10 - sinf Kimyo 4 – Nazorat ishi.
1.Alkinlarning umumiy formulasini aniqlang.
A) CnH2n B) CnH2n+2 C) CnH2n-1 D) CnH2n-2
2. Quyidagi moddalarning qaysi juftligi o’zaro sinflararo izomer hisoblanadi?
A) etan va eten B) eten va etilen C) propin va propadiyen D) propan va butan
3. Kucherov reaksiyasiga ko’ra, asetilendan katalizator orqali qaysi moddani olish mumkin?
A) sirka aldegid B) chumoli aldegidi C) benzol D) etil spirti
4. Asetilendan N.D. Zelinskiy usuli bo‘yicha 624 g benzol olindi. Reaksiya unumi 50 % bo‘lsa, sarflangan alkinning massasini (g) aniqlang.
A) 3,12g B) 312g C) 31,2g D) 3120g
5. Qaynash harorati nisbatan past, sovutilganda oson qotib, oq kristallga aylanadigan rangsiz, suvda erimaydigan, o‘ziga xos hidli suyuqlik nomini aniqlang.
A) asetilen B) butin C) etanol D)benzol
6. Benzol molekulasidagi σ bog‘lar sonini toping:
A) 6 B) 10 C) 16 D) 12
7. Kimyoviy bog‘lanishlarni hosil bo‘lishida turli elektronlarning bulutlari (orbitallar) bir – biri bilan aralashib ketishi va shakli hamda energiyasi teng bo‘lgan orbitallar hosil bo‘lish hodisasi nomini toping.
A) gidratatsiyalanish B) gibridlanish C)polimerlanish D)degidratatsiyalanish
8. Gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat, moysimon, rangi – sariq yoki och – qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega, suvdan yengil bo‘lgan, qaynash harorati aniq bo’lmagan suyuq moddani aniqlang.
A) neft B) slanes C) torf D) gazolin
9. Qoramoyning turli fraksiyalari haydalib bo‘lgach, qolgan qoldiq ……. deb ataladi va va bu moddadan ……… tayyorlanadi.Nuqtalar o’rniga tegishli moddalar nomlarini tanlang.
A) petroley efiri, ligroin B) ligroin, kerosin C) gudron, solidol D) gudron, asfalt
10. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganini toping.
A) C15H32 B) C10H22 C) C11H22 D) C4H10
11. Tabiiy gazning tarkibidagi metanni yoqish uchun 11,2 litr (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.
A) 33 g B) 22 g C) 11 g D) 44 g
12. 20 litr noma’lum alkinni yondirish uchun 170 litr kislorod sarflandi. Alkining nomini toping.
A) asetilen B) propin C) geksin D) pentin
13.Kons. H2SO4 ishtirokida va etil spirtidan suvni yuqori haroratda tortib olish mumkin. Agar bu reaksiyada harorat 140 0 Cdan pastroq va spirt miqdori ko’p bo’lsa, qanday modda hosil bo’ladi?
A) dietil efir B) dimetil efir C) karbon kislota D) metanol
14. Necha gramm 2 – metil butandan yuqori temperatura va Al2O3 katalizatori ishtirokida ishtirokida
20, 4 gramm alkadiyen olish mumkin?
A) 216 B) 122 C) 21,6 D 36
15. Neft tarkibidagi uglevodorodlarni parchalab, molekulasida C atomlarining soni kam bo’lgan uglevodorodlar olish jarayoni qanday nomlanadi?
A) gidrogenlash B) fraksiyalash C) kreking D) gazoyl
16. Gibridlanish nazariyani qaysi olim taklif qilgan?
A) 1931 – yil L.Poling B) 1932 – yil S.Lebedev C) 1861 – yil A.Butlerov
D) 1869 – yil D.Mendeleyev
17. 46,8 gramm benzol yonishidan hosil bo’lgan gazning 320 gramm 70 % li KOH bilan reaksiyasidan hosil bo’lgan tuzlar massasini grammda aniqlang.
A) 364,6 g KHCO3 va 25,2 g K2CO3 B) 400 g K2CO3 C) 300 g KHCO3 D) 347,56 g KHCO3; 55,2 g K2CO3
18. Siklobutan molekulasida bog’ hosil bo’lishida ishtirok etgan orbitallar sonini hisoblang.
A) 10 B) 12 C) 21 D) 9
19. 4 mol metandan olish mumkin bo’lgan atsetilenning massasini grammda aniqlang.
A) 44,8 B) 52 C) 64 D) 22,4
20. C5 H12 tarkibli alkan kreking jarayonidan o’tkazilganda , necha xil mahsulot hosil bo’ladi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
11 – sinflar uchun Kimyo fanidan
Nazorat ishi- 4.
I variant.
1 – masala. 46 gr Na metalining 300 g suvda erishi natijasida hosil bo’lgan eritmadagi NaOH ning foiz konsentrasiyasini toping.
2 – masala. 275 g suvda 50 g mis kuporosi eritilishi natijasida hosil bo’lgan eritmaning konsentrasiyasini (foizda) toping.
3 - masala: 300 g 5 % li va 400 g 20 % li NaCl eritmalari bir idishga solib aralashtirilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) hisoblang.
4 – masala. Sulfat kislotani 5 % li eritmasini tayyorlash uchun 1005 g suvda qancha hajm sulfat angidrid eritilishi kerak?
5 – masala. 56 % li ( ρ = 1,46 g/ml ) H2SO4 eritmasining normal konsentrasiyasini aniqlang.
11 – sinflar uchun Kimyo fanidan
Nazorat ishi- 4.
II variant.
1 – masala. 23 gr Na metalining 300 g suvda erishi natijasida hosil bo’lgan eritmadagi NaOH ning foiz konsentrasiyasini toping.
2 – masala. 225 g suvda 50 g mis kuporosi eritilishi natijasida hosil bo’lgan eritmaning konsentrasiyasini (foizda) toping.
3 - masala. 200 g 15 % li va 500 g 20 % li NaCl eritmalari bir idishga solib aralashtirilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) hisoblang.
4 – masala. Sulfat kislotani 15 % li eritmasini tayyorlash uchun 850 g suvda necha gramm sulfat angidrid eritilishi kerak?
5 – masala. KOH ning ( ρ = 1,286 g/ml) 30 % li eritmasini normalligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |