Metodik ko’rsatmalar
Tekshirish uchun material: najas, tamoq chayindisi, likvor. Enteroviruslar kasallikning daslabki kunlarida (3-kun) qo’zg’atuvchi halqum burindagi ajralmalarda uchraydi va 10 kunidan boshlab najas orqali ajraladi.
Virusologik tekshiruv. Patologik material hujayra kulturasiga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish uchun antibiotiklar bilan (pensillin, streptomisinning Xenks eritmasidagi aralashmasi 1000 TB ml) 4º S da bir sutka davomida saqlanadi. So’ngra kontrol sifatida ularni sterilligi tekshiriladi. Agar najas suspenziyasida bakteriyalar bo’lmasa, u hujayra kulturasiga yuqtiriladi. Agar bakteriyalar materialda saqlanib qolingan bo’lsa u yana antibiotiklar bilan qayta ishlanib kiyin yuqtiriladi. Patologik material bir vaqtni o’zida 2-3 ta probirkadagi birlamchi hujayra kulturasiga (odam embrionining yoki maymun buyragi hujayrasi) va undiriluvchi hujayra (HeLA qatori, odam amnioni va boshqa) kulturalariga yuqtiriladi, chunki enteroviruslarning bir turi birlamchi, boshqalari undiriruvchi hujayralarda yaxshi ko’payyadi. Material yuqtirilgan hujayra kulturalari
DNK saqlovchi viruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bularga 7 ta oila (Herpesviridae, Poxviridae, Adenoviridae, Papavaviridae, Parvoviridae, Hepadnaviridae, Circinoviridae) kiritilgan.
DNK saqlovchi viruslarning asosiy xususiyatlaridan biri ular ho’jayin hujayralarini genomiga integrasiya bo’lib olishi mumkin va sekin rivojlanuvchi (persistiruyuщix) infeksiyalarni keltirib chiqaradi.
Poksviruslardan tashqari hamma vakillarining replikasiyasi hujayraning yadrosida kechadi.
Gerpesviruslar oilasiga kenja (Alphaherpesviruses, Betahherpesviruses va Gammaherpesviruses) oilalar kiradi. Gerpesviruslarning asosi kasallik keltirib chiqaruvchi tiplari jadvalda keltirilgan. Gerpesviruslar murakkab tuzilishga ega bo’lib ikki ipli ancha katta DNK molekulasidan
iborat bo’lib 18% qisqa va 82% uzun komponentlar tutadi. Boshqa kiyingan viruslardan farqlanib gerpesviruslarning superkapsidi hujayra yadrosi fragmentlaridan tarkib topgandir, chunki yangi hosil bo’layotgan virus bo’lakchalari yadro membranasidan ajralib chiqadi. Superkapsid va kapsid oralig’ida ipsimon qobig’ bo’lib virus kapsidini superkapsitdan ajratib turadi. Kapsidi 162 kapsomerdan tashkil topgan bo’lib shakli ikosaedr ko’rinishida (rasm 91). O’lchami 150-200 nm. Gerpesviruslar tashqiy muhit omillariga va organik erituvchilarga o’ta chidamsiz.
Gerpesviruslar tovuq embrioni xorionallantois qobig’ida yaxshi ko’payib nekrotik yallig’lanish o’chog’ini hosil qiladi. Bundan tashqari odam embrioni o’pka, buyrak to’qimalaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida ham yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra ichida kiritmalar va ko’p yadroli simplast hujayralari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |