0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
51
za jimib qoldi-da, yana jilmaydi. - Bu yil Laylo ham mak- 
tabga boradi.
Akmal bahona topilganiga suyunib ketdi.
- Shunaqami? Qarang, darrov maktabga boradigan qiz 
bo‘lib qoldimi? - U hamon kulgancha asosiy maqsadga 
ko‘chdi. - Layloga bironta sovg‘a olmoqchi bo‘lib yuruvdim. 
Hali durustroq gaplasha olmadik. Klaraning xabari yo‘q, bu- 
gun men oylik oluvdim. - U cho‘ntagidan pul chiqarib, das- 
turxon chetiga qo‘ydi. - 0 ‘zingiz bironta qishlik kiyim olib 
berarsiz, kelinoyi...
Akmal yolg‘on gapirayotganini, gaplari sun’iy chiqayot- 
ganini bilib to‘xtab qoldi.
Yangasi yarq etib uning yuziga qaradi.
- Rahmat, Akmalxon, - dedi yangasi ohista tovushda. 
Uning ovozida zarda ham, o‘kinch ham yo‘q edi. - Bolala- 
rimning kiyimi yetarli, - dedi u dasturxon popugini o‘ynab. -
Boshqa narsaga zarur bo‘lib qoluvdi... Bilasiz, indinga oyim 
vafot etgan kunlariga o‘n yil to‘ladi. Shunga uzoq-yaqin qa- 
rindoshlami chaqirmoqchiydik. Ozroq yetmay turuvdi...
Akmal seskanib yangasiga qaradi-yu, haykalday qotib 
qoldi. Yangasi hamon dasturxon popugini o‘ynab o‘tirar, 
chamasi, hozir hamma narsani unutib, qaynanasining xoti- 
rasini o‘ylar edi.
TARNOV
Erta bahor edi. Hordiq kuni edi. Kech turdim. Hovliga 
tushsam, havoning avzoyi buzuq. Yuvinib chiqib qarasam, 
tunuka tom peshidagi tamov bir tomonga qiyshayib yotibdi. 
Qishda yog‘gan qor zalvoridan qiyshayib qolgan shekilli... 
Qattiqroq shamol bo‘Isa, tushib ketadigan...
Yo‘lakda yotgan narvonni ko‘tarib kelib tomga tiragun- 
cha tinkam quridi: zax tortib, zildek bo‘p ketibdi.
Narvon zinasiga oyoq qo‘yishim bilan ayvondan onam 
tushib keldi.


52
О 'tkir Hoshimov
-
Nima qilmoqchisan? - dedi ko‘zimga termilib.
- Hozir, - dedim beparvo qo‘l siltab. - Tamov qiyshayib 
qopti.
- Shoshma, bolam, awal choyingni ichib ol...
- Hozir tushaman.
Shunday dedim-u narvonga tirmashdim. Tomga chiqi- 
shim bilan pastdan onamning xavotirli xitobi eshitildi:
- Ehtiyot bo‘l, tom labiga borma!
- Uyga kirsangiz-chi! - dedim og‘rinib.
Tunuka tomni taraq-tumq bosib, qiyshaygan tamov ol- 
diga keldim. Uvallo urinaman, tamov la’nati o‘nglansa qani! 
Zanglab ketganmi, bo‘yog‘i yopishib qolganmi...
Aksiga olib, yomg‘ir shivalay boshladi. Avvaliga tom- 
chilab turdi-da, keyin shiddat bilan yog‘ib ketdi. Tom labi- 
da o‘tirgancha, tamovni qo‘shqo‘llab surishga urindim. Qilt 
etmaydi!
Pastdan yana onamning ovozi keldi:
- Menga qara, bolam!
Narvon oldiga qaytib keldim.
- Nima deysiz?
- Jon bolam, mana buni kiyib olgin...
Qarasam, onam bir qo‘li bilan narvonni changallagan- 
cha, ikkinchi qo‘lida to‘n ushlab turibdi. Yupqa ro‘moli, 
nimchasi ho‘l bo‘lib ketgan...
Xunobim oshdi.
- Hozir tushaman, dedim-ku! Men yosh bolamanmi?
- Shamollab qolasan!
- Obbo! Siz uyga kiravering! Hozir tushaman.
Shunday deb, tag4 in tamov oldiga qaytdim. Jahd bilan
tamovni mushtlay boshladim.
Bir mahal pastdan yana ovoz keldi:
- Ada! Adajon!
- Ha! - dedim battar xunob bo‘lib.
- Varragim yirtildi!



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish