01. Shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda


Ishning tuzilishi va hajmi



Download 473,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana16.03.2022
Hajmi473,73 Kb.
#496254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda davolash gimnastikasining samaradorligi

 
Ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, 3ta bob, xulosa, taklif va tavsiyalar
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. BMI --- sahifadan iborat.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I Bob. A d a b i yo t l a r t a h l i l i . 
 
1.1. Tayanch-harakat apparati tuzilishi.

Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-


muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch 
bo’lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat 
sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-
harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg’unlashgan faoliyati 
markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.Odam tanasidagi barcha suyaklar 
birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani 
bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonning shaklli 
elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam 
tanasida jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan 
tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana 
vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil 
etadi.
Odam tanasida suyaklarning joylashishi. Odam tanasidagi suyaklar 
joylashishiga ko’ra bir necha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq 
suyaklari. 
Bosh skeleti: Bosh skeleti ikki qismdan: miya qutisi va yuz qismidan iborat 
bo’lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo’lgan. Ularning hammasi pastki jag’ 
va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o’zaro mustahkam birikkan. 
Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir 
necha suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar 
liqildoq deb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq 
peshona va tepa suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa 
2,5 sm bo`ladi. Tepa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tepa chakka 
suyaklari orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda 
suyakka aylana boradi. 4 yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh 
suyagi 7 yoshgacha hamda 11-15 yoshda ya'ni jinsiy balog`at yoshida tez o`sadi. 
Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi. 
Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko’p qirrali. 
Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch 
funksiyasi tufayli odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon 
tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o’taydi. Masalan, bosh 
miya kalla suyagi qopqog’i ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida
o’pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko’krak qafasida 
joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. 
Suyaklarning ko’mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, 
leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral 
tuzlar deposi (to’planadigan joyi) bo’lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta 



suyakdan tashkil topgan bo’lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir ( -
rasm). Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi.
Naysimon suyaklar - bular o’z navbatida ikki xiI bo’ladi. Uzun naysimon 
suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo’l va 
oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G’ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g’ovaksimon (qovurg’a, to’sh, 
o’mrov), kalta g’ovaksimon (umurtqa, qo’l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) 
bo’ladi.
Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. 
G’alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag’, peshona, bosh suya gining pastki asos 
qismidagi ponasimon va g’alvirsimon suyaklar. 

Download 473,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish