28.2. Sug‘urta mahsuloti dinamikasi va uning amal qilish davriyligi
Sug'urta qiluvchilaming sug'urta mahsulotiga doir siyosatida eng muhim
muvaffaqiyat kaliti bo'lib sug'urta mahsulotlariga bo'lgan talab va taklifning dinamik
mutanosibligi xizmat qiladi.
Sug'urta qiluvchi doimiy ravishda o'zi tomonidan taklif etilayotgan sug'urta
mahsulotlari mijozlaming talabiga mos kelishini tekshirib turishi; shuningdek o'zi
tomonidan ishlab chiqilgan vajoriy etilishi rejalashtirilayotgan sug'urta mahsulotlari
bozoming kelajak ehtivojlariga qav darajada mos kelishini kuzatib borishi zarur.
Shu maqsadda sug'urta qiluvchi muntazam o'ziga quvidagi savollami berib
turishi darkor.
1. Mijoz muayyan toifadagi sug'urta qoplamasini sotib olar ekan, o'zi uchun
qanday imtiyoz va manfaatlami ko'zlamoqda (sug'urta himoyasining ishonchliligi,
sarmoyalashdan yuqori daromad olish mumkinligi, ta'minlangan keksalik kafolati va
h.k.)?
2. Mazkur sug'urta malisulotini mijoz uchun jozibador qilib turgan maftunkorlik
omillarini (narxining arzonligi, sug'urta mahsulotining yuksak sifatliligi, kafolatlar
sug'urtalanuvchining shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlab olinganliginij
tasniflash (ahamiyatining pasayishi tartibida jovlashtirish) mumkinmi?
3. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan sug'urta mahsulotlari jamlanmasi
mijozlaming kompleks sug'urta ehtiyojlariga mos keladimi?
4. Sug'urta amaliyotlari aylanmalaming (tuzilgan shartnomalar soni) yuksak
darajada bo'lishini va yigmajildning maqbul rentabelligini ta’minlaydimi, va'ni
sug'urta mahsulotini tabaqalashtirish to'g'ri o'tkazilganmi?
5. Bozor evolyutsiyasi va unda taklif etilayotgan raqobatchilar mahsuloti
evolyutsiyasi qay darajada?
6. Bozorda qanday yangi sug'urta mahsulotlari paydo bo'lishligini bashorat qilish
mumkin?
7. Sug'urta bozori evolyutsiyasiga va uning talablariga qanday tashqi omillar ta’sir
ko'rsatadi
(majburiy sug'urtalash to'g'risdagi yangi qonunchilik hujjatlari,
345
kontragentlaming sug‘urtaga oid u yoki bu turdagi majburiyatlarini sug'urtalash
to'g'risidagi norasmiy talabning iqtisodiy turmushga joriy etilishi va h.k.)?
8. Har bir sug‘urta mahsulotlari jamlanmasi vaqt o'tishi bilan o'zgaradi.
Ulaming dinamikasi sug'urta qiluvchining u yoki bu marketing strategiyasining
namoyon bo‘lishi bilan bog'liq. Jamlanma kengayishi. torayishi, butunlay yo'q boiib
ketishi yoki boshqa jamlanma bilan birikishi mumkin. Jamlanmaning kengayishi
bozor segmentining o‘sishiga, sug'urtalanuvchi uchun uning ahamiyati oshganligiga,
sug'urta xizmatlarining u yoki bu turiga nisbatan bozordagi talabning o'zgarishiga bir
qadar moslanuvchan vosita bo'lib hisoblanadi.
Qaysidir jamlanma mahsulotlari sonining ko'payishi yoki sifatining oshishi
sug'urta qiluvchi bozoming muayyan segmentida o‘z ulushini ko'paytirish uchun faol
harakat qilishga chog'lanayotganini bildiradi.
Jamlanmaning yig'ishtirib olinishi mazkur segment sug'urta qiluvehida
endilikda u yangi bozomi yoki sotuv usullarini o'zlashtirayotganligi, bozor
segmentining torayganligi, uning daromadliligi sug'urtaianuvchilaming o'rtacha
daromadi pasayishi yoki raqobatning ko'payib ketganligi sababli qiziqish
uyg'otmayotganini bildiradi. Yuqorida sanab o'tilgan vaziyatlarda sug'urta
jamlanmasi yo butunlay yig'ishtirib olinadi, yoki sug'urta mahsulotlai-i sonini
kamaytirish va soddalashtirish orqali eng kam darajaga tushirib qo'yiladi.
Shubhasiz, sug'urta mahsulotlari
paydo
bo'ladi
va yangi
sug'urta
mahsulotlariga yo'l bo'shatib berib, yo'q bo'lib ketadi. Bu jarayon sug'urta
mahsulotining amal qilish davriyligida o'z ifodasini topadi.
Sug’urta mahsulotining amal qilish davriyligi boshqa turdagi keng iste'mol
tovarlari davrivligidan keskin farq qiladi.
Birinchidan, sug'urta davriyligi ancha uzoq muddatlidir, sug'urta polislari katta
o'zgarishlarga uchramagan o'nlab yillar davomida sotilishi mumkin, buni esa tovar
mahsulotlari uchun mutlaqo qo'llab bo'lmavdi.
Ikkinchidan, sug'urta mahsulotining amal qilish davriyligining dastlabki
bosqichida qilingan xarajatlar, keng iste'mol mollari uchun qilinadigan xarajatlardan
ancha kam.
Uchinchidan, sug'urta shartnomasining amal qilish muddati uning amal qilish
davriyligi muddatidan ko'proq bulishi mumkin, ya’ni shunday holat bo'lishi
mumkinki, sug'urta qiluvchi allaqachon muayyan turdagi sug'urta mahsulotini
tijoratlashtirishdan voz kechgan bo'lsa-da, uning yig'majildida bu mahsulot hozircha
mavjud bo'lib turadi251. Sug'urta mahsulotlarini yaratilishi bosqichlari:
1.
Sug'urta mahsulotini tadqiq etish va loyihalashtirish. Bu bosqichda bozor
segmenti, ya'ni sug'urta mahsuloti mo'ljallangan mijozlar tanlab olinadi; sug'urta
shartlari va tariflar sug'urta qiluvchi o'z oldiga qo'ygan maqsaddan kelib chiqqan
holda aniqlanadi; bozorda mahsulotning o'tishi sinaladi. Xizmat ko'rsatish sohasiga
oid sug'urta mahsulotining o'ziga xosligi uni ishlab chiqrish bosqichining
yo'qligidadir. Bu sug'urtalashni, masalan, avtomobilsozlikdan farqlantirib turadi.
Ishlanma yakunlanishi bilanoq, sug'urta mahsulotini bozorga joriy etish boshlanib
ketadi.
251 Successful Insuranse Sales. Jack K inder,Jr. Garry K inder.Tne N apoleon N ill Foundation, 2012. 15p.
3 4 6
2. Sug‘urta mahsulotini bozorga joriy etish. Bu bosqichda sug‘urta qiluvchining
maqsadi — mahsulotga ehtiyojni tashkil etishdan iborat. Sotuv hajmi oz darajada.
mahsulot sug’urtalanuvchilar uchun hali yaxshi tanish emas. Odatda bu davrda
reklamaga katta qo’vilmalar ajratish. agentlik tarmog‘ini rag’batlantirish. yangi
sug’urta dasturining maqsadi va sifati to‘g ‘risida iste’molchilami boxabar etish talab
qilinadi.
3. O’sish pallasi. Sug’urta qiluvchining marketing bo‘yicha saralagan kuch-
g ‘ayrati mahsulot uchun bozomi ochib beradi. Unga bo'lgan talab ortib boradi. tariflar
va o‘tkazish tizimining xususivatlari bozor sharoitlariga hamda iste'molchilaming bu
mahsulotga bildirayotgan munosabatiga moslashadi, reklama va og’izdan-og’izga
ko’chib yuruvchi shov-shuvlar mazkur sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj tug’diradi, shu
hisobdan u bozoming katta qismini egallab oladi.
4. Etuklik pallasi. Bu bosqichda sotuvlar sur’ati pasayadi, mahsulot bozoming
odatdagi vositalari qatoriga o’tadi. Mazkur sug’urta xizmati xususiyatlari bilan
qiziqishi mumkin bo’lgan mijozlar soni tugab boradi va shu sababli sotuvlar miqdori
to'liq qamrab olingan pog’onaga yetadi.
5. Pasayish pog’onasi. Sug‘urta mahsuloti iste’molchilaming katta qismining
ehtiyojlarini qondirmay qoladi va sotuvlar miqdori kamayib ketadi. Bu bosqichda
sug’urta qiluvchilar ko‘pincha sug’urtalanyotgan xatarlami, sug’urtalash shartlarini,
vajlami, franshizlami iste’molchilaming yangi talablariga muvofiqlashtirish orqali
sug’urta mahsulotini takomillashtirishga harakat qiladilar. Agar mazkur ishlar
muvaffaqiyatli chiqsa, mahsulot yangi yuksalish bosqichiga kiradi. Aks holda,
sug'urta qiluvchi uni tijoratlashtirishdan voz kechib, avval tuzilgan shartnomalaming
o’zi bilan cheklanadi.
Mijozlar ayniqsa uzoq muddatli sug'urta shartnomalari bo'yicha uning amal
qilish muddati tugamasdanoq, shartnoma shartlaridan qanaoatlanmay qolish hollari
bo’lib turadi. ya’ni shartnoma o’zi amal qilib turgan rnuddat ichida ma’nan eskirib
qolishi mumkin. Xususan, bozoming rivojlanishi hayotni uzoq muddatli sug'urtalash
tajribasiga sug’urta hodisasi vujudga kelganda kompaniya tomonidan bir qator yangi
xizmatlar taqdim etilishini taqazo etdi. Masalan, bundan yigirma yil aw al, hozir amal
qilib turgan shartnomalar tuzilgan vaqtda, sug’urta qiluvchilar yuridik xizmatdan
foydalanish kerakligini xayollariga ham keltirmaganlar. Bunday holatlarda sug’urta
qiluvchi shartnomani qayta tuzadi, ya’ni uni sug’urtalanuvchining yangi talablari
asosida takomillashtiradi.
Sug’urta mahsulotlarining amal qilish davriyligi dinamikasi ikkita asosiy omil:
■ ehtiyojlami to’liq qondira olishi, ya’ni mahsulot sifatining mijozlaming
umidiga mos kelishligi,
■bozor segmentining keng qamrovligi va taraqqiy etishi bilan bog’liqdir.
Mahsulot
bozor
talablariga mosligi
darajasiga
bog’liq
ravishda
takomillashtirilib va muvofiqlashtirib borilishi shart. O’sib borayotgan bozor
segmentida sotuvlar tizimi va sug’urta mahsuloti tarkibiga kiritilgan qo'shimcha
xizmatlar taraqqiy topib borishi lozim. Bulaming hammasi qo’shimcha moliyaviy
qo’yilmalami talab etadi. Qo’shimcha sarmoyalash zaruratini «Boston Konsalting
Gmp» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Boston matritsasi» yordamida aniqlash
mumkin. Unda sug’urta mahsulotlari dinamikasi umumiy tarzda ifoda topgan.
347
Odatga ko'ra, bozor segmenti yiliga kamida 10 foizga oshib borsa. uni tez
taraqqiy
etayotgan deb
hisoblanadi.
Hozirgi
paytda
sanoati
rivojlangan
mamiakatlardagi sug'urta bozorining bunday segmenti sil'atida hayot sug'urtasini
ko‘rsatish mumkin.
Shubhasiz, qo'shimcha resur qo'yilmalari birinchi
navbatda intensiv
rivojlanayotgan bozorlar uchun xizmat qilayotgan
sug‘urta mahsulotlariga
yo'naltirlishi zarur. Bu mablag'lami «sog'in sigirlar», ya’ni bozorning barqaror va
yirik qismiga xizmat qilayotgan sug‘uita mahsulotlari yetkazib beradi va yetarli
darajada yuksak daromadlilikni ta'min etadi.
Marketing strategiyasiga bag'ishlangan boiimda sug'urta mahsulotining to'g'ri
tabaqalashtirilishi, bu mahsulot uchun bozorning maqsadli segmentlarini tanlash
nechog‘lik muhimligi to'g'risida gapirib o'tgan edik. Biroq bozor dinamikasi va
sug‘urta mahsulotlarining ma’nan eskirishi munosabati bilan mahsulotlarni bir
segmentdan boshqasiga ko'chirib o'tkazish tobora ko'proq ahamiyat kasb etib
bormoqda.
Bu ish mahsulotlaming takomillashtirilishi va maqsad yo'nalishi o'zgartirilishi
bilan, shuningdek mavjud segmentlar uchun hamda istiqboldagi segmcntlar uchun
yangi mahsulotlar ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib boriladi. Bunday yondashuv
sug'urta qiluvchiga o‘z sug'urta yig'ma jildida dinamik muvozanatni saqlab turish
imkonini beradi.
Sug'urta mahsulotlari jamlanmasini bozorning muayyan segmentlari bo'yicha
takomillashtirib borilishiga undan eskirib qolgan mahsulotlarni chiqarib tashlash,
ulami takomillashtirish orqali, sug'urta xizmatlari nomenklaturasini kengaytirish
orqali va boshqa segmentlardagi maqsadli sug'urta mahsulotlarini «qayta
tabaqalashtirish» hisobiga mazkur segmentga yo'naltirish orqali erishiladi.
Sug'urta mahsulotini tabaqalashtirish o'z ichiga, masalan, kafolatlar va
tariflaming o'zgartirilishini olishi mumkin. Xususan, turar-joy bo'yicha kompleks
sug'urta shartnomasiga qo'shimcha ravishda oila a’zolarining qimmatbaho buyumlari,
yoki bolaning maktabda taqadigan ko'zoynagiga oid sug'urta kafolatlari kiritilishi
mumkin.
«Qayta tabaqalashtirilgan sug'urta mahsuloti asosiy qoidalari, kafolatlari,
sug'urta summalari, franshizlar va tariflami (ya’ni barcha texnik xususiyatlarini)
saqlab qoladi.
Biroq uning «reklama qutisi» va izohlovchi qo'shimcha hujjatlari o'zgarishga
uchraydi.
Masalan, oiladagi ikkinchi mashinani sug'urtalash avtomobilni bir villik bosib
o'tilgan yo'ligaqarab, moslashuvchan tarif bilan sug'urtalash shaklini olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |