0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


- MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLAR1DA



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

12- MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLAR1DA
0 ‘ZBEKISTONNING FASH1ZM UST1DAN G'ALABAGA
QO‘SHGAN H1SSAS1
Asosiy tushuncha va iboralar: 
harbiylashuv; fashizm; DMQ; 
depo‘rtasiya; 
evakuasiya, 
harbiy 
safarbarlik, 
o‘zbekistonlik 
harbiylarning urush frontlarida ishtiroki.
12.1. Ikkinchi jahon urushiniing boshlanishi hamda
O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida
1941-yili 2 2 -iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o'zaro urush 
qilmaslik haqidagi shartnomani buzib, to‘satdan SSSRga hujum qildi. 
Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibida 
bo‘lgan barcha respublikalar, shu jumladan 0 ‘zbekiston ham bu urushda 
qatnashishga majbur bo‘ldi. Urush butun mamlakat xo‘jaligini, uning 
hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. 1940- yil 30-iyunda Davlat mudofaa 
komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qoliga 
o‘tdi. Ushbu komitetning raisi l.V. Stalin 8-avgustda SSSR qurolli 
kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni lavozimini egalladi. Urushning dastlabki 
kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko‘rsatmalarda mamlakat 
katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda 
barcha 
iqtisodiy-ma’naviy 
kuchlarni 
mudofaa 
. manfaatlariga 
bo‘ysundirish, xalq xo‘jaligini to‘liq harbiy izga solish iozimligi qayd 
etildi.
Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari 0 ‘zbekistonni ham og‘ir 
ahvolga solib qo‘ydi. Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash 
yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. Xalq xo‘jaligini 
qayta ko‘rib, harbiy izga tushirish eng muhim edi. Front yaqinidagi 
shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o‘quv 
yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni sharqqa- 
ko‘chirish boshlandi. 0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonga 
evakuasiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig‘i 0 ‘zbekistonga 
joylashtirildi. 1941- yil oxirigacha bu korxonalardan 50 tasi ishga 
tushirildi. 1942- yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat 
korxonalari to'liq quvvatda ishlab, mudofaa uchun mahsulot chiqara 
boshladi.
Olrta Osiyo harbiy okrugida front uchun jangovor zaxiralar va 
komandirlar tayyorlandi. Bir yarim yil ichida bu okrugda 109 ta harbiy 
qo‘shilmalar tuzildi. Shulardan harakatdagi armiyaga va Bosh
150


qo‘mondon!ik stavkasi rezerviga 86 diviziya va brigada jonatildi. 1941- 
yil noyabridan to 1942- yil martigacha 0 ‘zbekistonda 14 ta milliy 
brigada, jumladan 9 ta alohida o‘qchi brigada va 5 ta otiiq diviziya 
tuzildi. Urush yillarida bir yarim milliondan ortiq O'zbekistonlik fuqaro 
fashizmga qarshi janglarda qatnashdi. (1940-yil respublika aholisi 6,5 
min. kishidan iborat edi). Umumiy ahvolning keskin yomonlashuvi oziq- 
ovqat borasida qiyinchiliklar tug'dirdi. 
Shaharlarda oziq-ovqat 
kartochkalari joriy etildi. Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy 
guruhlari: harbiy xizmatchilar oilalari, ko‘chib kelgan kishilar, urush 
nogironlari, yetim bolalar paydo bo'ldi.
Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu 
jumladan, 200 ming yetim bola evakuasiya qilindi, Q‘zbekiston ularga 
boshpana berdi. O‘zbekistonliklar ko‘chirib keltirilgan bolaiarga 
mehribonlik va g ‘amxoriik ko‘rsatdilar, 15 nafar yetim bolani 
farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining oliyjanobligi butun 
jahonga ma’lum. Urush nogironi kattaqorg‘ontik Hamid Samadov oilasi 
13 bolani o‘z panohiga oldi, samarqandlik kolxozchi ayoi Fotima 
Qosimova 10 bolani qabul qildi. Urush yillarida 4,5 ming nafardan 
ziyodroq bolalar 0 ‘zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilib olindi. 
Ko‘chirib keltirilgan bolalaming asosiy qismi bolalar uylariga 
joylashtirildi. Urush yillarida bunday uylaming soni ikki barovardan 
ziyod ko‘paydi.
1941-yil 1-oktyabrgacha 0 ‘zbekiston sogiiqni saqlash xalq 
komissarligi tizimida 14950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo etildi 
va zarur uskunaiar bilan jihozlandi. Jami bo‘lib 39 140 o‘ringa ega 
bo‘lgan 113 gospital yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat 
ko‘rsatdi. Urush yillarida 164 
±
382 yarador qabul qilindi. 0 ‘zbekiston- 
liklar orasida mudofaa fondi tashkil etilib, unga 650 min. so‘m pul, 22 
min. so'mlik qimmatbaho buyumlar va 55 kilogrammga yaqin oltin, 
kumush va boshqa qimmatbaho metallar to'plandi.
Xullas, urush yillarida 0 ‘zbekistonning barcha moddiy va 
ma’naviy kuchlari g‘alaba uchun safarbar etildi, iqtisidiyot harbiy izga 
tushirildi. Urushning dastlabki vaqtlarida iqtisodiy vaziyat keskin 
og'irlashdi, sobiq Ittifoq respublikalaridagi ko‘pgina sanoat va qishloq 
xo‘jalik rayoniarining bosib olingani xalq xo‘jaligini og‘jr ahvolga solib 
qo'ydi. Chunki bu hududlarda sobiq SSSR ahoiisining 40 foizi yashar, . 
bu yerlarda ko‘miming 63 foizi, bug‘doyning 38 foizi etishtirilar, 
c]udratli mashinasozlik bazasi va ko‘plab mudofaa korxonalari mavjud 
edi. Ana shunday sharoitda Sharq mintaqasi rayonlari boyicha 1941-
151


yilning oxiri va 1942-yilga Markaziy hukumatning harbiy xo‘jalik 
rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida mamlakat 
Sharqining ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi. Nihoyatda qisqa 
muddatda shu mintaqada sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy 
mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, frqntga umumxalq yordamini 
uyushtirish kozda tutildi. Urushning natijasi mana shu vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarishga ko‘p jihatdan bog‘liq edi.
Respublika sanoat korxonalari urush boshlanishi bilan qayta 
ko‘rilib, mudpfaaga zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga oftkazildi. 26- 
iyundan boshlaboq mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan 
tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etildi. Katta yoshdagilar 
uchun ish kuni olti kunlik ish xaftasida 11 soatgacha uzaytirildi. Aslida 
ish kuni 12-14 soatga cho‘zilardi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi. 
Kqrxonalardan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 
yilgacha muddat bilan qamoqqa hukm qilinadigan bo‘ldi. Biroq odamlar 
mamlakat ichkarisida, xususan. 0 ‘zbekistonda “yuqoridan” ortiqcha 
qistovsiz ham ozodlik va mustaqillik yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.
1941-yil dekabriga kelib Toshkentda 63 ta, respublika hududida 
230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsuiotlari ishlab chiqara 
boshladilar, ko'chirib keitirilgan zavodlar ham o‘z quvvatini oshirib 
bordilar. Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida 7 ta 
yirik va 30 ga yaqin kichik GESlar qurildi. Ayniqsa, Cftzbekistonning 
eng yirik gidrostantsiyasi bodib qolgan Farxod GES qurilishi umumxalq 
qurilishiga aylantirilib, 10 oy ichida Sirdaryo tosilib, GES ishga 
tushirildi. Elektr energiyasi 1940- yilga qaraganda 1943- yil 3,5 barobar 
oshdi, 1945- yilda esa 1187 mil. kilovat soatga ko‘paydi. Respublikada 
ko‘mir, neft konlari ochilishi borasida ham samarali ishlar olib borildi. 
Natijada, 1945- yilga kelganda 1940- yildagiga nisbatan 30 marta 
ko‘proq 
ko‘mir 
qazib 
olindi. 
Urush 
yillarida 
respublikada 
“Chuqurlangar”, “Tolmazor”, “Nayman”, “Shahrixon-Xo‘jaobod” va 
boshqa yangi neft konlari ishga tushirildi.
Farg'ona vodiysida ishlab turgan “Andijon”, “Polvontosh”, 
“Chargartosh”, “Chimyon” neft konlarida mahsulot ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish tadbirlari natijasida respublikada neft ishlab chiqarish 4 
marta ko‘paydi. Volfram, molibden, mis va oltin zahiralarining topilishi 
natijasida 0 ‘zbekistonda rangli metallar sanoati yaratildi. Bekobodda 
metallurgiya zavodi qurish uchun 30 mingdan ko‘proq kishi jalb etilib, 
1944-yil 5- martda 0 ‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga 
tushirildi. 1945-yil fevralda Bekobod metallurgiya zavodining ikkinchi
152


navbati ham mahsulot bera boshladi. Urush yillarida qurilish 
materiallari, to'qimachilik va poyabzal, oziq-ovqat va mahalliy sanoat 
tarmoqlari ham rivojlandi.
Sanoatning yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, zavod va 
fabrika tarmoqlarining kengayishi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talabni 
oshirdi. Ishlamayotgan mehnatga layoqatli ayollar, o‘smir yoshlar, 
nafaqahorlar hisobiga ishchilar safi toMdirildi. Urushning dastlabki ikki- 
yili mobaynida 0 ‘zbekistonda turli kasbdagi 105 mingdan ziyod sanoat 
ishchisi tayyorlandi. Ochlik, charchoq, qiyin sharoitlarga qaramasdan 
ilg‘or ishchilarning ko‘pchiligi normani 300-400, hatto 500 foizga qadar 
bajargan vaqtlari ham bo‘ldi.
Urush yillarida 0 ‘zbekistonda vujudga kelgan harbiy sanoat 
kompleksi tomonidan front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta 
aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 60 mingga 
yaqin harbiy kimyoviy apparatura, 22 min. dona mina va 560 ming dona 
snaryad, 1 min. dona granata, 300 mingta parashyut kabilar tayyorlab 
berildi. 1945- yilga kelib sanoat ishlab chiqarish urush arafasiga nisbatan 
deyarli ikki barobar oshdi, neft qazib olish 4; metal ishlab chiqarish 4,5; 
mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar; ko‘mir qazib chiqarish 30, 
energiya ishlab chiqarish 2,42 barobar ko‘paydi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikada transport va aloqa 
vositalarining uzluksiz va unumli ishlashini tashkil qilishga alohida 
e’tibor berildi. O'zbekiston temiryoliari xodimlarining fidokorona 
mehnati natijasida 1941-1942-yillar davomida ko‘chirilgan sanoat 
korxonalarining asbob-uskunalari ortilgan 17,5 ming vagoni tashib 
berildi. Front orqasi bilan front o‘rtasidagi asosiy aloqa vositasi bo'lib 
xizmat qilgan temir yol tarmoqlari 1941-1945-yillarda 2 barobarga 
uzaydi.
Urush davri talablari va telegraf ishini ham qiyinlashtirib qo‘ydi, 
ish hajmi oshdi, pochta korxonalarning soni, telefon va telegraf 
tarmoqlarining uzunligi ortdi. Nemis-fashistlami tor-mor keltirish uchun 
olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek dehqonlari ham munosib hissa 
qoshdilar. Ular oldiga front va mamlakat ichkarisidagi aholini qishloq 
xo'jalik mahsuloti bilan, sanoatni xomashyo bilan ta’minlash vazifasi 
qo‘yildi. Buning uchun qishloq xo‘jaligini ham harbiy izga o‘tkazish, 
don, kartoshka, sabzavotlar va texnika ekinlarini ko‘paytirish lozim edi. 
Chorvadorlar ham armiya va aholini go‘sht-sut mahsulotlari bilan 
ta’minlashlari lozim edi.
153


Urush arafasida 0 ‘zbekistonda 27 888 mexanizator bo‘lgan bo‘lsa, 
1942- yilda ulaming soni 2 775 kishiga tushib qoldi, keyinchalik yanada 
kamaydi. Natijada, 12 yoshdan boshlab mehnat kuni belgilanib, uni 
bajarmaganlaming oilasi sudga beriladigan bo‘ldi. Urush yillarida 
hashar y o ii bilan 0 ‘zbekistonda Shimoliy Toshkent, Yuqori Chirchiq, 
Shimoliy Farg‘ona, So‘h, Shoximardon, Uchqo‘rg‘on kanallari, 
Rudaksoy, Kattaqorg'on suv omborlari quriiib ishga tushirilishi yangi 
yerlami o‘zlashtirishga imkon berdi. 1942-1943- yillarda 0 ‘zbekistonda 
sug‘orilib ekin ekiladigan yerlar maydoni 546 ming gektarga ko‘paydi.
Paxta yetishtirishni ko‘paytirish urush yillarida 0 ‘zbekiston 
dehqpnlarining oldidagi eng rnuhim vazifalardan biri edi. Obyektiv 
sabablarga ko‘ra 
1942-1943-у illardagi paxta topshirish rejalari 
bajarilmay qoldi. Lekin urush davri sharoitidagi texnika vositalari, ishchi 
kuchining etishmovchiligi, mineral og'itlaming kamligi sababli ro‘y 
bergan bu holatni Markaz tan olishni istamadi. 1944- yil yanvarda 
o‘tkazilgan respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyida ko‘ri!gan 
chora-tadbirlar natijasida 0 ‘zbekiston yillik paxta tayyorlash rejasini 
101,4 foizga bajardi.
Shunday qilib, urush yillarida 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jalik ahli 
eng murakkab va og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, 4 min. tonnadan ziyod 
paxta xom-ashyosi, 82 min. pud don; 55 ming tonna pilla, 11 min. tonna 
sholi; 57,5 ming tonna meva va uzum; 36 riling tonna go‘sht; 22,3 ming 
tonna jun va boshqa mahsulotlar etkazib berdilar. Bu fashizm ustidan 
qozonilgan g'alabaga qo‘shilgan munosib hissadir.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish