0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Toj-u  taxt  uchon  o‘zaro 
kurashning  kuchayishi
Ubaydullaxon  hukmronligi  davrida  Buxoroning  poytaxt  sifatidagi 
nufuzi  har  tomonlama  o‘sdi.
Ubaydullaxon  o‘z  davlatining  chegarasini  Shayboniyxon  davridagi 
sarhadlarda  qayta  tiklashga  harakat  qildi.  U  Hirotni  ishg‘ol  etgan 
Eron  qo‘shinini  bir  necha  marta  mag‘lubiyatga  uchratgan  edi.  Ayni 
paytda,  u  mamlakat  ichkarisidagi  siyosiy  tarqoqlikka  barham  berdi.
Ko‘chkunchixonning  o ‘g‘li  Abdullaxon  I 
ning  qisqa  hukmronligidan  so‘ng  Movaro- 
unnahrda  qo‘shhokimiyatchilik,  ya’ni  bir 
vaqtning  o‘zida  ikki  hukmdor  hokimiyati  o'rnatildi.
Ulardan  biri  -   Ubaydullaxonning  o‘g‘li  Abdulazizxon  Buxoroda, 
ikkinchisi  Ko!chkunchixonning  yana  bir  o!g‘li  Abdulatifxon  Samar- 
qandda  hukmronlik  qila  boshladilar.  Biroq  ularning  hokimiyati 
mustahkam  emas  edi.  Mamlakat  amalda  bir  nechta  mustaqil  qismlarga 
bo‘linib  ketdi.  Chunonchi,  Balx  va  Badaxshonda  Pirmuhammadxon  I, 
Toshkent  va  Turkistonda  Navro‘z  Ahmadxon,  Karmana  va  Miyonqolda 
Iskandarxon  mustaqil  bo‘lib  oldilar.
Mamlakatda  ro ‘y  bergan  siyosiy  tanglikdan  Toshkent  va  Tur- 
kiston  hukmdori,  Suyunchxo‘janing  o‘g‘li  Navro‘z  Ahmadxon  foy- 
dalanib  qolishga  qaror  qildi.  Samarqand  hukmdori,  amakivachchasi 
Abdulatifxon  bilan  ittifoq  tuzib  1540-yilda  Buxoroni  egalladi  va  ho- 
kimiyatni  o‘z  tarafdorlariga  topshirdi.  1548-yilda  Abdulatifxon  vafot 
etgach,  Samarqand  taxtini  egalladi.  0 ‘z  nomidan  tanga  pul  zarb  et- 
tirdi.  Movarounnahrning  ko‘p  shaharlarida  uning  nomi  xutbaga  qo‘- 
shib  o‘qildi.
Biroq  Karmana  va  Miyonqol  hukmdori  Iskandarxon  va  uning 
o‘g‘li  Abdullalar  Navro‘z  Ahmadxonga  itoat  etishni  istamadilar.  Bunga 
qarshi  Navro‘z  Ahmadxon  Miyonqolga  yurish  boshladi.  Kuchlar  nis- 
batida  Navro‘z  Ahmadxonning  ustunligini  bilgan  ota-o‘g‘il  Balxga 
ketishga  majbur  boTdilar.  Abdullaxon  Balx  hukmdori  -   amakisi  Pir- 
muhammadxonning  yordamida  Navro‘z  Ahmadxonga  qarshi  bir  necha 
bor  yurish  qilganidan  so‘nggina  g‘alabaga  erishdi.  MagTub  bo‘lgan 
Navro‘z  Ahmadxon  Buxoroni  tashlab  Samarqandga  qaytdi.  So‘nggi 
jangda  har  ikki  tomon  ham  g‘alaba  qilishga  ko‘zlari  yetmagach,  o‘r- 
tada  sulh  imzolandi.  Sulhdan  so‘ng  Abdullaxon  Amudaryodan  o‘tib 
Maymanaga,  Navro‘z  Ahmadxon  esa  Buxoroda  noibini  qoldirib  Sa­
marqandga  qaytdi  va  1556-yilda  vafot  etdi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish