Xizmat xati — tashkilotlar o ‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ularning o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan mazmunan har xil hujjatlar nomi (2-ilova).
Xat — boshqaruv sohasida foydalaniladigan hujjatlarning eng ko‘p tarqalgan turi, shu bois uning uchun maxsus blanka ishlab chiqilgan. Xat A4 yoki A5 odchamli blankada rasmiy- lashtirilishi mumkin. Agar xat matni bir satrlararo oraliqda yozil- gan yetti satrdan oshmasa, xat A5 o'lchamli blankada rasmiy- lashtiriladi.
Xizmat xatining matni aniq, qisqa va lo'nda bo'lishi lozim. U, odatda, quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi:
— xatni tuzish sabablari tushuntiriladigan kirish qismi;
— masalaning mohiyati bayon etiladigan, shu jumladan, dalillar yoki raddiya keltiriladigan asosiy qism;
— xatning asosiy maqsadi ta'riflanadigan xulosa.
Xatning mazmuniga qarab, ba'zan matnni bayon etish tuzilishi o'zgartirilishi, matn tuzishning boshqa sxemalari qo‘llanilishi, ularda elementlardan biri mavjud bo‘lmasligi yoki ularning joylashish tartibi boshqacha bo‘lishi mumkin.
Xatlarda quyidagi bayon etish shakllaridan foydalaniladi:
— birinchi shaxs nomidan ko'plik sonda („jo‘natishni so‘ray- miz“ , „ko‘rib chiqish uchun jo‘natmoqdamiz“);
— birinchi shaxs nomidan birlik sonda („zarur deb hisob-
layman“, „ajratishni so‘rayman“);
— uchinchi shaxs nomidan birlik sonda („vazirlik qarshi emas“ , „ 0 ‘zdavstandart“ markazi amalga oshirsa bo‘ladi deb hisoblaydi“).
Xat hajmi ikki betdan oshmasligi va u faqat bir masalaga bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. A5 o ‘lchamdagi blankalarda ras- miylashtirilgan xatlarda matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin. Tashkilotga kelgan xatga javoban tuzilgan xatda kelgan hujjatning sanasi va indeksi koTsatilishi lozim. Xizmat xati, odatda, tashkilot rahbari yoki uning oTinbosarlari yoxud o‘z vakolatlari doirasida
52
hujjatlarga lmzo chekish huquqiga ega bo‘lgan tarkibiy bo lin- malarning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Xizmat xatlarining turlari va xillari bisyor: axborot xati, ilova xati, kafolat xati, e'tiroz xati, eslatma xat, xabarnoma, iltimosnoma va h.k. Xatning turi matn mazmuni bilan belgilanadi. Xizmat xatlarining ayrim turlarini rasmiylashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, ilova xatlari doim „Ilovaning mavjudligi haqida belgi“ rekvizitiga ega bo‘ladi; kafolat xatlari tashkilot rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim; axborot va reklama xatlarida „Manzil egasi“ rekviziti umumiy tarzda keltiriladi.
Xatlarni pochta, elektron pochta orqali, faksimil aloqa appa- ratlari yordamida jo‘natish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |