0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


-MAVZU. SUG‘URTA MARKETING I  VA  UNING



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

27-MAVZU.

SUG‘URTA MARKETING I  VA  UNING

 

INSTRUMENTLARI



27.1.  Sug‘urta marketingining iqtisodiy mohiyati

Marketing  tovarlami  ishlab  chiqarish.  xaridorlarga  kerakli  vaqt,  miqdor  va 

sifatda.  shuningdek,  yuqori  samara  hamda  foyda  evaziga  sotishni  tashkil  etish, 

boshqarish  maqsadida  vujudga  keldi  va  xizmat  qilmoqda.  Iqtisodchi  olimlaming 

hisob-kitoblari  shuni  ko‘rsatadiki,  marketing  xizmatlari  uchun  sarflanadigan  har  bir 

dollar o‘z egasiga  10 dollar sof foyda keltirar ekan.

Marketing  ingilizcha  «market»  —   bozor  so‘zidan  olingan  boMib.  o‘zining 

shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab davmi bosib o'tdi.

Marketing  elementlari  hozirgi  respublikamiz  hududida  qadim-qadimlardan 

maTum  bo'lib,  u  avniqsa,  eramizdan  oldingi  II  asrdan  eramizning  XVI  asrigacha 

Buvuk  Ipak  yo’li  nomi  bilan  mashhur  karvon  yo'li  o'tgan  mamlakatlarda  keng 

qoMlanilgan.  Bunda  karvonsaroylar  katta  xizmat  koTsatgan.  Ularda  har  xil 

mamlakatlardan  kelgan  siyosatchi,  tadbirkor.  savdogar.  vositachilar  uchrashar  va har 

xil  iqtisodiy  masalalami,  ishlab  chiqariladigan  tovarlaming  assortimenti,  sifat 

ko‘rsatkichlari.  oMchov  birligi,  ularga  bo‘lgan  talab  va  taklif,  baholar,  soliqlar. 

xizmatlar  va  hokazolar  haqida  axborotlar  yig‘ilar,  tahlil  qilinar.  o‘rtoqlashilar, 

kelishilar, shartnomalar tuzilar va amalga oshirilar edi.

Umuman,  marketingning  paydo  bo‘lish  va  shakllanishi  tarixi  ham  uzoq 

o'tmishga  ega  bo'lib,  bozorlaming  paydo  boMishidan  boshlanadi.  Tovar  va 

xizmatlarga  bo‘lgan  talabgorlami,  iste’molchilami,  ulaming  ehtiyojini,  tovar  va 

xizmat haqqi to'lay olish qobiliyatlarini aniqlash marketingning paydo  bo;lishida asos 

bo'lib  xizmat  qilgan.  Bular  hozirgi  kunda  ham  korxona  ochishning  ilmiy-texnikaviy 

asoslaridan,  marketingning  muhim  vazifalaridan  hisoblanadi  va  marketing  vositalari, 

usul va uslubiyatlaridan foydalanib hisob-kitob qilinadi.

Keyinchalik  korxonalar  faoliyat  doirasining  kengayib  borishi,  ish  hajmining 

o'sishi,  iste’molchilaming  ko‘payishi  korxonalar  tarkibida  maxsus  ixtisoslashgan 

marketing  bo‘limIari:  guruhlari  va  boshqarmalami  tashkil  etishni  taqozo  etdi.  Hozirgi 

kunda  respublikamiz  korxonalarining  deyarli  hammasida  shunday  maxsus  marketing 

xizmati, guruh yoki bo‘limlari tashkil etilgan.

Sug;urta  marketingi  sug‘urta  qiluvchi  va  sug‘urtalanuvchining  o‘zaro 

manfaatlari  va  ehtiyojlarini  hisobga  olishga  vo‘naltirilgan  munosabatlar  tizimidir. 

Sug‘urta  marketingi  deganda  ko‘pincha  sug'urta  qiluvchi  tomonidan  iste’molchining 

ehtiyojlarini  imkon  qadar  to‘la  qondirish  orqali  foydani  maksimallashtirish 

tushuniladi.  Sug‘urta marketingini bunday  ifodalash bir  muncha tor bo'lsada,  bugungi 

kunda keng tarqalgan va asosiy ta’rif bo‘lib hisoblanadi.

Sug‘urta marketingi umumiy marketing kabi  o‘z ichiga quyidagilarni  oladi: 

■bozomi va o‘z sug1! ! ^  portfelini tadqiq etib borish;

■sug‘urta mahsulotlari (xizmatlari)ga bo'lgan talabni  ishlab chiqish;

■sug'urta mahsulotlarini bozorga olib chiqish.

322



Bozomi  tadqiq  qilish  bu  -   ehtimoldagi  mijozlar  guruhlaridan  sug'urta 

xizmatiga jalb  etilgan  taqdirda sug'urta qiluvchiga  eng  ko'p  fovda  keltirishi  mumkin 

bo'iganlarini  topish nuqtai  nazaridan  o'rganishdan  iborat.  Sug'urta bozorini  o'rganish 

bu  bozorni tabaqalashtirilishini, ya’ni  maqsadga muvofiq tabaqalami  ajratib  olinishini 

ko'zda  tutadi  va  ehtimoldagi  mijozlaming  quvida  keltirilgan  xususivatlarini  hisobga 

olish orqali amalga oshiriladi.

♦  mijozlaming sug'urtaga ehtiyojlari:

♦  jug'rofiy va ijtimoiy-siyosiy taqsimlanishi;

♦  iste'molchilaming to'lov qobiliyati;

♦  sug'urta  mahsulotidan  fovdalanishga  rag'bat  uvg'otish  maqsadida  mijozlarga 

reklamavoki boshqa vositalar orqali ta’sir ko'rsatish imkoniyatlari;

♦  mijozlami  kompaniyaga jalb etish qiymati;

♦  mijozlaming sug'urta ehtiyojlari  va qiziqishlari evolyutsiyasining yo'nalishlari;

«  sug'urta  bozoridagi  raqobatning  va  raqobatchilaming  ehtimoldagi  xatti-

harakatlari;

♦  sug'urtalanuvchilaming  turiga  ko'ra  sug'urta  holati  vujudga  kelishi  xatarliligi 

darajasini  baholash;

♦  ehtimoldagi  sug'urtalanuvchilaming  turli  toifasi  uchun  sug'urta  holatining 

o'rtacha qiymatini baholash.

Sug'urta  portfelini  tadqiq  etish  bu  -   sug'urta  holatlari  vujudga  kelishi 

ehtimollarini  tahlil  qilish  va  mijozlaming  turli  xususiyatlariga:  jug'rofiy  jovlashuvi, 

kasb-kori,  faolivat  turi,  jinsi,  yoshi,  sug'urtalanayotgan  mol-mulk  voki  boshqa 

boyliklar  ustidagi  xataming  xususivatiga  bog'liq  ravishda  kompaniya uchun  ana  shu 

sug'urta holatlari qiymatini  hisoblashdan iboratdir.

Sug'urta  mahsulotlariga  bo'lgan  talabni  ishlab  chiqish  bu  -   ana  shu 

mahsulotning  sug'urtalanuvchilar  manfaatlarini  eng  ko'p  darajada  qanoatlantiradigan 

va  iste’molchilik  qiziqishlariga  sug'urta  mahsulotini  tashkil  etish  jihatidan  mos 

keladigan xususivatlarini aniqlash jarayonidir.

Buning ichiga quyidagilar klradi:

♦  sug'urtalash uchun qabul qilinayotgan manfaatlar (sug'urta obyektlari):

♦  sug'urta xatarlari (sug'urtaning qoplanishi);

♦  sug'urta mahsulotining narxi;

♦  sug'urtalovchi  tomonidan  zarami  qoplashdan  tashqari  taqdim  etiladigan 

qo'shimcha  xizmatlar  (yuridik  xizmat,  talofatga  uchragan  mol-mulkni 

ta’mirlash va h.k.)

♦  sug'urta shartnomasi  amal qilgan muddatda mijozga ko'rsatiladigan xizmatning 

to'laligi va sifati.

Sug'urta 

mahsulotlarini 

bozorga 


olib 

chiqish 


(kommersializatsiyalash) 

quyidagilardan iborat:

♦  mavjud  sug'urta  mahsulotlari  va  ulaming  ijobiy  xususiyatlari  to'g'risida 

ehtimoldagi  iste'molchilami  boxabar  etish,  ehtimoldagi  sug'urtalanuvchini 

sug'urta  qoplamasini  sotib  olish  zarurligiga  ishontirish  (sug'urta  mahsulotining 

maqsadli reklamasi);

♦  sug'urta mahsuloti  sotilishini  butun  sug'urta  kompaniyasi  to'g'risidagi  tasaw ur 

va  shon-shuhratini  oshirish  orqali  rag'batlantirish  (sug'urta  qiluvchining  imij 

reklamasi);

323



•  eng  samarali  sotuvni  ta’min  etadigan  sug’urta  mahsulotini  yetkazib  berish 

tizimini varatish;

•  sug'urta  qiluvchilar  uchun  imtvozlar,  sug’urta  mahsuloti  sotuvchilari  uchun 

mukofotlar tizimini joriy  etish,  sotuv  o'tkazilayotgan joyda  tanlovlar,  lotereyalar, 

reklama o'tkazish orqali sug'urta mahsulotini  o'tkazishni  rag'batlantirish.

Sug'urta  ishida  marketing  o'tkazishning  pirovard  maqsadini  qisqacha  qilib 

quyidagi  ta’rif  bilan  ifodalash  mumkin:  «Shunday  sug'urtalanuvchilami  topish 

zarurki.  ular kompaniyaga o'zlarini jalb  etish  uchun  va  mavjud  sug'urta  ehtivojlarini 

qondirish  uchun  qilingan  sarf-xarajatdan  ko’proq  naf  keltirsinlar.  Bu  mijozning 

ko'nglini  topa  bilish  san’atdirki,  undan  bir  vaqtning  o'zida  sug'urta  kompaniyasi 

xo'jayinlarini ham qanoatlantira bilish shart».

Shu  sababli,  sug'urta  sohasidagi  marketingda  mavjud  va  ehtimoldagi  sug'urta 

bozorining  (mijozlaming)  tahliliga  suyanilmas  ekan,  samaraga  erishish  qiyin.  ya’ni 

sug’urta marketingi  asosan  mijozlaming  va bozoming  daromadliligini  oldindan  tahlil 

qilishga, ulami jalb eta bilish va saqlab qolish qobiliyatiga bog'liq.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish