0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
101
di. 0 ‘sha kinoda habash qullar paxtani savatga terayotgani 
tasvirlangan edi... „Bu yerda etakka terishyapti...“
Berdiyev bir balo qildi, motor o‘t oldi.
- Bir minut! - dedi Koryagin hamon paxta terayotgan- 
lardan ko‘z uzmay. - Kim bular?
- Terimchilar... - Berdiyev qo‘lini isqirt dokaga artib, ka- 
potai qarsillatib yopdi.
- Mashina-chi? - dedi Koryagin astoydil ajablanib. -
Nega mashinada termaydi?
- Paxta yalpi ochilmaguncha mashina dalaga tushmay- 
di, - Berdiyev joyiga o‘tirdi. - Bundan tashqari, qo‘l terimi 
toza bo‘ladi.
,,Jiguli“ sekin o‘nglanib, yurib ketdi. Koryagin ortiga qa- 
rab, o‘zidan katta etakni ortmoqlab ketayotgan qizaloqlarga 
yana ko‘zi tushdi. Rahmi keldi.
- Nega bolalar ishlayapti? Kattalar qayoqda?
Berdiyev darhol javob bermadi.
- Ulaming ham o‘z yumushi bor... - dedi mujmal qilib.
„Tushunarli... Bolasini paxtaga haydaydi, o‘zi chayqov-
chilik qiladi. Novosibirskka tarvuz oborib sotadi... Aslida-ku, 
yoshlami qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish hamma yer­
da bor. Moskvada ham kartoshka tergani olib chiqishadi. 
Yuqori sinflami. To‘qqizinchiga ko‘chsa, Natashenkani ham 
chiqaradilar. Balki, musiqa maktabidan spravka berishar -
barmoqlarini avaylashi kerak... 0 ‘ziyam talabaligida kar­
toshka tergan... Yomg‘ir yog‘ib turganida... Loy changallab... 
Bir safar hatto to‘rt yuz kiloga olib chiqqan. Paxta nima...“
- Qanchadan haq oladi?
Berdiyev yaxshi anglamadi shekilli, so‘radi:
-K im ?
- Bolalar. Tergan paxtasiga?
- Kilosi - besh tiyin.
„Yomonmas. Bir kunda besh yuz kilo tersa, naqd yigir- 
ma besh so‘m! Bir oiladan beshta bola paxtaga chiqsa...“


102
О ‘tkir Hoshimov
,,Jiguli“ hamon g‘izillab borardi. Berdiyev bu yoqlami 
yaxshi biladi: „Mahalliy kadr“ „XX partsyezd“ sovxozining 
sobiq direktori Panji Jumanov bilan hamqishloq...
Mashina sovxoz markaziga yetib keldi chog‘i, xiyla 
obod manzara ko‘rindi. Ko‘chaning bir tomoni - gulzor. 
Urush qurbonlariga o‘matilgan didsizgina haykal. Bir yoq­
da ikki qavatli bino. Sovxoz idorasi bo‘Isa kerak, marmar 
,,shuba“ bilan suvalgan. Undan narida tepasiga ,,Chayka“ 
deb yozilgan yozgi kinoteatr. Ko‘cha chetida zamonaviy 
beton simyog‘ochlar. Suvi qurigan sement ariq. Aksariyati- 
ning devori oqlanmagan uylar. Ba’zilarining tomi shifer 
bilan yopilgan.
Tepasida televizor antennasi. Ba’zilari suvoqli tom. Us­
tiga g‘o‘zapoya bostirib qo‘yishibdi. (Shuning uchunmi, 
uylar yanayam pasqam ko‘rinadi.) Dehqon xalqi tadbirli 
bo‘ladi. Bu yoqlarda g‘o‘zapoyani o‘tin sifatida ishlatish- 
lari Koryaganning qulog‘iga chalingan edi. Holbuki, tu- 
man markazidan katta gaz quvuri o‘tgan. Nari borsa, o‘n 
besh chaqirim... Nachora, gazdan ko‘ra g‘o‘zapoyani afzal 
ko‘rsa - o‘zining ishi.
,,Jiguli“ bo‘yog‘i unniqqan darvoza oldida to‘xtadi.
-
Keldik! - Berdiyev mashinadan tushib, darvozaga bor- 
di. - Marhamat! - dedi xuddi o‘z uyiga taklif qilayotgan- 
dek. Darvozani taqillatib o‘tirmadi. Kafti bilan itargan edi, 
bir tavaqasi g‘iyqillab ochildi. - Kiravering, Vasiliy Ste­
panovich.
Koryagin darvozadan kiriboq to‘xtab qoldi. Eh-he, hovli- 
mas, butun boshli ogorod-ku bu! Bemalol ko‘p qavatli imorat 
qursa bo‘ladi! Har kim shunchadan yemi egallab olaversa... 
Razm solib, bir narsani angladi. Hovli katta bo‘lgani bilan bir 
qarich ham bo‘sh joyi yo‘q edi. Bir tomonda pamidor, kar- 
toshka, bodring pushtalari. Bir tomon jo ‘xorizor. So‘talari 
yig‘ib olingan, ammo sarg‘aygan poyalari so‘ppayib turibdi. 
Nariyog‘ olmazor... 0 ‘rik, olcha daraxtlari...



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish