dars. 0‘ZBEK TILI - DAVLAT TILI
topshiriq. Nima uchun ota, aka-uka yoki opa-singil tili emas, aynan onaga nisbat berib ona tili atamasidan foydalanamiz? Shu haqda bahs yuriting.
topshiriq. Siz yashayotgan yoki Sizga yaqin bo‘lgan ko‘cha, mahallaning 10—15 yil oldin qanday nom bilan yuritilganini eshitganmisiz? Agar farqlansa, buning sababini aytib bering.
Har bir millat o‘z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o‘mi beqiyos bo‘lganligi, bola ilk tovushlami, so‘zlami onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar.
f 1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘oz!ari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi.
V y
Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi.
Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |