£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


>  Soliqlarni tartibga solish.   Manifestda



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

>  Soliqlarni tartibga solish.

 

Manifestda 



>  Turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis tashkil

 

berilgan 

qilish.

 

va‘dalar 



>  Maorif, tibbiyot, sud tizimlarini yaxshilash.

 

>  Ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish.

 

Biroq  amirlikning  mutaassib,  hukmron  doiralari  tish-tirnoqlari  bilan  bunga 



qarshilik  ko’rsatdilar.  Ular  islohot  tarafdorlariga  nisbatan  ochiqdan-ochiq  shahar 

ko’chalarida  qirg’in  uyushtirdilar.  Ko’plab  islohotchilar  Buxoroni  tark  etishga  majbur 

bo’ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo’li baland keldi.

 

Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi  Buxoro  amirligi 



uchun  ham  jiddiy  siyosiy  vaziyatni  vujudga  keltirdi.  Negaki,  sotsialistik  inqilob 

g’oyasini  boshqalarga  yoyishga  intilgan  bolsheviklar  chegaradosh  Buxoroni  o’z 

mo’ljaliga olgandilar. Xususan 1918 yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga 

kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati 

raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918 yil 2 martida Kogon temir yo’li 

yoqalab  qizil  qo’shinlar  interventsiyasini  uyushtirdi.  Bunga  javoban  Buxoro  amiri 

xalqni  g’azovotga  chorlab,  o’z  qo’shinlari  va  g’azabga  kelgan  aholini  urushga 

safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa 

amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o’ch olishi uchun 

bahona bo’ldi. Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in qilindi. Bolsheviklarinipg bu 

avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jaevning guvohlik 

berishicha, bu qirg’inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon 

bo’ladi.

 

Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, 



buning uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga 

solish, ulardan ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida 

bo’ldilar.  1918  yil  sentyabrida  Toshkentda  Buxoro  muhojirlari  tomonidan  Buxoro 

kompartiyasi va uning Markaziy Qo’mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o’rinbosari M. 

Qulmuhammedov).  1920  yil  yanvarida  Toshkentda  F.  Xo’jaev  boshchiligida  “Yosh 

buxorolik  inqilobchilar  partiyasining  Turkiston  Markaziy  byurosi”  tashkil  etiladi  va 

Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e’tirof etiladi.

 

Yosh  buxoroliklar  partiyasi  ishlab  chiqqan  dasturda  tez  vaqt  ichida  despotik 



tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub 

manfaatlarini  ko’zlab  ko’plab  ijtimoiy-demokratik  o’zgarishlarni  amalga  oshirish 

vazifalari bayon etilgan edi.

 

Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920 yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan 



«Uchqun»  gazetasida  ham  ilg’or  demokratik  g’oyalar  ilgari  surildi.  Buxoro  xalqi 

amirning hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib 

borildi.

 

Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag’darish edi. Uning rasmiy 



hujjatlari, ko’rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan

 

209



 


boshlanishi  uqdirilgan  edi.  Shu  bilan  birga  amirlikni  ag’darish  uchun  zarur  harbiy 

tayyorgarlik ham ko’rildi. Frunze boshliq Turkiston fronti qo’mondonligi tomonidan 1920 

yil  iyun  o’rtalaridayoq  zamonaviy  qurol-aslahalar  bilan  qurollangan  qizil  qo’shinlar 

Buxoro  chegaralariga  keltirib  qo’yilgan  edi.  Ayni  paytda  amirlikni  ag’darish  uchun 

M.Frunze,  V.Kuybishev,  N.To’raqulov,  N.Husainov,  F.Xo’jaevlar  tarkibida  harbiy-

inqilobiy byuro tashkil etiladi.

 

1920  yil 29 avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi g’alayon boshlandi va 



Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgilangan kelishuvga binoan 

darhol sovet hukumatidan «yordam so’rab» murojaat qiladi. Bu sovet qo’shinlarining 

Buxoroga qarshi urush harakatlarini boshlashiga bahona bo’ladi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sovet qo’shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil 



askar, 40 ta to’p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zixrli avtomobil, 5 ta zixrli poezd va 12 ta 

samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo’shini bilan birga hujum harakatlarida 5 

ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobchi tuzilmalar” ham ishtirok etdilar.

 

Amir  lashkari  son  jihatidan  ko’p  bo’lgani  bilan  (20  mingga  yaqin), biroq  uning 



qurollanish  darajasi  qizillarga  nisbatan  ancha  zaif  holda  edi.  Hujumga  tashlangan  sovet 

qo’shinlari amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, 

Buxoroga  tomon  siljib  bordilar.  Buxoro  va  uning  aholisi  sovetlar  hujumi  chog’ida 

mislsiz zarar ko’rdi. Shahar ko’p bor havodan bombardimon qilindi. Uning ko’plab 

noyob osori atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi.

 

Amir Olimxon 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt 



sovet qo’shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy 

qo’mitasi  qo’liga o’tdi.  1920  yil  14 sentyabrda  BKP MQ  va  Muvaqqat  Butunbuxoro 

Inqilobiy  qo’mitasining  birlashgan  majlisi  bo’ldi.  Majlisda  A.Muhitdinov  boshchiligida 

qonun chiqaruvchi oliy organ – Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi va Fayzulla Xo’jaev 

raisligida  Xalq  Nozirlar  Kengashi  (hukumat) tuzildi.  O’sha  yilning  6-8 oktyabr 

kunlarida  I  Butunbuxoro  qurultoyi  bo’lib  o’tdi.  Unda  Buxoro  Xalq  Sovet 




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish