0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

8-§.  Buxoro  xonligida  markaziy
hokimiyatning  zaiflashuvi
25


ularni  soliq  to ‘lamaslik  imtiyozidan  mahrum  etdi.  Natijada,  ular 
Ubaydullaxonning  eng  xatarli  dushmaniga  aylandilar.
Ayni  paytda.  Ubaydullaxon  tanhodorlami  o‘z  mulkidan  keladigan 
daromadlaridan  mahrum  etdi,  soliq  va  majburiyatlar  miqdorini  ko‘- 
paytirdi.
Bunday  keskin  o‘zgarishlarga  toqat  qila  olmagan  qudratli  kuchlar 
Ubaydullaxonga  qarshi  fitna  tayyorlay  boshladilar.  1709-yilda  Far- 
g‘ona  vodiysining  Buxoro  xonligidan  ajralib  chiqishi  esa  siyosiy  ah- 
volni  yanada  murakkablashtirdi.  Va  nihoyat,  fitnachilar  1711-yilda 
Ubaydullaxonni  o‘ldirdilar.  Taxtga  fitna  ishtirokchisi,  Ubaydullaxonning 
ukasi  Abulfayzxon  o'tqazildi.
Ubaydullaxon  tariximizda  mahalliy  hokimlaming  o‘zboshimchaligiga 
chek  qo‘yishga,  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirishga  harakat  qilgan 
so‘nggi  ashtarxoniy  hukmdor  sifatida  nom  qoldirdi.
Taxtga  o‘tqazilgan  Abulfayzxon  kundan  kun- 
Xonlikda  parokanda-  ga  mamlakat  hayotida  nufuzi  kuchayib  bo­

“  1.  , .  
rayotgan  amirlar  va  zodagonlar  qo  lidagi  bir
qo‘g‘irchoqqa  aylandi.  Uning  farmonlari  sa- 
roy  ostonasidan  nariga  o‘tmaydigan  bo‘lib  qoldi.
Xon  hokimiyatining  bu  darajaga  tushib  qolishiga  xonlikning  mun- 
tazam  qo!shinga  ega  boTmaganligi  ham  sabab  bo‘ldi.  Muntazam 
qo'shin  tuzishga  va  uni  saqlashga  esa  mablag‘  yetishmasdi.  Bunga 
esa  xonlik  iqtisodiyotining  nochorligi  sabab  bo‘ldi.
Abulfayzxon  davrida  o‘zbeklarning  mang‘it  qabilasidan  chiqqan 
Muhammad  Hakimbiy  katta  nufuzga  ega  bo‘lib  oldi.  U  barcha  shah- 
zodalar  otaliqlarining  boshlig‘i  deb  tan  olindi.  Bu  boshqa  qabilalar 
aslzodalarining  qat’iy  noroziligiga  sabab  bo‘ldi.  Natijada,  Shahrisabz 
hokimi,  kenagas  qabilasidan  chiqqan  Ibrohimbiy  Urgut  va  Miyonqol 
hokimlari  bilan  til  biriktirib,  Buxoro  xonligidan  mustaqil,  poytaxti 
Samarqand  boTgan  davlat  tuzishga  qaror  qildi.  1723-yilda  Samarqandni 
egallab,  kuyovi  Rajab  Sultonni  taxtga  o‘tqazdi.  Ibrohimbiy  o‘ziga 
„amir  ul-umaro“  (,,ulug‘  amir“)  unvonini  oldi.
Ibrohimbiyuing  navbatdagi  maqsadi  Buxoro  taxtini  egallash,  Rajab 
Sultonni  Buxoro  taxtiga  o‘tqazish  hamda  shu  yo‘l  bilan  xonlikning 
eng  nufuzli  kishisi  bo‘lib  olish  edi.  Abulfayzxon  siyosatidan  norozi 
bo‘lgan  amirlar  Ibrohimbiyga  qo‘shildilar.  Ibrohimbiy  Buxoroga  yurish 
boshladi.  U  va  Rajab  Sultonlar  ularga  qo‘shilganlarga  g‘alabadan 
26


so‘ng  juda  katta  boylik  va  amal  va’da  qildilar.  Jangda  Muhammad 
Hakimbiy  otaliq  boshchiligidagi  Buxoro  qo‘shinlari  mag‘lubiyatga 
uchragan  ho‘lsa-da.  Rajab  Sulton  Buxoro  shahrini  egallay  olmadi.
Ibrohimbiy  va  Rajab  Sulton  oqibatini  chuqur  o‘ylab  ko‘rmasdan, 
o‘z  maqsadlariga  erishish  maqsadida.  ko‘chmanchi  qozoqlardan  yor- 
dam  so‘radilar.  Ularga  katta  o‘ljalar  va’da  qildilar.
Jung‘or  ko‘chmanchilarining  bosqinidan  katta  talafot  ko‘rgan. 
talangan  hamda  ocharchilikka  duchor  etilgan  qozoqlar  bu  taklifga 
rozi  bo‘ldilar.  Biroq  mamlakatga  kirib  kelgan  qozoqlar  talon-tarojni 
avj  oldirdilar.  Na  Buxoroda,  na  Samarqandda  ularni  to ‘xtatishga 
qodir  kuch  topilmadi.  Bunday  sharoitda  ichki  nizolar  yanada  avj 
oldi.  Aholining  Abulfayzxondan  noroziligi  kuchayib  ketdi.  Nihoyat, 
Abulfayzxon  yaqinlarining  talabi  bilan  Muhammad  Hakimbiyni  Bu- 
xorodan  chiqarib  yuborishga  qaror  qildi.  Hakimbiy  Qarshiga  hokim 
etib  tayinlandi.  Biroq  u  qulay  fiirsat  tug‘ilishi  bilanoq,  Buxoroda  ho- 
kimiyatni  у ana  o‘z  qo‘liga  olish  niyatidan  qaytmadi.
Abulfayzxon  esa  vaqtini  ko‘ngilxushlik  ishlariga  sarflab,  davlat 
ishlarini  deyarli  nazorat  qilmay  qo‘ydi.  Samarqand,  Qarshi,  Balx, 
Farg‘ona  va  Badaxshon  amalda  mustaqil  bo‘lib  oldilar.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish