0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Mulohaza  ynriting!
Nega  Chingizxon  avlodlari  bora-bora  turkiylashib  ketgan?
7


2-§.  Movarounnahr  va  Xurosondagi  siyosiy  vaziyat
Movarounnahrda  temuriylar 
o'rtasidagi  o‘zaro  кurash
Sizga  VII  sinf  ,,0 ‘zbckiston  tarixi“  dars- 
ligidan  ma’lumki,  Amir  Temur  vafotidan 
so‘ng  toj-u  taxt  uchun  olib  borilgan  ku- 
rashlarda  oxir-oqibat  uning  kenja  o‘g‘li  Shohrux  Mirzo  g‘olib  chiqdi.
Shohrux  Mirzo  davrida  Temuriylar  saltaoati  amalda  ikki  mustaqil 
davlatga  boTib  boshqarildi.  Ularning  biri  Xuroson  (poytaxti  Hirot), 
ikkinchisi  esa  Movarounnahr  (poytaxti  Samarqand)  davlatlari  edi.  Xu- 
rosonda  Shohrux  Mirzo,  Movarounnahrda  esa  o‘g‘li  Mirzo  Ulug:bck 
hukmronlik  qildi.
Mirzo  Ulug'bek  oTimidan  so‘ng  Movarounnahrda  toj-u  taxt  uchun 
o‘zaro  kurash  kuchaydi.  Bu  kurashda  oxir-oqibat  1451-yilda  Mi- 
ronshohning  nabirasi  Sulton  Abu  Said  Mirzo  Abulxayrxon  yordamida 
g‘alaba  qozondi.
1458-yilda  Xuroson  hukmdori  Abulqosim  Bobur  vafot  etgach 
Xurosonni  ham  egalladi.  1469-yilda  Abu  Said  Mirzo  avval  temuriylar 
tasarrufida  boTgan  Eronning  g‘arbiy  qismini  egallab  olgan  oq  qo‘yun- 
lilarga  qarshi  kurashda  halok  bo‘ldi.  Bu  halokatdan  so‘ng  Mova­
rounnahr  uning  o ‘g‘illari  hukmdor  bo‘lgan  amalda  uch  mustaqil 
davlatga  boTinib  ketdi.  Chunonchi,  Samarqandda  Sulton  Ahmad,  Far- 
g‘onada  Umarshayx  Mirzo,  Hisor,  Xuttalon  va  Badaxshonda  Sulton 
Mahmud  Mirzo  hukmronlik  qildilar.  Shunday  bo'lsa-da,  Sulton  Ahmad 
rasman  Movarounnahr  hukmdori  hisoblanardi.  Uning  davrida  aholi 
tinchlik  va  osoyishtalikda  yashadi.
Uning  vafotidan  so‘ng  Movarounnahr  taxtini  ukasi  Sulton  Mahmud 
Mirzo,  1495-yilda  esa  o‘g‘li  Boysung'ur  Mirzo  egalladi.  Tez  orada 
Movarounnahr  taxti  uchun  kurashga  Farg‘ona  hokimi  Bobur  Mirzo 
ham  qo‘shildi.  U  1497-yilda  Boysung‘urni  qaTaga  yashirinishga  maj- 
bur  etdi.  Bu  vaqtda  shahar  ichida  oziq-ovqat  tanqisligi  vujudga  kel- 
ganligi  tufayli  Boysung‘ur  askarlari  orasida  parokandalik  ro‘y  berdi. 
Qamalga  bardosh  berishga  ko‘zi  yetmagan  Boysung‘ur 
Turkistonda 
(Yassida)  turgan  Shayboniyxondan  yordam  so‘radi.  Shayboniyxon 
qulay  fursatdan  foydalanib,  tez  orada  Samarqandga  kelib,  Bobumi 
sarosimaga  solib  qo‘ydi.  Buning  ustiga  Boburning  askarlari  sovuq 
tufayli  tevarak-atrofdagi  qishloqlarga  tarqalib  ketgan  edi.  Oz  sonli  as­
kar  bilan  Shayboniyxonga  yuzma-yuz  kelish  xatarli  edi.  Lekin  bundan 
boshqa  yo‘1  ham  yo‘q  edi.  Bobur  bor  askari  bilan  dushmanga  qarshi
8


chiqishga  majbur  bo‘ldi.  Biroq  kutilmaganda  Shayboniyxon  shahar 
ichkarisiga  qarab  yurdi.  lekin  Boys 
l i n g
4 ur  uni  shaharga  kiritmadi. 
Chunki  Boysung‘ur  uni  shahar  tashqarisida  bo'ladigan  jangda  itti- 
foqchi  bo‘lishga  taklif  qilgan  edi.  Bundan  ranjigan  Shayboniyxon 
Turkistonga  qaytib  ketdi.
Samarqand  qamali  7  oydan  ziyod  davom  etdi.  Shayboniyxondan 
yordam  ololmagan  Boysung'ur  qochib  ketishga  majbur  bo!ldi.  Bobur 
esa  Samarqand  taxtini  egallashga  muvaffaq  bo‘ldi.  U  bobosi  Amir 
Temur  taxtining  sohibi  deb  e’lon  qilindi.  Biroq  sohiblik  uzoqqa 
cho‘zilmadi.  Bunga  Bobuming  dushmanlari  Farg‘ona  taxtiga  ukasi 
Jahongirni  o‘tqazish  uchun  ko‘targan  isyon  sabab  bo‘ldi.  Yujudga 
kelgan  harbiy-siyosiy  tanglikni  tushungan  Bobur  qanday  bo'lmasin 
Farg‘onada  hokimiyatini  saqlab  qolishga  qaror  qildi  va  Samarqandga 
o‘z  beklaridan  birini  qo‘yib  Andijonga  qaytishga  majbur  bo‘ldi.  Bo­
buming  yo‘qligidan  Boysung‘urning  ukasi  Sulton  Ali  Mirzo  foydalanib 
qoldi  va  1498-yilda  Movarounnahr  taxtini  egalladi.  1500-yilda  aka- 
uka  Bobur  va  Jahongir  Mirzolar  o‘rtasida  sulh  tuzildi.  Unga  ko‘ra, 
Sirdaryoning  shimoliy  tarafl  Axsi  shahri  bilan  Jahongirda  va  daryoning 
janubiy  tomoni  Andijon  shahri  bilan  Boburda  qoldi.
Amir  Temuming  to ‘rtinchi  o‘g‘li,  Xuroson  hukm- 
dori  Shohrux  Mirzo  1447-у ili  vafot  etgach,  toj-u 
taxt  uchun  kurash  avjiga  chiqdi.  Natijada,  Xuroson 
davlati  o‘n  bir  qismga  bo‘linib  ketdi.  Ularning  har  biri  amalda 
mustaqil  davlatlar  edi.  Va  nihoyat,  1458-yilda  Amir  Temurning 
uchinchi  o‘g‘li  Mironshohning  nabirasi  Sulton  Abu  Said  Mirzo  te- 
muriylar  davlatini  bir  qadar  birlashtirishga  muvaffaq  bo‘ldi.  1469-yili 
Abu  Said  Mirzo  halok  bo‘lgach,  Amir  Temurning  ikkinchi  o4g4li 
Umarshayxning  nabirasi  Sulton  Husayn  Boyqaro  Xuroson  taxtini 
egalladi.  Salkam  40  yil  hukmronlik  qilgan  Sulton  Husayn  Boyqaro 
davrida  ham  mamlakatda  to‘la  osoyishtalik  o'rnatilmadi.  Shunday 
bo‘lsa-da,  Xuroson  davlatining  xo‘jalik  va  madaniy  hayoti  ancha  yuk- 
saldi.  Mamlakat  obodonchiligi  yoTida  katta  ishlar  amalga  oshirildi. 
Movarounnahrga  nisbatan  siyosiy  barqarorlik  ta’minlandi.  Bunda  Hu­
sayn  Boyqaroning  hukmdorlik  salohiyati  muhim  o‘rin  tutdi.  Vazir 
Alisher  Navoiyning  xizmatlari  ham  benihoya  katta  bo‘ldi.  Biroq  Hu­
sayn  Boyqaro  bilan  o‘g‘li  Badiuzzamon  o4rtasidagi  munosabatlarda 
keskinlik  vujudga  keldi.  Bu  holat  ota  va  o‘g‘il  o‘rtasiga  nizo  urug‘ini 
sochgan  qora  kuchlarning  Badiuzzamonning  11  yoshli  begunoh  o‘g‘li,

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish