0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
39
- Mayiz, - dedi sekin.
Shundagina Iskandaming xayoliga keldi: „Pulini berish 
kerak“.
- Shoshmang, - dedi cho‘ntagini kavlab. - Necha pul 
bo‘ladi?
Yigit to‘xtab qoldi. Hayron bo‘lib unga tikildi.
- Necha so‘m? - dedi Iskandar ovozi xirillab.
Yigit negadir yerga qaradi.
- Otinoyim... - Shunday dedi-yu, u yog‘ini gapirmadi. 
Ko‘ziga shu qadar ma’noli tikilib qaradiki, Iskandar beixtiyor 
pulni qaytib kissasiga soldi. Yigit ohista burildi-da, indamay 
ketaverdi. Qiziq, nima demoqchi bo‘ldi u? „Otinoyim mening 
ham onam edi, sen pastkash hamma narsani pulga chaqa- 
sanmi?“ dedimi? Kim o‘zi bu yigit? Nimaga Iskandar uni ta- 
nimaydi? Umuman, o‘zidan boshqa - Iskandar Vahobovichdan 
boshqa kimni taniydi?
Bir mahal u kavshandozda Kelinoyi imlab chaqirayot- 
ganini ko‘rdi. Paranjili yuvg‘uvchi oqsoqlanib zinadan 
tushib kelardi. Kelinoyi yoshdan qizargan ko‘zlarini Iskan- 
darga tikdi.
- Otinoyimning ziraklarini yuvg‘uvchiga berdik, - dedi 
sekin. - 0 ‘zlari vasiyat qilgandilar.
,,Yuvg‘uvchi“, „vasiyat...“ Bu so‘zlar Iskandarga xunuk, 
sovuq eshitilar, go‘yo bu gaplar hammasi yolg‘ondek, tushida 
bo‘layotgandek edi. Hozir uyg‘onib ketadi-yu, yengil tortadi.
- Mana... Olib qo‘ying...
Iskandar merovsirab Kelinoyining qo‘liga qaradi. Ikki 
lo‘ppi choy. ,,Indiyskiy“.
- Ikkitasini yuvg‘uvchiga berdik. Rozi bo‘ling. - Kelino­
yi titrayotgan labini tishladi. - To‘rtta edi. Sakkizinchi martda 
olib kelgan ekansiz. Otinoyim... Otinoyim... - Kelinoyi enti- 
kib qoldi. - Barkash orqasiga berkitib qo‘ygan edilar. Birov 
kelsa, Iskandar obkelgan choydan damlang, dutor chalib tur- 
gan choydan, derdilar. Men boshqa choy damlardim. Bunisi-


40
О 'tkir Hoshimov
ni Otinoyim har kuni hidlab-hidlab barkash orqasiga bekitib 
qo‘yardilar.
Iskandar boshi g‘uvullab borayotganini, hozir yiqilib ke- 
tishini his etib turardi. Kelinoyi „dutor chalib turgan“ hind 
choyini peshayvon taxtasiga qo‘ydi. Burnini torta-torta yig‘- 
lagancha ko‘ylagining yoqasidan qo‘yniga qo‘l suqib, eski 
gazeta qog‘oziga o‘rog‘lik allanima chiqardi.
-
Olib qo‘ying, - dedi qog‘ozni uzatib. - 0 ‘limligim deb, 
yostiqlarining orasiga tiqib qo‘ygan edilar. Siz tashlab ket­
gan ekansiz. Yuvg‘uvchining haqini berdik. Bunisi - qolgani. 
Sanab oling.
U gazeta qatini ochib, mayda-yirik aralash pullami Iskan- 
darga uzatdi.
Qachon, qachon shuncha pul bergandi u onasiga! Bu 
qandoq bedodlik! Shu kunidan ko‘ra onasi emas, o‘zi oigani 
yaxshi emasmidi!!! Onasi bir so‘mlab yig‘gan pensiya pulini 
ham Iskandarim berdi degan. Shu gapga o‘ziyam ishongan, 
boshqalarniyam ishontirgan. Qani endi ko‘kragini shundoq 
yirtsa-yu, yuragini sug‘urib olib yerga uloqtirsa!
Ich-ichidan otilib kelgan bo‘g‘iq yig‘idan titrab, pulni 
tashlab yubordi. Bir dasta pul parishon pirpirab kavshavdoz- 
ga tushdi.
...Iskandar hovliga, undan уоЧакка otildi. Uzun atlas lo- 
zim kiygan qandaydir kelinchak tor уоЧакка ,,shakarob“ qilib 
suv separ, sachratmaslik uchun qo‘lidagi paqimi borgan sayin 
pastroqqa egar edi. Ochiq darvozadan zabardast yigit kirib kel- 
di. Iskandar uning aftini ko‘rmadi. Yigit maykachan yelkasiga 
yo‘l-yo‘l dasturxon tashlab olgan, yelkasi aralash gardaniga 
ortilgan bir qop un zalvari ostida ikki bukilib kelardi. Iskandar 
bir tomonga, suv sepayotgan kelinchak bir tomonga chetlab 
yo‘l berishdi. Yigit yalang oyoqlarini gurs-gurs bosgancha 
Iskandaming oldidan o‘tib, hovliga kirib keldi.
Iskandar darvozadan chiqdi-yu, to‘xtab qoldi. Eshik oldiga 
tumonat odam to‘plangan, tor ko‘chaga mashina sig‘may ket-



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish