Telegramma —matnni uzatishning alohida usuliga ko'ra (telegraf orqali) farqlanadigan mazmun jihatidan har xil hujjatlarning umumlashtirilgan nomi. Telegrammalardan hujjatni oluvchiga (pochtaga qaraganda) tezroq yetkazish lozim bo‘lgan, faksimil aloqa apparati yoki elektron pochtadan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda foydalaniladi.
Telegramma toza qog‘oz varaqlarida yoki maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Telegramma quyidagi rekvizitlarga ega bo'ladi: telegramma toifasiga ishora, telegramma turi haqidagi belgi, oluvchining (shartli yoki to'liq) telegraf manzili, matn (telegramma mazmuni), imzo, jo ‘natuvchi tashkilotning ro‘yxatga olingan ish yuritish raqami, manzili va nomi, lavozim nomi, shaxsiy imzo, imzoning yoyilmasi (ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi), muhr, sana (4- ilova).
Telegrammaning o‘tish tezligi uning toifasi bilan belgilanadi: toifasiz, navbatdan tashqari, hukumat, xalqaro, shoshilinch, oddiy va h.k.
Telegramma turi haqidagi belgi telegrammani yetkazishning o ‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatadi: topshirilganligi ma'lum qilinadigan telegramma, javobining haqi to‘langan telegramma, jo'natuvchi ko‘rsatgan muddatda yetkaziladigan telegramma va sh.k.
Telegramma toifasi va turi oluvchining telegraf manzili oldidan ko‘rsatiladi. Telegraf manzili oddiy yoki shartli bo‘lishi mumkin.
Shartli manzil aloqa bo'limida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Undan pochta manzili ko‘p so‘zli bo‘lgan holda foydalaniladi. Bunda tashkilotning pochta manzili va to'liq nomi o‘rniga bir so‘z bilan ifodalangan shartli nomi ko'rsatiladi.
Telegramma belgilangan shakldagi telegraf blankasining bir tomonida (yoki oq qog‘ozda) aniq, xatosiz, bosma harflar bilan, xatboshisiz, ikki oraliqda, so'zlarni ko‘chirmasdan yozilishi lozint.
Telegrammalar matnlari aloqaning abonentlik punkti orqali jo'natilganda to'liq matn bilan yoziladi, aloqaning pochta bo‘limi orqali boshqa xat oluvchilarga jo'natilganda esa. telegramma matnida intkon boricha olmoshlar, qo'shimchalar, ko'ntakchilar qoldiriladi, agar bunda mazmun buzilmasa. Raqantli ma'lu- motlar, buzilishiga yo‘l qo'ymaslik uchun, so'zlarbilan yoziladi. Raqamlar va harflar uyg‘unligiga faqat korxona va savdo belgilari va tamg‘alarida, uylarning raqamlari, hujjatlarning raqamlarida yo'l qo'yiladi. Matn oxirida telegrammani ro'yxatga olish raqanti qo‘yiladi, so‘ng telegrammani imzolagan mansabdor shaxsning familivasi ko'rsatiladi (lavozimini va ism-sharifming bosh harflarini ko‘rsatmaslikka ruxsat etiladi). Telegrammaning bu qismi chiziq bilan ajratiladi, chunki unga to'lanishi va telegraf orqali uzatilishi lozim bo‘lgan tarif so‘zlari kiradi. Chiziq ostida jo'natuvchi tashkilotning to'liq pochta manzili va nomi, so‘ngra rahbar lavozimining to'liq nomi, shaxsiy imzosi va uning yoyilntasi, imzolash sanasi koTsatilib, tashkilotning gerbli muhri qo‘yiladi.
Telegramma matnining oxirida uni ro‘yxatga olish raqarni ko‘rsatiladi, uning oldiga „raqami“ so'zini almashtiruvchi „RQ“ harflari qo‘yiladi.
nuqta NQT vergul — VRG
ikki nuqta — INQT qo‘shtirnoq - QTR qavs - QVS
Teleks - matnni uzatishning alohida usuliga koTa (abonent teleks tarmog'i orqali) farqlanadigan mazmun jihatidan har xil hujjatlarning umumlashtirilgan nomi. Boshqacha aytganda, teleks
— bu bevosita telegraf aloqasi uchun qo‘llaniladigan apparat —
teletayp (teleprint) orqali jo ‘natilgan telegramma.
Teleks aloqasi abonentlik aloqasi hisoblanadi, shu bois telekslar telegram m alar kabi toifa va turlarga ajratilmaydi. Telekslar telegrammalardan tinish belgilari —nuqta (.) va vergul (,)lar ham|da har xil shriftlardan foydalanilishi bilan farq qiladi. Teleksning majburiy rekvizitlari: manzil egasi, jo'natuvchining imzosi, raqariii, nomi va manzili. Teleksni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar telegrammalami rasmiylashtirish va yozishga qo‘yiladigan talablar bilan bir xil. j
Teleks telegrammadan xizmat sarlavhasining mazmuniga kofra farq qiladi. Sarlavhada oluvchi va jo'natuvchi haqida axborot, shuningdek, xabar uzatilgan vaqt ko‘rsatiladi. Xizmat sarlav- hasining ikkinchi qismida aloqaga chiqish vaqti va sana ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda teleksni uzatish tugallangan vaqt ko‘rsatilaai. Xizmat sarlavhasi tarkibiga u yoki bu tashkilot, mamlakatda qabul
qilingan amaliyotga qarab boshqa m a'lum otlar kiritilishi ham mumkin. j
Teleks matni qisqacha bayon etiladi va murojaatdan boshlanishi mumkin. Raqamlar va harflar uyg'unligidan foydalanishga faqat: korxona va savdo belgilari va tamg‘alarida; uylar, kvartiralamihg raqamlarida; jo ‘natilayotgan hujjatlarning raqamlarida; harbiy qismlar dala pochtalarining raqamlarida; poezdlar va vagonlamirig raqamlarida; ayrim boshqa hollarda yo‘l qo'yiladi. ;
Teleks matni raqamlar bilan boshlanmasligi va tugallanmasligi kerak, chunki javob teleksning boshida javob berilayotgan huj|at indeksi, matn oxirida esa uning jo‘natuv raqami ko‘rsatiladi.
Teleks matnida ishga doir xatlarga xos bo'lgan murakkab, ko‘p so‘zli gaplar ishlatilmaydi; eng qisqa so‘zlar tanlanadi; qo‘llanilishi har xil talqin qilishga yo‘l qo'ymaydigan neytral va aniq ish leksikasidan foydalaniladi.
Teleks matnida yuzaga kelgan vaziyatni aks ettiruvchi muayyan axborot ifodalanishi lozim. Ayrim hollarda qisqacha dalillash, isbotlashga yo‘l qo'yiladi. Teleksning oxirgi xabari „ + + “ belgisi bilan tugallanadi. Teleks oxiridagi +? belgisi javob yoki yangi xabar kutilayotganini anglatadi va raqamni qaytadan terish zaruratiini istisno etadi. Teleks oxirida ma’no jihatidan teleks mazmuniga daxldor bo'lmagan raqamlar va so‘zlar uchrashi mumkin. Bu teleksni uzatish ustidan texnika nazoratiga daxldor boTgan
solishtirish belgilari boTib, ular hech qanday ma’no anglatmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Teleks uchun to‘lanadigan haq axborot qancha vaqt davomida uzatilganligiga bog'liq boMadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |