3.Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar
Viruslarning o‘ziga xos xossalari, ularning rejasi, reproduksiyasi jarayonlari haqida ma’lumot berilib morfologik, biologik xossalari bayon etiladi. Viruslar genetikasida rekombinatsiya jarayonlari yoritiladi. Viruslarning integrativ o‘zaro ta’siri kulturalash indikatsiyasi tushuntiriladi. Bakteriofaglar, ularning xossalari, bakteriya xujayralari bilan o‘zaro ta’siri, faglarning amaliyotda qo‘llanilishi bayon etiladi
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat.
4.Dorivor o‘simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari
Dorivor o‘simliklar normal mikroflorasi, dori xom ashyosining mikroorganizmlar bilan ifloslanish manbalari to‘g‘risida ma’lumot berilib, dori preparatlari tayyorlashda sanitar rejimga rioya kilish, sanitar mikrobiologik tekshirish usullarini qo‘llash asoslari, steril dori turlari, dori preparatlarining sterilligini aniqlash usullari tushuntiriladi. Mavzuda steril bo‘lmagan dori preparatlarini mikrobiologik tozaligini o‘rganishga alohida ahamiyat beriladi
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat.
5.Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Odam organizmining normal mikroflorasining axamiyati. Teri. og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon ichak yo‘li mikroflorasi, nafas yo‘llari mikroflorasi axamiyati yoritiladi. Suv, tuproq va xavoda uzoq saqlanuvchi, kasallik tarqatuvchi, sanitar ko‘rsatgich mikroorganizmlar xaqida tushincha beriladi
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat.
6.Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari
Infeksiya jarayonining tasnifi bilan boshlanib, infeksion kasallik, parazitizm, patogenlik, virulentlik, kontaminatsiya to‘g‘risida ma’lumot, yuqumli kasalliklarning rivojlanish davrlari, ularga ta’sir etuvchi faktorlar, makro va mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlari bayon etiladi. Mavzu bakterial toksinlar, ularning turlari, toksinlar, sepsis, epidemiologik tushunchalar to‘g‘risidagi ta’limot bilan yakunlanadi. Infeksiya turlari. Infeksion jarayonlarning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm, tashqi muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, aqliy xujum, blits, o’z-o’zini nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |