Fanning maqsad va vazifalari
Hozirgi kunda umumiy mikrobiologiyadan mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot jarayonini, molekulyar, hujayra bosqichlarida o‘rganilmoqda. Ishchi dasturda mikroorganizmlarning tasnifi, rejasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar tayyorlash jarayoni, ekologiyasi, tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta’siri, immunobiologik tibbiy preparatlar to‘g‘risidagi ta’limotlar yoritiladi.
Mikrobiologiya fanida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning morfologiyasi, fiziologiyasi ularning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, kasalliklarning klinikasi, epidemiologiyasi, spetsifik diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari o‘rgatiladi. Ishchi dasturda farmatsevtik mikrobiologiya asoslari: dorivor o‘simliklarning, xom-ashyoning mikroorganizmlar ta’sirida o‘zgarishi, dori tayyorlash jarayonida mikroorganizmlar bilan ifloslanishi, dori ishlab chiqarishda aseptika, antiseptika, dezinfeksiyaning moxiyati, immun preparatlar tayyorlash texnologiyalariga alohida o‘rin berilgan. Ishchi idasturda mikrobiologiya fanining asoslari zamon talablari asosida o‘z aksini topgan.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabalar o‘quv jarayonida mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida patogen agentlarni ajratib olish, identifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni bilishi kerak.
Har xil sinfga kiruvchi mikroorganizmlarning umumiy yashash qonuniyatlarini bilgan holda har xil yuqumli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasini o‘zlashtirib bilishi kerak.
Mikrobiologiya fanini o‘rganish davrida provizor va farmatsevtning kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati amaliy faoliyati shakllanadi. Talabalar mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‘yicha dori moddalarning sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik preparatlarni ishlata bilish, dorivor o‘simliklarni antimikrob xossalarini o‘rganib, yangi dori mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni ish jarayonida qo‘llaydilar.
Mikroorganizmlarning morfologiyasi, tuzilishi va makroorganizm bilan o‘zaro munosabatlarini bilishi kerak, o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‘rsatmalar yordamida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
- surtma preparatlarini tayyorlash;
- tayyor surtmalarni bo‘yash usullarini bilish;
- mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‘llay olish;
-bakteriyalarni ozuqa muhitlariga ekish va o‘sish ko‘rsatgichiga qarab ta’rif berish;
- antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish;
- mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qilishni bilishlari ke rak;
- yuqumli kasalliklarni klinik belgilariga qarab uning davrlarini bilish va taxminiy tashxis qo‘yish;
-epidemik va pandemik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni oldini olish chora tadbirlari, profilaktikasini bilishlari kerak.
Organizmni himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning mohiyatini bilgan holda immun patologik xolatlarga to‘g‘ri baho bera bilishi kerak. YUqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‘yish asoslarini chuqur bilishi kerak. YUqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarning ishlatilishi va axamiyatini bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |