Tasmali (lentali) De-Smet ekstraktorning tuzilishi va ishlashi
(66-rasm)
.
Ekstraktorning 1 korpusi yaxlit po’latdan tayyorlangan. Ekstraktsiyalanadigan
material 4 tasmali transportyor yordamida harakatlanadi. 2 yuklash bunkeriga
o’rnatilgan shiber (tusiq) yordamida avtomatik ravishda xom ashyo qavatining
balandligini 0,8...1,4 m oralig’ida boshqarib turadi. Transportyor tasmasi 3
yo’lduzchalar yordamida aylanadi.
Tasmali transportyor maxsus (xrapovikli) mexanizm yordamida to’xtab-to’xtab
harakatlanadi. Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoning ustki qismida 7, 8
sachratgichlar o’rnatilgan. Tasmaning ostida ekstraktsiya bosqichlariga mos 6
mistsella yig’gichlari joylashtirilgan. Ularning har biri markazdan qochma nasoslar
bilan ta‘minlangan bo’lib, bu nasoslar o’z navbatida tegishli sachratgichlarga
mistsellani yetkazib beradi.
Ekstraktorning har bir bosqichida erituvchini oqizish zonasi mavjud.
Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni ustki qismi 12 qo’zg’atgichlar bilan
yumshatilib turiladi.
Ekstraktsiyalanadigan material 21 elektromagnitdan o’tib 16 qopqoq orqali
bunkerga, u erdan transportyorga tushadi. Transportyor bilan harakatlanib xom ashyo
7,8,9,10 sachratgichlar orqali oldin kontsentrlangan mistsella, keyin kuchsiz
kontsentratsiyali mistsella, oxirida toza erituvchi bilan yuviladi.
143
66-rasm. Tasmali (lentali) De-Smet ekstraktori.
1-korpus, 2-yuklash bunkeri, 3-yo’lduzchalar, 4-tasmali (lentali) transportyor, 5-bo’shatish bunkeri,
6-mistsella
yig’gichlari,
7,8,9,10-sachratgichlar,11,17-nasoslar,
12-yumshatkich,
13-rotorli
yumshatkich, 14-cho’tkali baraban, 15-yumshatkich, 16-shnek,18-isitgich, 19-sarfo’lchagich, 20-
sifon apparati, 21-elektromagnit, 22-tarnov, 23-me’yorlovchi, 24 va 25-sathni boshqarish avtomatik
qurilmalari.
Erituvchi sig’imdan 18 isitgich va 19 sarfo’lchagich orqali 9 sachratgichga
keladi. Moysizlantirilgan material (shrot) tushurish 5 bunkeridan 16 shnek orqali
ekstraktordan chiqariladi.
Mistsellani material qatlamidan o’tishi natijasida uning kontsentratsiyasi oshadi.
Oxirida kontsentrlangan mistsella ekstraktordan chiqariladi.
Transportyor to’rini tozalash uchun 20 sifon apparatdan 10 sachratgich orqali
filtrlangan mistsella beriladi. Loyqa mistsella ostki sig’imdan 17 nasos yordamida 18
isitgich va 22 tarnov orqali yangi kirayotgan materialning ustiga quyiladi. Shrotni
tushurish joyida yumshatkich mavjud, 14 cho’tkali baraban yordamida transportyor
to’ri qattiq zarrachalardan tozalanadi.
Bunkerda xom ashyo sathini boshqarish 24 va 25 avtomatik qurilmalar
yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |