suyuq ammiak va boshqa past haroratli
moddalar orqali;
-
Т
ermik kuyish –
qaynoq aralashmalar, qaynoq suv, qaynoq bug`,
yonuvchi gazlar, qattiq qizdirilgan materiallar va boqa yonuvchi
moddalar orqali;
-
Mexanik jarohatlanish –
kesilish, tirnalish, lat yeyoish,
suyak sinishi,
chiqishi
bu
texnika
xavfsizlik
qoidalariga
rioya
qilmaslik,
8
harakatlanuvchi mexanizmlar, ko`tarish moslamalaridan noto`g`ri
foydalanish orqali;
-
Elektr toki bilan ishlaydigan uskunalardan noto`g`ri foydalanish va
elektr toki o`tuvchi ochiq simlarni ushlash oqibatida kuyish va tok urish
orqali kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishda ishlaydigan hamma ishchilar kuchli ta`sir
qiluvchi
moddalarning ro`yxatini, ta`sir qilish darajasini va oqibatda kelib chiqadigan
noxush holatlarni bilishi shart .
Hamma sexlarda kunduzgi ishchilarning maksimal soniga muvofiq mos
markali gazniqoblar zahirada bo`lishi shart.
Zaharli moddalarning atrofga tarqalishini birinchi bo`lib
bilgan ishchi
zudlik bilan smena boshlig`i yoki ma`muriyat navbatchisiga gazning qaysi
tomonga qarab yo`nalayotgani haqida to`liq ma`lumot berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: