0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
43
Endi katta ko‘cha odamga to‘lib ketgan, orqada trolley­
bus to‘xtab qolgan, ro‘paradan kelayotgan yengil mashinalar 
chekkaga chiqib to‘xtar, haydovchi ham, yo‘lovchilar ham 
shu tomonga yugurishar edi.
-K im ?
- Otinoyim!
- Iye!
Ko‘chada harakat butunlay to‘xtab qoldi. Burilishga yet- 
ganlarida Iskandar beixtiyor orqasiga qaradi. Odamlar oqimi 
ikki bekat orasiga cho‘zilib, butun ko‘chani to‘ldirib kelar, 
tobut ulaming yelkasida osoyishta tebranib borar, oqim- 
ga esa yangidan yangi odamlar kelib qo‘shilar, qo‘shilar, 
qo‘shilar edi...
YANGA
Akmal qo‘ng‘iroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz 
eshitildi:
- Ana, Akmalxon keldilar.
,,Kelinoyim“, deb o‘yladi u yangasining ovozidan tanib.
Yangasi negadir uning nomiga ,,xon“ qo‘shib gapirardi.
Akmal yangasining kelganidan quvondi. Har safar uni 
ko‘rsa onasini ko‘rgandek bo‘lardi.
Eshikni yangasining o‘zi ochdi. Akmalning yelkasidan 
quchoqlab ko‘rishdi. U yashil jemper kiygan, shtapel durra 
o‘rab olgan, qoracha, ozg‘in yuzida iymalanuvchan tabas- 
sum bor edi. Akmal uning qo‘lidagi oddiy xo‘jalik sumkasi- 
ni ko‘rib, ketishga hozirlanayotganini payqadi.
- Nega otlanib oldingiz? - dedi astoydil ranjib.
- Bolalar yolg‘iz, - dedi yangasi tuflisini kiyarkan. -
Qorong‘i tushmasdan bora qolay.
- Akam bor-ku, - dedi Akmal hamon uning ketishini 
xohlamay.
Yangasi yana iymangan qiyofada jilmaydi.
- Choyxonaga chiqadilar, bilasiz-ku.


44
О ‘tkir Iloshimov
Yonbosh tomondagi oshxonadan parcha gulli xalat kiy­
gan, oldiga kleyonka fartuk tutgan Klara chiqdi.
- Ovqatga qoling desam, ko‘nmayaptilar, - dedi u goh 
eriga, goh ovsiniga qarab.
- Mayli, o‘zinglar boringlar, - yangasi eshik tutqichidan 
ohista tutib, tashqariga chiqdi.
Akmal uni zinadan kuzatib qaytib kirganida oshxonada 
jiz-biz eshitilar, uyni piyozdog‘ hidi tutib ketgan edi.
- Kelinoyim qachon keluvdi? - so‘radi u go‘sht qovura- 
yotgan xotinidan.
Klara achishgan ko‘zini kaftining orqasi bilan artib, unga 
yuzlandi.
- Yaqinda.
- Biron yumushi bor ekanmi?
- Nima yumushi boiardi, pul so‘raydi-da...
Akmal xotinining ovozidagi pichingni payqab, ko‘ngli 
ranjidi.
- Necha marta pul so‘radi sizdan? - dedi zarda bilan.
Klara kapgimi taraqlatib stolga tashladi.
- So‘ramasa, endi so‘raydi. Bir marta bersangiz, kelave- 
radi. Nima, bizning pul zavodimiz bormi?!
Klara oilasida yolg‘iz qizligi uchunmi, kelin bo‘lib tush- 
gandayoq ovsinini xush ko‘rmagan edi. Seksiya olib bu yoq- 
qa ko‘chib kelishguncha ancha mayda-chuyda gaplar o‘tgan, 
ulaming ko‘piga xotini sababchi bo‘lganini Akmal bilardi, 
ammo indamagan edi. Hozir g‘ashi keldi.
- Bizning pulimizga zor qaqshab qolgan joyi yo‘qdir, -
dedi ovozi bo‘g‘ilib. - Bir narsaga kerak bo‘lib qolgandirki, 
so‘ragandir.
- Nega zoriqadi?! Eri ishlaydi, o‘zi ishlaydi. Rejasi bilan 
ishlatsin! - Klara gap tamom, degandek indamay burilib qo- 
zonini kavlashga tushdi.
Akmal xotinining xalat ostidan tirsillab turgan bo‘liq yel- 
kalariga, kapgimi chaqqon aylantirayotgan tilla uzukli qo‘li-



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish