mashq. Quyidagi hikmatli so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. 0‘zingiz ham shunday misollar toping.
Ona tilim - jon-u dilim.
Ona tilim - jonimga masih.
Ona tilisini unutganlar xor bo‘ladi.
*7-mashq. She’rni o‘qing va unda ilgari surilgan g‘oyani aniqlang. Uning mustaqillik g‘oyasiga birlashadigan jihatlari haqida gapiring.
Ona tilim - onajonim tili bu- Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
(Mirtemir)
8-mashq. Rasm asosida «Ona-ulug‘ zot» mavzusida matn tuzing
Tayanch so‘zlar:ona, bola, chaqaloq, beshik, alla, mehr, Vatan, munosib, farzand, ulg‘aymoq, tarbiyalamoq, sevmoq, duosini olmoq, xizmat qilmoq
Savol va topshiriqlar
*} 1. Ona tili deganda nimani tushunasiz?
2. 0‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
Tilimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida nima deysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |