Paragripp viruslari (PV). Odamlarda yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatlarida paragripp kasalligini (para-oldida, yunoncha) keltirib chiqaradi. Kasallik qo’proq bolalarda va bolalar kolektivlarida kuzatiladi. Bolalarda kasallik larengotraxeobranxit ko’rinishda o’tib, yolg’on krup deb ham ataladi (1,2 tiplari chaqiradi). Virusning 3 tipi bir yoshgacha bolalarda bronxit va zotiljam kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Epitparotit virusi (tepki). O’tkir yuqumli infeksion kasallik bo’lib asosan quloq oldi bezini jarohatlab, ko’pincha birdan (epidemik vspishka) bolalar kollektivlarida epidemik boshlanishi mumkin. Epitparotit virusini bita serovari uchraydi.
Qizomiq virusi (QV) . Virus dastlab yuqori nafas yo’lidagi epitelial xujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko’payadi, so’ngra qonga tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida terida toshmalar paydo bo’ladi. Ayrim hollarda virus markaziy nerv sistemasiga borib ensefalomielitni keltirib chiqaradi. Virus tovuq embrionida ko’paymaydi. Uni odam va maymun embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko’paytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, KB, Vero va boshqalar) sitopatik ta’sir ko’rsatib ko’payadi. Natijada simplastlar, ya’ni ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida asidofil, yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib QV tarkibida neyrominidaza uchramaydi.
Adenoviruslar (yunoncha adeno- bez) o’tkir infeksion jarayonni keltirib chiqaradi, asosan yuqori nafas yo’llari, ko’z, ichak va limfoid to’qimalarni jarohatlaydi.
Adenoviruslarning 34 ta serovarlari uchraydi, oddiy tuzilishga ega, virion ikki ipli chiziqli infeksion DNK tutadi.Virusda superkapid uchramaydi, shuning uchun tashqiy muhit omillariga (efir, spirt) o’ta chidamli (rasm 88).
Laboratoriya sharoitida adenoviruslar odamlardan olingan epiteliy hujayra kulturalarida intinsiv ko’payyadi. Virus replikasiyasi yadroda ro’y beradi. Virusning sitopatik effekti yuqtirilgandan so’ng 1-7 kunlari na’mayon bo’ladi va hujayralar yumoloqlashuvi, ularning bir birlari bilan birikishi oqibatida uzum shingiliga o’xshab yig’ilib qoladi. Hujayra yadrosida DNK tutuvchi spesifik kiritmalar paydo bo’ladi. Adenviruslar tovuq embrioni va laboratoriya hayvonlari uchun patogen emas. Ba’zi bir serovarlari onkagen xususiyatga ega.
O’tkir respeator virusli yuqimli kasalliklarning diognostikasida ekspress, virusologik va serologik usullar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |