ETP-20 rusumli ekspeller pressining tuzilishi va ishlash.
ЕТ
P-20 presslash
qurilmasi moyli xom ashyolardan dastlabki va oxirigacha presslash usulida moy
olishda ishlatiladi. Bu qurilma (60-rasm) 5 ta’minlagich, 6 shnekli val, 7 zeyer, 8
kunjara qalinligini rostlovchi mexanizm, 9 shnekli valni isituvchi - sovituvchi
sistema, 3 uzatma, 4 ta’minlagich uzatmasi, 1 elektrodvigatel va 2 shkivdan tashkil
topgan.
Ta’minlagich tik o’rnatilgan shnekdan iborat bo’lib, variator yordamida uning
aylanish tezligini o’zgartirib turish mumkin. Agar pressda mezga ko’payib ketsa
aylanish soni kamaytiriladi.
119
Pressning o’qi uzatmaga ulangan. Qurilma forpress usulda ishlaganda shnekli
o’qning yettita o’rami bo’ladi, aylanish tezligi 22 min
-1
, ekspeller rejimida ishlaganda
o’ramlar soni sakkizta, aylanish tezligi 12 min
-1
tashkil etadi.
Pressni ishga tushirishda bug’ bilan isitish va ishlab turganda suv bilan sovutib
turish uchun maxsus moslama mavjud. Kunjara qalinligi konusni siljitish orqali
rostlab turiladi. Zeyerning ikkinchi va beshinchi sektsiyalarining ichki diametri bir xil
bo’ladi.
Pressni forpresslash yoki ekspeller rejimida ishlatishda uning detallari
o’zgartiriladi. Uzatmaning uch juft tishli g’ildiragi almashtirilib uning soni 45 dan
180 gacha o’zgartiriladi. Shnekli o’qida forpresslash uchun 6 parrakli
№
2, 3, 4, 5, 6,
7 shneklar, ekspeller rejimida presslash uchun yetti parrakli
№
2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
shnekga almashtiriladi. Sektsiyalar bo’yicha kolosniklar orasidagi masofa va
zeyerning pichoqlari ham o’zgartiriladi.
60-rasm. ETP-20 rusumli press.
1-elektrodvigatel, 2-uzatma, 3-reduktor, 4- 5-ta’minlovchi, 6-shnekli val, 7-zeyer, 8- kunjara
qalinligini rostlovchi mexanizm, 9- shnekli valni isituvchi - sovituvchi sistema.
ETP-20 pressining texnik tavsifi
Unumdorligi, t/sut
forpresslash rejimida...............................................60...70
ekspeller rejimida...................................................30...40
120
Zeyerdagi sektsiyalar soni..............................................5
Shnekli valning aylanish tezligi, min
-1
forpresslash rejimida.................................................7
ekspeller rejimida......................................................8
Pressning elektrodivigatel quvvati, kVt.........................55
Ta’minlovchining elektrodivigatel quvvati, kVt............4
Kunjaraning moyliligi, %
forpresslash rejimida................................................15...18
ekspeller rejimida.....................................................5...6
Zeyerning plastinkalari orasidagi tirqishlar (bosqichlar bo’yicha), mm:
I II III IV V
1,35 0,7 0,5 0,25 0,15
Gabarit o’lchamlari, mm.......................................5000x950x2340.
Do'stlaringiz bilan baham: |