0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


Urush yillarida 0 ‘zbekiston fani va madaniyati



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

12.2. Urush yillarida 0 ‘zbekiston fani va madaniyati
0 ‘zbekistonning ma’daniyati va ilm-fani urushning birinchi 
kunlaridanoq fashizmga qarshi kurashga qaratildi. 
0 ‘zbekiston 
olimlaming urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlaming 
yo‘nalishlari front va xalq xo'jaligi talablari va manfaatlariga 
moslashtirildi. Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ulami 
muyofiqlashtirishni dastlab 1940-yilda tashkil etilgan SSSR FA ning 
0 ‘zbekiston filiali,; keyinroq 1943-yil noyabrda tashkil etilgan 
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi amalga oshirdi. 0 ‘z FA ning prezidenti 
qilib T. N. Qori-Niyoziy saylandi. Bu o‘zbek xalqi hayotida rnuhim 
voqea bo‘ldi. 1943-1945-yiilarda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy 
muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli sohalarida tadqiqot 
ishlarini olib bordilar. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk va 
boshqa shaharlardan ko‘chirib kelingan olimlar 0 ‘zbekiston olimlari 
bilan hamkorlikda ish olib bordilar.
154


Urush 0 ‘zbekiston FA ning uch faxriy, 15 ta haqiqiy, 20 ta muxbir 
a’zosi va 1265 ta ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta 
fan nomzodi ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar. Ular orasida fizika- 
matematika fanlari doktorlari T.A.Sarimsoqov va V.I.Romanovskiy, 
geolog olim H.M.Abdullayev, fizik olim S.U.Umarov, faylasuf 
l.Mo‘minov, adib S.Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G‘.G‘ulom va 
boshqalar bor edi.
Shu bilan respublikada ilmiy tafakkumi yanada rivojlantirish 
uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqli olimlar T.N. Qori- 
Niyoziy, 
T.A.Sarimsoqov, 
H.M. Abdullayev, 
A.S. Sodiqov, 
S.Yu. Yunusov, A.S. Uklonskiy, L. Mo‘minov va boshqalar samarali 
izlanishlar olib bordilar. Urush yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan 
0 ‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus o ‘quv yurtlari va maorif 
muassasalarining faoliyati ham to‘xtab qolmadi. 1943-1944-yillarda 
birlashtirilgan va yopilgan institutlar qayta tiklana boshladi. Yopilgan 
Chimboy 
va 
Urganch 
pedagogika, 
Namangan 
va 
Marg'ilon 
o‘qituvchilar, Toshkent teatr san’at instituted ochildi. Yirik oliy o‘quv 
yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. 1945-yil 
oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘payib, 33 tani 
tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi; 
Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 
mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi.
0 ‘zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti ishlab 
turdi, ularaing soni Markazdan ko‘chirib keltirilgan 31 ta oliy o‘quv 
yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yana ortib bordi. Bu o‘quv 
yurtlarida urush yillari 11 750 nafar yuqori malakali mutaxassislar va 6 
673 nafar kadrlar tayyorlandi.
Xalq ta’limi sohasida qiyinchiliklar bo‘lsa ham, o‘qitish ishlari 
muntazam olib borildi. 0 ‘quvchilar maktabda o‘qish bilan birga 
yaradorlarga, frontga ketganlarning oila a’zolariga, urush nogironlari 
oilalariga yordam berdilar. 0 ‘zbek adabiyoti ham xalqimizning 
dushmanga qarshi kurash yillarida o‘zining munosib hissasmi qoshdi. 
Oybekning 
“Qutlug‘ 
qon” 
romani, 
X.Olimjonning 
“0 ‘lim 
bosqinchilarga” kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor 
bo‘ldi. G‘.G‘ulom, Uyg‘un, Islom shoir, Fozil Yo‘ldosh, Abdulla 
Qaxxor, Zulfiya va boshqalar ham urush davri ruhiga monand asarlar 
yaratdilar. 
. . . .

.. 
>

ч-^чор 
■Гн .
Urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi 
nashr etilgan. “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil Armiya”,
155


__________________
“Dushmanga qarshi olg‘a” shuiar jumlasidandir. Urush yillarida o‘zbek 
teatr san’ati ham katta hajmdagi vazifalami bajardi. Bu davrda 
0 ‘zbekistonda 36 ta mahalliy va 14 ta evakuasiya qilingan yangi teatrlar 
ish boshladi. Respublihamizda 30 dan ortiq konsert brigadalari tashkil 
etilib, ular harakatdagi armiya qismlari va gospitallardagi nogironlarga 
26 mingta konsert qo‘yib berdi. Ayniqsa, Tamaraxonim, Halima 
Nosirova, Mukarrama Turg‘unboyeva, Sora Eshonto‘rayeva, Abror 
Hidoyatov kabi san’atkorlar ishtirokidagi konsert va tomoshalar 
jangchilar, tomoshabinlar qalbiga zo‘r ko‘tarinkilik baxshida etgan.
A. Abdullayev, U. Ahmedov, O. Tojiboyev kabi rassomlar urush 
lavhalari, badiiy yilnomalami yaratib, xalqimizning front va front 
orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar. Qisqa 
metrajli filmlar va 10 ta badiiy film yaratildi. Y.Azamov, K.Yormatov, 
N.G'aniev, S.Muhamedov kabi o‘zbek rejisserlari urush yillarida 
kinomatografini rivojlantirdilar. Bu davrda ishlangan “Nasriddin 
Buxoroda”, “Tohir va Zuhra” kabi filmlar “0 ‘zbekfilm”ning oltin 
fondiga aylandi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish