О ‘tkir Hoshimov
ma’lum... Mabodo Afg‘onistonga tushib qolsang, xatni Ter-
mizdan deb yozaver“.
Mana, ikki yilki ,,Termiz„dan xat keladi. Xotini xursand.
Televizorda Afg‘onistonni ko‘rsatsa, tavallo qiladi: „Adajo-
nisi, peshanamiz yaraqlagan ekan, yaxshiyam Rahmatillangiz
Termizda xizmat qilyapti...“ Televizomi shartta o‘chirib qo‘y-
sang, xotining, qizlaringni ko‘ngliga gap kelsa... Ko‘raveray
desang... Xayriyat, uch kun awal xat keldi.
„Termizdan
sog'inchli salom. Adajon, opajon, shirin singillarim - Mah-
fuza, Feruza... Men sog'-salomat yuribman, Hech nimadan
kamchilik yo ‘q. Xizmatlar oson. Opal Mendan xavotir ol-
mang. Dekabrning о ‘rtalarida uyga boraman
Bugun nechanchi? 0 ‘n ikkinchi noyabrmi? Bundan chiq-
di, uzog‘i bilan bir oydan keyin.
- Keldingizmo‘, Hamidullaxon. Chaqqon-chaqqon qi-
mirlaydo‘... Xalat qayoqda edi? Ha, mana... E, o‘l-a, piyoz
ivib qolibdi-ku. Bu shogird bolalar g‘irt ahmoq-da! Arzima-
gan to‘rtta qopni panaroqqa olib qo‘yishga eringan. Po‘koni-
dan yel o‘tmagan.
- Oxun aka! Bu bolalar...
- Hamidullaxon uka, bu yoqqa qarang, siznu bir odam
chaqrvatido4. Vayenni odam...
Voyenniysi kim bo‘ldi? Iye, mayor-ku! Savlatidan arava
hurkadi. Nima gunohi bor ekan? Qiziq, quchoqlashga balo
bormi?
- Kechirasiz, o‘rtoq nachaynik... Men sizni...
- Hamid! Tanimading-a?
,,0‘rgildim! Shapka kiyganlarga ko‘zing uchib turuvdi!
Axloq tuzatish koloniyasida xo‘p ko‘rgansan!“
- Qarasang-chi, yaxshilabroq, ,,tajang!“
„Nima, ,,tajang“ dedimi? Axir bu...“
- Maktab esingdami, tajang? Men - Muhammadmi-
norman.
„Shoshma, shoshma... Axir, bu...“
Uzun kechalar
11
-Tanidingmi? Muhammadminor... Men-Muhammadmi-
norman.
- Iye, voy, sen-ey! Voy ,,voyenniy-ey!“ Shoshma, bitta
o‘piy! E, shapkangni yechib turgin-da mundoq, Minorka!
Mana bu boshqa gap!
Axir, bu Muhammadminor-ku. Bumi tovuqnikiga o‘xsha-
gani uchun ,,Minorka“ degan laqab orttirgan, maktabni bitirib
harbiy bilim yurtiga kirgan, endi senlar bilan yigirma besh yil
diydor ko‘risholmayman, deb yig‘lagan Minor...
- Oxun aka! Piyozni bolalar to‘g‘rasin. Biz... bir piyola
choy...
- Shoshma, do‘stim, choy-poying kerakmas. Yur bu yoq-
qa! Vaqt ziq.
,,0‘h-ho‘! Armiyadagi starshinaga o‘xshab prikaz qiladi-
ya, showoz! Pogon bor - zakon bor...„
- Gapimni diqqat bilan eshit. Seni zo‘rg‘a topdim. Mayli,
gap bundamas. Diqqat bilan eshit. Hozir bir joyga boramiz.
G‘ing deb ovoz chiqarmaysan. Yomon bo‘ladi, tushundingmi,
menga yomon bo‘ladi. Voyenvrach sifatida... Bo‘l tez!
„Nega yomon bo‘ladi? Qanaqa voyenvrach? Shoshma,
Minor... Muhammadminoming moyorlik pogonida ilon rasmi
bormi? Bundan chiqdi...,,
- Vaqt ziq! Bugun gospital bo‘yicha men dejurman.
G‘ishtin devor. Panjara darvoza. Devor chetidagi qo‘ng‘i-
roq. Muhammadminorga chest berib, g‘oz qotgan seijant...
- Bitta xalat. Srochno!
Hamidulla xalatni ming mashaqqat bilan yelkasiga ildi.
Yomg‘ir yog‘yapti. Serdaraxt hovli. Dilni g‘ash qiluvchi
pastak g‘ishtin binolar... Ming la’nat, qarg‘a muncha ko‘p!
Muncha nolish qiladi bu maraz maxluqlar!
- Minor! Muhammadminor! Jon do‘stim! Nima gap? Ni
ma bo‘ldi?
- Jim! 0 ‘n birinchi blokka boramiz. Kelishdik, ovozing-
ni chiqarmaysan. Qo‘rqma, hammasi joyida. 0 ‘g‘ling...
12
Do'stlaringiz bilan baham: |