£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 Urushdan keyingi yillarda ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

3. Urushdan keyingi yillarda ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi 

zo‘ravonligining ko‘chayishi

 

Urushdan  keyin  mamlakatda  rahbarlik  qilish  usullari  normal  holatga  o’tadi,  tinch 



qurilishga  moslashtiriladi,  ijtimoiy  -  siyosiy  hayot  demokratlashtiriladi,  degan  orzu-

niyatlar  ro’yobga  chiqmadi.  Aksincha  iqtisodiyotda,  ijtimoiy  -siyosiy  va  ma’naviy 

hayotda  ma’muriyatchilik  kuchaydi.  Mamlakatni  boshqarish  partiya-davlat  apparatida 

rahbarlik  lavozimlarini  egallagan  tor  doiradagi  xodimlar  tomonidan  tayyorlanadigan, 

shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga 

oshiriladigan bo’lib qoldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan 

totalitar  tuzum  Kremlda  o’tirganlarga  mamlakatni  farmon  va  qarorlar  bilan  boshqarish 

imkoniyatini berardi.

 

Respublikalarning,  jumladan,  O’zbekistonning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy 



sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani 

ta’minlashda  rus  halqi  asosiy  rol  o’ynadi,  degan  mash’um  g’oyasi  butun  malakatni 

ruslashtirish  siyosatiga  aylandi.  Ommaviy  axborot  vositalari,  Kompartiya  va  komsomol 

tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb barala targ’ib qila boshladi .

 

Sovet  hokimiyatining  dastlabki  yillaridanoq  boshlangan  qishloq  aholisini  erdan 



mahrum  qilish jarayoni urushdan keyin ham  davom etdi. 1946  yil sentyabrda VKP(b) 

MQ va SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish 

choralari to’g’risida» qarori e’lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300 

tashkilotga  yordamchi  xo’jalik  sifatida  berib  qo’yilgan  6  ming  gektar  erni  kolxozlarga 

qaytarish,  kolxozlardagi  boshqaruv  apparati  shtatidan  51  ming  kishini  qisqartirish  kabi 

ijobiy  ishlar  bilan  birga  jiddiy  xatoliklarga,  adolatsizliklarga  yo’l  qo’yildi.  Kolxozlar 

manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 

50  ming  kolxozchi  oilasi  qo’lidagi  tomorqa  erlaridan  25  ming  gektari  ustavda 

belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a’zo 

bo’lmagan  20  ming  xo’jalikning  go’yo,  «qonunga  hilof»  ravishda  egallagan  2,5  ming 

gektar erlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini erdan mahrum etish jarayoni 50 - yillarda 

ham  davom  etdi.  Bu  tadbirlar  turmushi  nochor  bo’lgan  qishloq  aholisining  ahvolini 

yanada  og’irlashtirdi.  Bunday  adolatsizlikka  hech  kim  qarshi  chiqa  olmadi.  Qishloq 

xo’jalik artelining odamlardan so’ramasdan tuzilgan nizomini o’zgartirishni, nizom

 

266


 


qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, 

qishloq  aholisining  o’zi  ham  ko’tarib  chiqa  olmadi.  Negaki,  totalitar  tuzum  hammani 

jilovlab olgan edi. Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi.

 

Totalitar  tizimning  eski  kasali  yana  qaytalanib,  sovet  jamiyati  urushdan  keyin 



boshdan  kechirayotgan  benihoya  og’ir  iqtisodiy  qiyinchilik,  ma’naviy-ruhiy  kemtiklik, 

o’tkir  ijtimoiy-siyosiy  tanglik  sharoitida  mamlakatda  hech  bir  norozilik,  tushkunlik 

holatlarga izn bermaslik maqsadlarida bir yoqlama qattiqqo’l siyosat yuritish yo’lini tutdi. 

Bunda  kommunistik  mafkura  bosimini  ayni  chog’da  Markazda  va  joylarda,  xususan 

milliy respublikalarda butun choralar bilan kuchaytirishga asosiy urg’u berildi. Hukmron 

kompartiyaning bu boradagi makkorligi shundaki, u keng milliy hududlar aholisini, uning 

ilg’or,  o’qimishli,  ziyoli  kuchlarini,  mahalliy  milliy  kadrlarni  doimiy  tahlikada  tutish, 

siltab  turish,  itoatda  saqlash  uchun  bu  yangi  qatli  om  mavsumini  avvalo  Markazdan 

boshlashni  maqbul topdi.  Xususan  1946-1948  yillarda  VKP(b)  Markazqo’mi  tomonidan 

adabiyot,  san’at,  ilm-fan  sohalarida  o’tkazilgan  bir  qator  anjumanlar,  bahslar  va  ular 

yuzasidan  qabul  qilingan,  mohiyatan  «g’oyasizlik  va  kosmopolitizmga  qarshi  kurash 

ruhi»  bilan  sug’orilgan  talay  «muhim»  qarorlar  va  hujjatlar  qatag’onlikning  yangidan 

boshlanib, avj olishiga sabab bo’ldi.

 

Masalan, VKP(b) MQning 1946 yil fevralida qabul qilgan «Zvezda», «Leningrad» 



jurnallari to’g’risida, so’ngroq «Katta hayot» kinofilmi, V.Muradelining «Buyuk do’stlik» 

operasi to’g’risidagi qarorlari bunga turtki bo’lib xizmat qildi.

 

Shu asosda 30-yillar mash’um qatag’onligining davomi sifatida ilg’or, mustaqil 



fikr yurituvchi, yurt, millat manfaatlarini o’ylovchi, qayg’uruvchi, shu ruhda ijod qiluvchi 

ziyolilarni  ham  Markazda, ham  joylarda  ta’qib va  quvg’in  qilish  jarayoni avj  olib  ketdi. 

Bundan  shu  hukmron  tuzumga  tobe  bo’lgan,  qo’l-oyog’i  zanjirband  etilgan  jafokash 

O’zbekistonning  ko’plab  ilg’or  ziyolilari,  ijodkorlari  hayoti  va  qismati  ham  chetda 

qolmadi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish