mashq. Quyidagi so^zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. E harfining yozilish o(rinlariga diqqat qiling.
Erk, ertak, ber, e’lon, yetti, ehtiyot, e’tibor, tole, termoq.
mashq. Gaplarni o‘qing, o‘ unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
0‘ziga boqma, so‘ziga boq. 0‘qigan o‘zar, o‘qimagan to‘zar. 0‘zga elda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. 0‘zini bilmagan o‘zgani bilmas. 0‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
Takrorlosh uchun savollar
9 1. 0‘zbek tilida nechta unli tovush bor?
2. / va u unlilarining imlosi haqida ayting.
E va u unlilarining imlosi haqida so‘zlab bering.
A va o unlilarining imlosi haqida gapiring.
7
1. «Damas», «Tiko», «Neksiya» mashinalari ishlab chiqarilayotgan shahar nomi. 2. Husanning akasi. 3. Ish-... 4. Urishqoq xo‘roz.
dars. AYRIM UNDOSHLARNING YOZILISHI
*15-mashq. So‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing va ular o‘rtasidagi farqlarni aytib bering.
Bob-bop, bol-pol, besh-pesh, barcha-parcha, dala-tala, dil - til, dur-tur, oz-os, eg-ek, mard-mart.
/ 16-mashq. Tez aytishlarni mashq qiling. Qaysi tovushga ta’kid tushayotganini toping va shu tovushga ta’rif bering.
Turg‘un turib tarozida turp tortdi. 0‘zim uzum uzdim. Sharif Sharofatni sharaflab she’r o‘qidi. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg‘oqqa chiqdimi?
mashq. Gaplarni ko‘chirib yozing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.
Obod va ozod Vatan bizniki. 2. Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni- el. 3. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l. 4. Sayoq yursang, tayoq yeysan. 5. Do‘stsiz boshim-tuzsiz oshim. 6. Sog‘lom tanda sog‘ aql.
mashq. Nuqtalar o‘miga x yoki h harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.
...ushyor, sa...iy, ma..vSulot, ...ulosa, ...arakat, ...urmatli, ...ukm, ...oziijavob, ta„.t, sa...na, ...ayol, ...ar kim, ...ech qachon.
19-mashq. 0‘qing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.
1. Falak-palak, faqir-paqir, sof-sop, tuf-tup, to‘fon-to‘pon. 2. Juma, jumal, jirafa, jonsarak, hayajon, jajji, g‘ijjak. 3. Ong, tong, bong, hang- mang, ko‘ngil, singil, dengiz, kelingiz. 4. G‘ujg‘on, og‘a, tog\ ag‘darmoq.
Takrorlash uchun savollar
0‘zbek tilida nechta undosh tovush bor va ular yozuvda nechta
B-p, v-f, d-ty g-k undoshlarining yozilishi haqida gapirib bering.
H va x undoshlarining yozilish o‘rinlari qanday?
Q, g‘, ng undoshlarining imlosi haqida so‘zlab bering.
mashq Uyga topshiriq. «Ozod va obod diyorim» mavzusida kichik bikoya yozib keling.
dars. BOSH VA KICHIK HARFLARNING QO‘LLANILISHI
mashq. Bosh harflarning ishlatilish sababini aniqlang, matnni ko‘chirib yozing.
0‘zbekiston-yer yuzining jannati.U bizning jonajon Vatanimizdir.
Yam-yashil bog‘-rog‘larga burkangan Farg‘ona vodiysi, ko‘hna Samarqand-u Buxoro, Xiva, azim Qashqadaryo va Surxondaryo yurtimizning maftunkor maskanlaridir.
0‘zbekistonda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon kabi daryolar, Chotqol, Qurama, Hisor, Nurota, Chimyon singari tog‘lar bor.
22j-mashq. «Mening ona shahrim» (yoki qishlog‘im) mavzusida matn fuzing. Bosh harflarning ishlatilish o‘rinlariga izoh bering.
23-mashq. Mashqimiz «Xato toping» deb nomlanadi. Matnda kichik harflar bilan berilgan so‘zlarni to‘g‘rilab bosh harflar bilan yozing.
Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash, buvayda, tolliq, olqor, yulg‘unzor, oqqo‘rg‘on degan qishloqlarida o‘tgan. o‘ttizinchi yillaming o‘rtalarida bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobir bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi... (Abdulla Qahhor)
9
24-mashq. Buxoro, Hamid Olimjon, «Tong yulduzi» kabi so‘z va so‘z birikmalarining bosh harflar bflan yozilish sabablarini tushuntirib bering.
Takrorlash uchun savollar
9 1. Joy nomlari nima uchun bosh harf bilan yoziladi?
® 2. Kishilaming ism-familiyalari, taxalluslariga misollar keltirib, ulaming qanday harf bilan yozilishini tushuntirib bering.
3. Korxona, tashkilot, gazeta, jumal nomlari qanday yoziladi?
mashq. Uyga topshiriq. 0‘zingiz istiqomat qilayotgan ko‘cha (mahalla) yoki qishloq atrofiga joylashgan korxona va tashkilot nomlarini daftaringizga yozing va ularning bosh harflar bilan yozilish sabablarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |