Cho ‘llarimizda ekoturizm infratuzilmalari о ‘ziga xosligi bilan
ajralib turadi.
115
2. To‘qayzorlar mintaqasi. Respublikamizning Sirdaryo.
Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Changaron kabi daryolari
sohillarida to‘qaylar alohida mintaqalar holida uchraydi.
To'qaylar o ‘ziga xos tabiat landshaftlari bo‘lib, siyrak, zax o‘rmon
va chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar turli hayvonlar yashashi
uchun muayyan sharoitga ega. To'qaylar ekoturizmning eng
qiziqarli resurslaridir. O'zining betakror tabiatiga va boy bioJogik
xilma-xillikka ega bo‘lgan to‘qayzorlarimizga sobiq itíifoq
davrida o‘nglanmas darajalarda zarar keltirildi. To‘qayzorlarning
o‘nnonJari kesilib, cheksiz paxta dalalariga ayiantirildi. Bebaho
boyligimiz bo‘lgan 300 mmg ga to‘qayzorlardan hozirga kelib 30
ming gektari saqlanib qolgan. Bu maydonlar davlat muhofazasiga
olingan va ulaming o‘simliklari, hayvonot olami muhofaza qilinadi
va ko‘paytirilmoqda
3. Adir mintaqasi okean sathidan 1000—1200 metrdan 2700—
2800 metrgacha bo‘¡gan balandlíkíarni
o ‘z
ichiga oladi. Balandlikka
ko‘tari!gan sari havo harorati pasayib yog‘inlar miqdori orta
boradi. Vatanimiz tabiatidagi adirlar mintaqasida nafaqat ekologik
turizmni balki, qisliloq turizmini, agroturizmni rivojlantirish
imkoniyatlaribor. Chunki, adir mintaqasi asosanmamlakaíimizdagi
tog‘ oldi mintaqalari Msoblanib, bu mintaqaning asosiy qismi
sug‘oriladigan yerlar bo‘lganligídan qishloqlar zich joylashgan va
dehqonchilik kuchli rivojlangan. Adirlar mintaqasidagi bahorikor
yerlardagi o‘ziga xos bo‘lgan dehqonchilik (g‘allachilik, lalmi
no‘xat, zig‘ir, qovun, tarvuz yetishtirish) nafaqat xorijiy turistlami
balki, shaharlarda yashayotgan aholini ham qiziqtirishi murakin.
Bunday imkoniyatlarni ekoturizm operatorlari yaxshi bilishlari
talab qilinadi.
4. Togiar mintaqasi. Foglarda yoz salqinroq, choldagiga
nisbatan qisqaroq bo£ladi. Tog‘larimizda 1048 tur o‘simliklar
o'sadi. Shifobaxsh, dorivor o'simliklarga boy mintaqa. Okean
sathidan 1400 metrdan 2500 metrgacha balandlikda archa daraxti
©6sadi. Archa yog‘ochi musíahkam, qimmatbaho daraxt bo£lib,
uzoq umr ko‘radi. Tabiatdagi biologik resurslar — o'simliklar
l i ó
olami va hayvonot dunyosi ekoturizmda eng ommaviylashgan
resurs harn da obyektlardan hisoblanadi.
Archazorlar — shifobaxsh oromgohlardir. Archazorlardan
ekoturizmning eng ommaviy maskanlarigaaylantirish maqsadlarida
foydalanish mumkin. Shu bilan birga, adir mintaqasining hayvonot
olami to‘qayzorlar faunasi bilan kocp hollarda bu ikki mintaqa bir-
biri bilan chegaradosh bo'lganligidan aralash holda yashashadi. Bu
imkoniyatlardan ekoturizmda ham, ekosafari marshrutlaridan ham
foydalanish imkoniyatlari kelib chiqadi. 0 ‘zbekistonning tabiiy
iqlim sharoitlari Markaziy Osiyo kontinental iqlim sharoitlaridan
tarkib topganligi uchun ham hayvonot dunyosi va o‘simliklar
olamining turli-tuman va rang-barangligini hosil qilgan.
5.
Baiand tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 2700 — 2800 metrdan
balandda joylashgan bo‘lib bu mintaqaning maydonlari uncha katta
emas. Mintaqadagi sovuq va nam iqlim sharoitida och qo‘ng‘ix va
o'tloq tuproqlar hosil bo‘ladi. Baiand tog£ mintaqalari subalp va
alp o‘tioqiaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarida
yil bo‘yi qor va muzliklar saqlanishi mumkin. Baiand tog‘
mintaqasida va bu tabiiy mintaqaning boshlanishi garalarida
ayniqsa, Zomin milliy parki hududlarida ekoturistik tog‘-chang‘i
spoit turizmini rivojlantirishning juda katta imkoniyatlari bor.
Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham
g‘oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgsna ovlanadigan baliqlaming
83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko'paytirilib muhofaza
qilinrnoqda. Shulardan 18 turi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qizil
kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki
va tashqi turist ovchilami taklif qilishning katta imkoniyatlari
bor. Shuningdek, vatanimizda ovchilik qusWarining ov qilish
darajadagi sonlariga yetishganligi va ovchilik hududlarining
mavjudligi hamda ovchilikka ruxsat berilganligi ham ekoturizmda
ekosafari marshrutlarini ishlab chiqish va xalqaro ekoturizm, ichki
ekoturizm bozoriga chiqarishning katta imkoniyatlari bor.
Ilmiy axborotlardan ma’lum bo'ladiki, vatanimizga kelib-
ketayotgan har 100 turistning 50—60 tasi mamlakatimizning
117
tabiatiga va undagi biologik xilma-xillikka qiziqishmoqda. Ayniqsa,
rnamîakatimizdagi alohida muhofazadagi tabiat qo‘riqxonalariga
va ulardagi flora hamda faunaga qiziqish kuchli. Shu nuqiayi
nazardan ham mavjud ekoturistik resurslardan ayniqsa alohida
muhofazadagi ekologik hududlardan ekoturistik maqsadlarda
foydalanish yo'llarini ishlab chiqishimiz lozim bo'ladi.
9.2. 0 ‘zbekistonning hayvonot oSami — ekofarizm resorsiari.
Respublikamizning ekoturizm salohiyatini hisobga olganimizda
ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari — 4 faslli
tabiat mavsumlari va bu iqlim sharoitlariga va o'zining ekologik
tizimlariga ega bo‘!gan 5 ta tabiiy landshaft bio-xiîma-xiîliklarida
endemik (faqat 0 ‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidir.
O'zbekistorming ekoturizmdagi resurslar salohiyatiga alohida
to ‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish,
tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi.
0 ‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik-
baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv
fondi tashldl etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar
va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan 0 ‘zbekiston Respubiikasi
«QLzil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48
turi, sudralib yumvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78
turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
Oczbekiston Respubiikasi Faniar Akademiyasi Botanika instituti
m a’lumotlari bo‘yicha, 0 ‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur
o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yowoyi o‘suvehi
o ‘simliklar, ulardan 9 % i endemiklardir. O'zbekiston hududining
muhofaza etilayotgan tabiiy hududiar tarkibida 2164 km2 ni
tashkil qilgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashldl etgan 4
ta milliy bog‘ va noyob turlarga kimvchi hayvonlarni ko'paytirish
respublika markaziy —«Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni
tashkil etgan 10 ta davlat beyurtmaxonalari mavjud.
1Í8
Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham
g'oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgina ovlanadigan baliqlarning
83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko'paytirilib muhofaza
qilinmoqda. Shulardan 18 turi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qizil
kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki
va tashqi turist ovchilarni takiif qilishning katta imkoniyatlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |