6. Talabalarning mustaqil bajarishlari uchun vazifalar.
1. Noto’g’ri gemagglutinasiya reaksiyasini qo’yish.
2. Davolash uchun ishlatiladigan preparatlarni o’rganish.
7.Talabalarning o`z ustida ishlashi uchun lozim bo`lgan metodik qo`llanma (Nazariy qism)
Zamburug’lar sistematikasi va biologiyasi
Mikologiya fanining rivojlanishi va zamburug’lar sitologiyasi, kimyoviy tarkibi, irsiyati va boshqa xususiyatlari to’g’risida yangi-yangi ma'lumotlarning yig’ilishi natijasida ularning tirik organizmlar olamidagi sistematik o’rni ham o’zgarib bormoqda va mumkin qadar chuqurroq, aniqlanmoqda. Hozirgi vaqtda zamburug’lar katta eukariotlar olamiga kiradi, bu o’z navbatida ikkita mustaqil Mycota zamburug’lar olamiga bo’linadi. Bular yana ikkita bo’limga: Muxomukota va haqiqiy Eumykota zamburug’lariga ajraladi. Bular ham o’z navbatida anamorf (jinssiz) va telemorf (jinsiy) rivojlanish, bosqichlariga ko’ra yettita sinfga: Chrytridiomycetes, Huphochrytridiomycetes, Oomycetes, Zygomycetes, Ascomycetes, Basidomycetes va Deuteromyceteslarga bo’linadi.
Patogen zamburug’larning ko’pchiligi deyteromitset sinfiga kiradi. Ularning giflari septali bo’lib, vegetativ hamda konidiylar (ekzosporalar) yordamida jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Bular o’z navbatida sinf, tartib, oila, urug’, tur va shtammlarga bo’linadi. Shulardan ayrimlari saprofitlar, ba'zilari o’simliklar, hayvonlar va odamlarda 1 kasalliklarni keltirib chiqaradi, ya'ni patogendir. Hozirgi vaqtda zamburug’larning 100 dan ortiq patogen turlari ma'lum.
Morfologiyasi va tuzilishi. Zamburug’lar yosh kul`turasining hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, yetilgan hujayralari esa noksimon, duksimon va amyobaga o’xshash bo’lishi mumkin. Ko’pchiligi esa silindrik hujayralarining birlashishidan mitseliy hosil qiladi. Zamburug’lar tuzilishi bo’yicha suv o’tlariga o’xshash bo’lib, ajralib turadi, bir yoki bir necha yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Yosh kulturalarning sitoplazmasi gomogen bo’lib, yetilganlari donachalardan tashkil topgan. Sitoplazmasida mitoxondriya, Golji apparati, vakuola, turli kiritmalar (glikogen, volyutin, linid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar) bor.
Zamburug’lar hujayrasining struktural komponentini mitseliylar tashkil etadi. Ular shoxlangan rangsiz, yo’g’onligi 1-10 mkm, uzunligi 4- 70 mkm, iplardan (giflardan) iborat. Zamburug’larning ayrim turlaridagi mitseliylar bo’g’insiz hujayralardan (Mucor), ayrim oliy zamburug’lar mitseliylari ko’p hujayra, achitqisimon zamburug’larda esa (Candida) soxta mitseliylar bo’ladi. Ayrim zamburug’larda konidorflar murakkab bo’lib, o’ziga xos mikroskopik tuzilishga ega. Masalan: Aspergillus koidorflari gifning uchida joylashgan bo’lib, pufakchaga o’xshaydi va ularda shishasimon o’simtalar - terigmalar o’sib chiqadi. Ulardan esa konidiylar paydo bo’ladi. Penicillium Fusarum, Microsporum zamburug’larning uchlarida pufakchalar hosil bo’lmaydi.
Dermatomikoz qo’zg’atuvchilarning ikki yonida joylashgan mikrokonidiylar aleyriyalar deyiladi. Ularning barcha sporalari jinssiz, vegetativ yo’l bilan hosil bo’ladi, ammo sporalar jinssiz yo’l bilan, ya'ni gaploid xromosomalarga ega bo’lgan ikkita yadroning qo’shilishi natijasida ham hosil bo’ladi.
Zamburug’larda jinsiy yo’l bilan ko’payish usuli har xil. Sodda Zamburug’lardagi jinsiy yo’l bilan hosil bo’ladigan sporalar oosporalar va zigosporalar, yuqori-murakkab zamburug’dagilarni esa askospora va bazidosporalar deyiladi. Hozirgi vaqtda zamburug’larning vegetativ va jinssiz yo’l bilan ko’payishi anamorf va jinsiy yo’l bilan ko’payishini telemorf deyiladi. Sun’iy muhitlarda o’stiriladigan zamburug’lar morfologiyasi polimorfizm xususiyatiga ega, ammo patologik materialdan olingan zamburug’larda esa bu xususiyat kamroq namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |