Mulohaza yuriting!
Temuriylar davlati qulamasligi mumkin edimi?
4-§. Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar
hukmronligining o‘rnatilishi
Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalarining rahna-
molari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan
o‘zaro qirg‘inlaming yana takrorlanishini aslo is-
tamas edilar. Ularda Muhammad Shayboniyxon-
ning qirg‘inga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari, Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan
buyon to‘la o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umid-
ning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi
mumkin edi.
0 ‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z
umidlarini ro!yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisob-
lardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni
qo‘llab-quvvatladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |