0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  S ug'u rta  m ahsulotlarini  sotish  u sullari



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

28.3.  S ug'u rta  m ahsulotlarini  sotish  u sullari

Sug'urta  mahsuloti  sotuvi  -   mijozlar  ehtiyojini,  ulaming  iste’molchilik  xatti- 

harakatlarini  aniqlash,  sug'urta  shartlarining,  mukofot  va  qo'shimcha  xizmatlar 

miqdorining  maqbulligi  va  jozibadorligini  ta’minlash  uchun  ilgari  o'tkazilgan 

marketing xatti-harakatlarini yakunlovchi bosqichdir.

348



Sotuv  jarayoni  — sug'urta  qiluvchi  va  sug'urtalanuvchi  o'rtasidagi  o'ziga  xos 

marketing  ko'prigi  hisoblanadi. 

Sug‘urta  qiluvchining  agentlari  mijozni  u 

sug'urtalanishi  lozim  ekanligiga,  mazkur  sug'urta  qiluvchining  xizmatlari  uning 

sug'urtaga bo'lgan  talabini  to'liq  qondira olishiga. to'lanadigan sug'urta mukofoti esa

-  sug'urta  qoplamasi  uchun  unchalik  qimmat bo'lmagan  to'lov  ekanligiga ishontirish 

uchun  ancha kuch-g'avrat sarflashlari darkor.

Sug'urta  mahsulotlari  sotuvini  takshil  etish  bo'yicha  bir  necha  umumiy  talablar 

mavjud.  Mijoz sug’urta qoplamasini  qayerdan sotib olishi mumkinligini bilishi, savdo 

shahobchasiga  kirish  oson  va  erkin  bo'lishi,  mijozlarga  diqqat-e’tibor  va 

xushmuomalalik bilan xizmat ko'rsatilishi zarur.252

G'arbda  (Fransiya.  Germaniya  va  boshqa  mamlakatlarda)  iste'molchilar  quyidagi- 

lardan sug'urta xizmatlarini sotib olishlari mumkin:

D  ixtisoslashgan sug'urta vositachilari — brokerlar orqali;

■  sug'urta mahsulotlarini  sotish asosiy  faoliyat turiga kirmaydigan vositachilar

-  banklar.  supenriarketlar, garajlar. avtoustaxonalar va h.k.;

■  sug'urta qiluvchining bosh agentliklardagi xolis agentlari  orqali;

■  sug'urta qiluvchining xodimlari (agentlari) hisoblanmish vakillari orqali;

■  sug'urta  qiluvchining  bosh  ofisining  boiinmalarida  yoki  uning  telefon, 

pochta  yoki  kompyuter  tarmog'i  orqali  bevosita  sotish  bilan  shug'ullanuvchi  sho'ba 

korxonalaridan.

Ulaming  hammasini  bir  nom  ostida  -   sug'urta  mahsulotini  sotish  (o'tkazish) 

tizimi  nomi  bilan  birlashtirish  mumkin.  Asosiy  faolivati  bo'lmish  sug'urta 

mahsulotini  sotishdan  tashqari,  yuqorida  sanab  o'tilgan  tizimlar  bozor  to'g'risidagi 

raqobatchi  firmalar  to'g'risidagi  ma’lumotlami  to'plash,  bozor  istiqbollarini  tahlil 

qilish bilan ham  shug'ullanadilar.

O'tkazishning  sanab  o'tilgan  shakllari  aksiyador  sug'urta  kompaniyalari  uchun 

xos  bo'lib,  ular  o'z  mahsulotini  sotish  uchun  bir yoki  bir  necha  usuldan  foydlanishi 

mumkin.  Germaniya,  Italiya,  Fransiya,  Ispanivada o'tkazishning asosiy  shakli — bosh 

agentliklardan  tashkil  topgan  tarmoqlardan  iborat  boiib,  ular  sug'urta  qiluvchi 

tomonidan shartnoma asosida jalb etiladi.

Buyuk  Britaniya,  Gollandiya  va  Belgiyada  tarixida  shunday  holat  vujudga 

kelganki,  mijozlar bilan ishni asosan sug'urta brokerlari vositasida olib boriladi.

Ulardan  tashqari  bozorda o'zaro sug'urta kompaniyalari ham mavjud. Ulaming 

aksionerlik  kompaniyalaridan  fai'qi  shuki,  ular  daromadsiz  xususiyatga  ega  bo'lib, 

ko'rilgan  zarar  sug'urtalanuvchilar  o'rtasida  taxlanma  asosida  taqimlash  orqali 

qoplanadi.

Shu  sababli,  barcha  sug'urtalanuvchilar  sug'urtalar  bo'yicha  zaxira  fondini 

boshqarish  ishida  ishtirok  etadilar,  sug'urta mahsulotini  o'tkazish tizimi  esa bu  holda

25:  Insurance:  P rin cip les  and  Practice.  C om piled  b y   David  Bland,  The  C hartered  Insurance  Institut,  Great 

B ritain , 1993.  3 1 8  p.

349



o'zaro  sug'urta  fondiga  qo‘shimcha  qatnashchilami  jalb  etish 

ishi  bilan 

shug'ullanuvchi  tizim  shakliga  ega  bo'ladi.  Bundan  tashqari.  o'zaro  sug'urta 

kompaniyalari,  qoidaga  ko'ra,  brokerlar  yoki  boshqa  vositachilar  xizmatidan 

foydalanmaydi  va  sug'urtalanuvchilar  sonini  ko'paytirishda  agcnllarning  kuch- 

g'ayratidan foydalanishni  afzal biladi.

Aksivadorlik  kompaniyalari  tomonidan  ko'rsatilavotgan  sug'urta  xizmatlari 

qiymati o'zaro sug'urta jamiyatlaridagi  shu turdagi  xizmatlarga nisbatan ancha baland 

bo'ladi.  Bu  narsa  daromad  olish  zarurati  va  agentlik  tarmoqlarini  saqlash  ancha 

qimmat  ekanligi  bilan  izohlanadi.  O'zaro  sug'urtalash  jamiyatlari  esa  fovda 

ko;rmaydigan  va  sug'urta  mahsulotlarini  sotish  bo'yicha  yirik  tarmoqlarga  ega 

bo'lmagan jamivatlardir.

Fovda olish maqsadi  aksivadorlik kompaniyalarini  ancha  faol  ishlashga majbur 

qiladi,  sug'urta  xizmatlarini  targ'ibot-tashviqotini  olib  borishga,  ulami  bevosita 

mijozga yetkazib berishga undaydi.  Shu sababli, qiymatining bir muncha balandligiga 

qaramay, 

ulaming sug'urta mahsulotlari ancha raqobatbardoshli  bo'ladi.

O'zaro  sug'urtalash  jamiyatlarining  fovda  ko'rmay  ishlash  xususiyati  yangi 

a'zolami  izab  topish  va  jalb  etishni  etarli  darajada  rag'batlantinnaydi.  Holbuki. 

sug'urta  bozoridagi  ahvol  ana  shunday  jamiyatning  har  bir  a'zosi  o'z  sug'urta 

ehtiyojlarini  ham,  sug'urta  biznesi  masalalarini  ham  yaxshi  tushunishi  zarurligini 

taqozo etadi.

Shu  bois,  sug'urta  vositalari  murakkablashib  borayotgan  hozirgi  zamon 

sharoitida  o'zaro  sug'urta  jamiyatlari  sug'urta  bozorining  bir  chekkasiga  siqib 

chiqarilgan.

Biroq keyingi vaqtda G'arbiy Eevropada o'zaro sug'urta jamiyatlari kapitalistik 

aksivadorlik  sug'urtalashga  «qarshi  hujum»  uvushtira  boshladilar.  Bu  narsa  asosan 

keng  iste'mol  sug'urta  mahsulotlari,  masalan,  avtotransportni  majburiy  sug'urtalash, 

turar-joy sug'urtasi kabi sug'urta bozoridayaqqol  namoyon bo'lmoqda.

Sug'urta  bozorlaridagi  ayovsiz  raqobat  sharoitida  sug'urta  mahsulotini  sotish 

tizimiga  ega  bo'lmagan  (voki juda  kichik  tarmoqqa  ega  bo'lgan)  o'zaro  sug'urtalash 

jamiyatlari  agentlami  rag'batlantirish  xarajatlarini  tejash  orqali  mahsulot  bahosi 

bo'yicha durustgina ustivorlikka erishdilar. Chunki bu xarajatlar yirik kompaniyalarda 

sug'urta mukofotining  1 5 -3 0  % ni tashkil etadi.

Hududiy,  kasbiy  yoki  boshqa bir xususiyatiga (masalan,  sug'urta turi,  xususan 

avtotransport  sug'urtasi)  ko'ra  shakllantiriladigan  o'zaro  sug'urta  jamiyatlari  o'z 

sug'urta  xizmatlarining  oddiyligi  va  arzonligi  bilan,  shuningdek  aholining  muayyan 

qatlamlari  yoxud  kasbdoshlar  o'rtasida  sug'urtalanishning  zarurivatini  ongli  ravishda 

tushunilishi  orqali  qo'shimcha  mijozlami  jalb  etadilar.  Bundan  tashqari,  o'z 

mijozlarini  yaxshi  bilish  o'zaro  sug'urtalash  kompaniyalari  xatami  aniqroq  baholay 

bilish imkonini beradi.

350



Sug'urta  bozorida  shuningdek  o'tkazishning  kamroq  tarqalgan  turi  -  

sug'urtlanuvchilar  assotsiyatsiyalari,  birlashmalari.  Masalan,  Fransiyada  bunday 

tashkilotlar  hozirgi  kunda  ikki  yuzdar  ortiq  bo'lib.  ulardagi  a’zlarining  soni  esa  ikki 

vuz ellikdan uch yuz minggacha boradi.

Sug'urlalanuvchikir  sug'urta  kompaniyasiga  nisbatan  o‘z  manfaatlarini 

birgalikda  himoya  qilish.  shuningdek  kompaniyadan  sug'urta  qoplamasiga  ulgurji 

chegirmalar  olish  uchun  guaihlarga  birlashadilar.  Har  bir  guruh  sug'urta  qiluvchi 

bilan  munosabatlarda  o ‘z  manfaatlarini  namoyon  etuvchi  broker  bilan  shartnoma 

tuzadi,  yoki  shu  maqsadlar  uchun  mustaqil  ravishda  tashabbuskor  ishchi  guruhini 

takshil  etadi.

Ko'pgina  assotsiatsiyalar (ayniqsa yiriklari) o'zlarining yuridik xizmatlariga va 

ogohlantirish  tadbirlarini  amalga  oshiruvchi. ya'ni  sug'urta hodisalarining oldini olish 

organlarga ega  bo'ladilar.  Bunday  guruhlar asosan jismoniy  shaxslarga xos xatarlar- 

avtosug'urta.  turar-joy  sug'urtasi,  hayotni  sug'urtalash,  pensiya  va  jamg'arma 

sug'urtalar bo'yicha ixtisoslashgan  bo'ladi.

Faoliyatining  o'ziga  xosligi  sababli,  sug'urtalanuvchilar  assotsiatsiyalari  o‘z 

a’zolariga  cheklangan  sug'urta  qoplamasini  taklif  eta  olmavdi.  Bu  turga  keng 

tarqalgan  1 5 - 2 0   dan  ko'proq  sug'urta  mahsulotlari  kiradi.  Ulami  sotuv  miqdori 

nihoyatda  kattaligi  hisobidan  assotsiatsiyalar  sug'urta  qiluvchidan  sotuv  qiymatining 

35%iga teng miqdorda chegirma olishlari mumkin, boz ustiga assotsiatsiyalarga kirish 

badali  unchalik katta em as— 15  dan 40 dollargacha xolos.

Assotsiatsiyalar  mazkur  assotsiatsiya  a'zolari  va  mutaxassis  vositachilardan 

tashkil  topgan  o'z  agentlik  tarmog'iga  ega  bo'lib.  ulaming  vazifasi  qo'shimcha 

a’zolami jalb etishdan iborat.

Ayrim 

assotsiatsiyalar  sug'urta  brokerlari  tomonidan  o'z  mijozlarini 



to'ldirishning  qo'shimcha  usuli  sifatida  maxsus  tuziladi.  Bunda  broker  o'z-o'zidan 

sug'urta bozorida assotsiatsiya manfaatlarini  himoya qiluvchi  shaxsga aylanib  qolishi 

shubhasiz.  Sug'urtalanuvchilar assotsiatsiyasiga a'zo bo'lishga da'vat etishda reklama 

uchun  asosiy  vaj  bo'lib  —  qo'shimcha  chegirmalarga  ega  bo'lish  imkoniyati  va 

sug'urtalanuvchi manfaatlarining birgalikda himoyalanishigaxizmat qiladi.

Biroq  sug'urtalanuvchilar  assotsiatsiyalari  mohiyatan  sug'urta  mahsulotini 

o'tkazish  tizimi  bo'lib  hisoblanmagani  sababli.  mazkur kitobda bundan  buyon ulami 

muhokama qilib o'tirmavmiz.

Sug'urta  mahsulotini  o'tkazish  tizimlari  sug'urta  qiluvchining  tijorat  ishiga 

asos  bo'lib  xizmat  qiladi.  Sug'urta  qiluvchining  marketingga  oid  strategiyasi  ishlab 

chiqilayotganda  bu  tizimning  imkoniyatlarini,  faoliyatining  asosiy  yo'nalishlarini  va 

takomillashtirilishini ham  hisobga olish zarur.

Sotuvchilar,  qoidaga ko'ra, bozomi va uning talablarini yaxshi biladilar, u yoki 

bu  sug'urta  mahsulotining  iste?molchilar  uchun  jozibadorlik  darjasini  ancha  aniq 

baholay  oladilar.  Mijozlarga  tobe’  ekanliklari  sababli,  mahsulotni  o'tkazish

351



tarmog'ining  xodimlari  ko'pincha  kompaniyaning  bosh  ofisi  oldida  iste’molchilar 

manfaatlarini ifodalovchi sifatidavuz ko'rsatadilar.

Shu  sababli  marketing  strategiyasi  o'tkazish  tarmog‘i  xodimlarining  bilimi, 

fikri  va  istaklarini  hisobga  olishi  lozim.  Aks  holda  marketing  strategiyasi  bozordan 

uzilib  qolishi  va  undan  begonalashib  ketishi  ham  mumkin.  Shuningdek,  ay rim 

mahsulotlami  iste’molchilarga  taqdim  etishdan  bosh  tortayotgan  sotuvchilar  bilan 

bo‘Iadigan ziddiyatlami  ham  istisno etib  bo‘lmaydi.  «Zimdan  qarshilik»  bo'lishi  ham 

mumkin,  ya'ni  agentlar sug’urta xizmatlarini  bozorda  o'tkazish  uchun  zarur  darajada 

kuch-g'ayrat sarflamaydilar.

Sug‘urta  mahsulotlari  sotuvini  ko;ngildagidek  tashkil  etish  uchun  kompaniya 

o'tkazish  tarmog'i  xodimlari  bilan  sherikchilik  va  hamkorlik  munosabatlarini 

o'matishi darkor.

Sug'urta  mahsulotini  o'tkazish  usulini  tanlash  -   marketingning  eng  muhim 

masalalaridan  biridir.  Ommaviy  marketing  yondashuvida  barcha  mijozlarga  vagona 

sug'urta  mahsuloti  taklif etilgani  sababli  sug'urta  mahsulotini  o'tkazishning  yagona 

tizimi mos kelaverar edi.

Sug'urta  bozori  segmentlanishining  rivojlanib  borishi  va  alohida  guruhdagi 

iste’molchilar  uchun  mo'ljallangan  sug'urta  mahsulotlarining  paydo  bo'lishi 

davomida  agentlik  tarmoqlarini  yoki  sug'urta  mahsulotini  o'tkazishning  boshqa 

tizimlarini  bo'lish  yoki  ixtisoslashtirish  masalasi  kun  tartibiga  qo'yildi.  Sug'urta 

tarmoqlarining segmentatsiyasi — bu iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi sug'urta 

kompaniyalarida yuz berayotgan jarayon  bo'lib. uning nihoyasiga yetishiga hali  ancha 

vaqt bor.

Ugari  sug'urta  kompaniyalari  sug'urta  mahsulotini  sotishning  asosiy  tizimi 

sifatida asosan o'z agentlari  va brokerlariga tayangan.  Ammo yangi  imkoniyatlaming 

vujudga  kelishi  jarayonida  sug'urta  qiluvchilar  sug'urta  mahsulotlarini  sotish  bilan 

bevosita  shug'ullanuvchi  sho'ba  korxonalarini  yarata  yoki  sotib  ola  boshladilar. 

Shuningdek  banklar  bilan  ulaming  bo'limlari  orqali  mijozlarga  sug'urta  polislarini 

sotish xususida shartnomalar tuza boshladilar.

Bir  qator  sug'urta  qiluvchilar  o'z  sug'urta  agentliklari  faolivat  maydonini 

ko'proq  mukofot  yig'ib  olish  imkontyatini  beruvchi  eng  at'zal  (maqsadli)  segmentlar 

doirasida  toraytirib  yubordilar.  Odatga  ko'ra,  bu  iste’molchilar  guruhlariga  nisbatan 

sug'urta qiluvchi muayy'an ustuvorliklarga ega bo'ladi.

Korporativ  sug'urta  kompaniyalari  uchun  muayyan  tarmoq  korxonalarining 

manfaatlarini  va  mol-mulkini  sug'urtalash  ana  shunday  bozor  sifatida  xizmat  qilishi 

mumkin.


Hozirgi  paytda  o'zi  uchun  qat’iyy  belgilangan  faoliyat  sohasini,  masalan, 

hunarmandlar  yoki  erkin  kasb  qiluvchilami  belgilab  olgan  sug'urta  kompaniyalari 

muvaffaqiyatga  erishmoqda.  Aynan  shunday  ixtisoslashuvni  sug'urta  brokerlari 

faoliyatida  ham  ko'rish  mumkin:  masalan,  faqat  teatr  tomoshalarini,  kotsertlami  va

352



kino  ijodini  sug'urtalovchi,  boshqa  tomonda  esa  faqat  kosmik  apparatlami 

sug'urtalovchi vositachilar mavjud.

Ayrim  sug'urta  kompaniyalari  sug'urta  mahsulotini  sotib  olish  chog'idagi 

ise'molchilar xatti-harakatidan kelib chiqqan holda,  o'zlarining o‘tkazish tarmoqlarini 

diversifikatsiyalash  (kengaytirish)  imkoniyatini  qidiradilar.  Maslahatga va yordamga 

(shartnomani  tuzish  va  sug'urta  hodisasisini  tekshirish  chog'ida)  muhtoj  bo'lgan 

mijozlar,  muavyan  to'xtamga  kelishga  qiynalayotgan  mijozlar  sug'urta  qiluvchining 

agentlariga murojaat etadilar.

O 'z shartnomalarini  muvofiqlashtirish  ishlarini  ham  unga ishonib topshiradilar. 

O 'z  puliga  ko'proq  foyda  olishni  va  optimal  sug'urta  qoplamasiga  ega  bo'lishni 

istovchi  mijozlar,  o'z  vakillari  sifatida  mazkur  sug'urta  bo'yicha  ixtisoslashgan 

mutaxassis  brokerlami  tanlaydilar.  O'zini  sug'urta  masalalarida  ancha-muncha  bilim 

va  malakaga  cga  deb  hisoblaydiganlar  yoki  eng  arzon  minimal  sug'urta  qoplamasini 

sotib  olmoqchi  bo'lganlar  esa  uni  bevosita  sotuv  bilan  shug'ullanadigan  tizim, 

masalan telefon orqali  sotib oladilar.

Ayrim  mahsulotlar,  masalan  standart  avtosug'urta  yoki  ko'chmas  mulk 

sug'urtasi  har  qanday  usulda  — vositachilar  orqali  ham,  ulaming  ishtirokisiz  ham 

sotilaverishi  mumkin.  Ayni  chog'da,  shundav  sug'urta  xizmatlari  (korxonalar 

javobgarligi  sug'urtasi.  sanoat  xatarlari  sug'urtasi  va  h.k.)  ham  borki,  ulami 

voitachilar -  brokerlar yoki agentlar ishtirokisiz sotish mushkul.




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish